Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix04.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108334
1   2   3   4   5   6   7
12-13-yoshli-voleybolchilarda-yuqoridan-ikki-qo-llab-to-p-o-zatish-texnikasi-va-aniqligini-harakatli-o-yinlar-orqali-rivojlantirish

Keywords: volleyball, technique, technical preparation, sports games, norm, 
development, effectadorlik, action game 
 
KIRISH  
Voleybol bugungi kunda nafaqat dunyo miqyosida, balki O‘zbekistonda ham eng 
ommalashgan sport turlari tarkibiga mansubdir. Rasmiy statistikaga qaraganda yurtimizda 
kattayu kichik yoshdagi o‘quvchi-yoshlar ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanib 
kelmoqda. Shulardan 45% xotin-qizlarni, 55% nafari o‘g‘il bolalar va erkaklarni tashkil etadi. 
Uzoq yillardan boshlab Respublikamizda voleybol bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar, o‘smirlar, 
yoshlar va katta yoshli erkak-ayollar o‘rtasida turli musobaqalar – Chempionatlar, Kubok 
musobaqalari hamda xalqaro musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirgan. 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi, 
uning faol sa’y-harakati va bevosita rahbarligida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya, ommaviy 
va professional sport ham davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida tamomila 
yangicha tusda rivoj topib bormoqda. Bu borada bir qator farmon va qarorlar qabul qilinib
bugungi kunda ular bosqichma-bosqich izchillik bilan o‘zining amaliy ifodasini topib bormoqda.


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
496 
Bugungi kunda barchga ma’lumki, faqat voleybolga xos hamda maxsus jismoniy 
sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan standart mashqlarni qo`llayverish bolalarda sport turiga 
bo`lgan qiziqishni so`ndiradi, shiddatli stereotip (bir xil turdagi) mashqlar esa 
shug‘ullanuvchilarni tez toliqtiradi. Shuning uchun yetakchi sport mutaxassislari, tadqiqotchi 
olimlar sport texnikasiga o`rgatishda, ularni samarali shakllantirish maqsadida shu sport 
malakalari mazmuniga mos harakatli o`yinlardan foydalanish afzalligini ta’kidlashgan. 
Tadqiqotimiz maqsadi
 
12-13 yoshli bolalarda voleybolga xos ayrim o`yin malakalari 
(yuqoridan ikki qo‘llab to`p uzatish texnikasi misolida) texnikasining o`zlashtirilishida 
moslashtirilgan harakatli o`yinlarning samaradorligini o`rganishdan iborat. 
Sport texnikasiga dastlabki o`rgatish bosqichida harakatli o`yinlardan foydalanish 
maslalari ko`pchilik tadqiqotchilar tomonidan ma’lum darajada o`rganilgan bo`lsada, ushbu 
muammo yosh voleybolchilar misolida chuqur tadqiqot ostiga olinmagan. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə