Science and Innovation International scientific journal


Yaqinlashtiruvchi mashqlar



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix04.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108334
1   2   3   4   5   6   7
12-13-yoshli-voleybolchilarda-yuqoridan-ikki-qo-llab-to-p-o-zatish-texnikasi-va-aniqligini-harakatli-o-yinlar-orqali-rivojlantirish

Yaqinlashtiruvchi mashqlar

1. Turgan joydan va harakatlanishdan so‘ng yuqoridan ikki qo‘llab to‘p uzatishni 
imitatsiya qilish. Texnikaning quyidagi holatlariga asosiy e’tibor qaratiladi: to‘p yaqinlashganda 
– qo‘lni yuqoriga ko‘tarib to‘g‘irlanish; to‘p uchish tezligini so‘ndirish – qo‘llarni tirsak 
bo‘g‘inidan va oyoqlarni tizza bo‘g‘inidan bir oz bukish; to‘pni uzatish – qo‘llarni va oyoqlarni 
to‘g‘irlash bilan oldinga-yuqoriga cho‘zilish; dastlabki holatga qaytish. 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
498 
2. Qo‘l panjasi va barmoqlarini to‘pga qo‘yish holatini o‘rgatish. Qo‘l panjalari shunday 
joylashtiriladiki, bunda bosh barmoqlar bir-biriga qaragan, ko‘rsatkich barmoqlar burchak 
bo‘yicha bir-biriga yo‘naltirilgan, qolgan barmoqlar esa to‘pni yon-past tomonidan ushlaydi. 
3. Arqonchaga osib qo‘yilgan to‘pni oldinga-yuqoriga uzatish. Diqqat gavda, oyoq va 
qo‘llarning o‘zaro muvofiq harakatlanishiga qaratiladi. 
4. O‘ziga to‘p tashlab to‘pni oldinga-yuqoriga uzatish. 
5. Huddi shu mashqning o‘zi, faqat to‘pni sherigi tashlab beradi. 
6. To‘pni devorga uzatish. Bu mashqdan shug‘ullanuvchilar to‘pni uzatishni yaxshi 
o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng foydalaniladi. 
Texnika bo‘yicha mashqlar. 
1. Juftliklar mashqi. Sheriklar orasidagi masofa 3 m bo‘lib, to‘p o‘rtacha balandlikda 
uzatiladi. 
2. O‘z ustiga to‘p uzatish – sherigiga uzatish. O‘z ustiga to‘p uzatish balandligi 1-1,5 m. 
3. To‘r ustidan sherigiga to‘p uzatish. Masofa 2-3 m. 
4.To‘pni turli masofalardan, turli traektoriyalarda va yo‘nalishini o‘zgartirib uzatishlar. 
5. Kuzatish bilan uyg‘unlikda to‘p uzatish; joyini o‘zgartirib turuvchi sherigiga
sherigining harakatlariga javoban to‘p uzatish: o‘tirib olganda – o‘z ustiga; o‘ng qo‘lini yoniga 
harakatlantirganda – o‘ng tomonga to‘p uzatish; qo‘llarini yuqoriga harakatlantirganda – yuqori 
traektoriyada to‘p uzatish va shu kabi. 
6. Bosh orqasiga to‘p uzatish. Uch o‘yinchi ketma-ket qatorda turadilar. 
Shug‘ullanuvchilar oralig‘i - 2-3 
m
. Chekkadagi o‘yinchi to‘pni o‘rtadagi o‘yinchiga, u esa o‘z 
navbatida keyingi o‘yinchiga to‘pni bosh orqasidan oshiradilar. O‘rtadagi o‘yinchi bilan ma’lum 
vaqtdan so‘ng joy almashtiriladi. 
7. Juftlikda bosh orqasidan to‘p uzatish. O‘z ustida to‘p uzatishdan so‘ng shug‘ullanuvchi 
180˚ ga buriladi va to‘pni bosh orqasidan uzatadi. 
8. Sakrab to‘p uzatish. Shug‘ullanuvchilar orasidagi masofa - 3 m.
Huddi shunday to‘r ustidan. 
9. To‘p uzatish bilan bajariladigan turli musobaqalar. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə