Savollar va javoblar



Yüklə 155,14 Kb.
səhifə6/15
tarix30.12.2023
ölçüsü155,14 Kb.
#164889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Anatomiya oraliq nazorat namunaviy savollari.

Bosh suyagi, (lotinchacranium) — umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi — burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.
Bosh miya (cerebrum) yoki oxirgi miya (telencephalon) miyaning katta qismi boʻlib, tarkibiga bosh miya poʻstlogʻi (bosh miya yarimsharlarining) va gippokamp, bazal oʻzaklar va [[hidlov piyozchasi]] kabi bir qancha subkortikal tuzilmalar kiradi. Odam miyasida, bosh miya markaziy nerv sistemasining eng yuqori sohasidir. Prosensefalon yoki oldingi miya embrional tuzilma boʻlib, undan bosh miya prenatal rivojlanadi. Sutemizuvchilarda, dorsal telensefalon, yoki pallium, bosh miya poʻstlogʻiga rivojlanadi va ventral telensefalon, yoki subpallium, bazal oʻzaklarga aylanadi. Bosh miya shuningdek tahminan simmetrik chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga boʻlinadi.
Bosh miya miyacha ishtirokida odam tanasidagi barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.

Tuzilishi


Odam bosh miyasining lokatsiyasi (qizil).
Bosh miya miyaning eng yirik qismi. Hayvon tanasi holatiga koʻra miya ustunining oldida yoki ustida yotadi. Odamlarda bosh miya eng yirik va miyaning besh asosiy boʻlimlari ichida eng yaxshi rivojlangani.
Bosh miya ikkita bosh miya yarimsharlarida va ularning poʻstloqlaridan (tashqi kulrang modda qavati) va ostida yotuvchi oq modda sohalaridan iborat.[1] Uning subkortikal tuzilmalari gippokamp, bazal oʻzaklar va hidlov piyozchasini oʻz ichiga oladi. Bosh miya ikkita C-shaklidagi yarimsharlardan tashkil topgan boʻlib, ular oʻzaro chuqur bosh miyaning boʻylama tirqishi bilan ajralib turadi.
2. Peshona suyagi anatomik tuzilishi
. JAVOB
Kalla skeleti cranium bir kancha aloxida suyaklarning birikuvidan xosil buladi. Xar bir suyak uz navbatida tuzilish jixatida yassi, govaksimon va aralash suyaklar guruxiga kiradi. Kalla skeletid ikki kism tafovut etiladi :
a) sezgi va xazm a'zolarini saklaydigan - kallaning yu kismi - cranium faciale;
b) bosh miyani saklaydigan - kallaning miya kismi - cranium cerebrale.
Kallaning miya kismini xosil kilishda kuyidagi suyaklar katnashadi : ensa, peshona, ponasimon (asosiy), galvirsimon, tepa va chakk suyaklari. Kallaning yuz kismini xosil etishida kuyidagi suyaklar katnashadi: yukori jag suyagi, pastki jag suyagi, tanglay, yonok, burun, ku yosh, burunning pastki chiganogi, til osti va burun bushligini buli turuvchi suyaklar. Kalla suyaklarining tepa soxasida joylashgan kismlari shakl jixatadan yassi bulib, uning tashki va ichki yuzalari ancha kattik leki murt bulgan kismdan iborat bulib, ular orasi esa govakli suyakda tashkil topadi. Kalla suyagining tashki yuzasi lamina externus suyak ust pardasi pericranium bilan koplangan. Kalla suyagining ichki yuzasini bosh miyani urab turuvchi katti44 parda koplab turadi. Ichki yuzasini tashkil etadigan suyak tarkibida organik moddala juda kam bulganligi uchun - bu yuza juda murt buladi - va shu sabobdan shishasimon kavat lamina vitrea deb ataladi. Kalla suyaginin shikastlanish paytida ichki yuzasining sinishi kuprok uchraydi. Kall suyagi suyak ust pardasi bilan mustaxkam birikkan emas. Shu sababda ular orasida yiring yigilish xollari uchraydi. Kalla suyagini xosi etishda katnashadigan ba'zi suyaklar govak moddadan tashkil topga bulib, ularda xavo saklaydigan bushliklar buladi. Bunday bushlikla peshona, ponasimon, galvirsimon, chakka va yukori jag suyaklarida uchraydi.

Yüklə 155,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə