Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Xurmo navlari
Tomopan. 
Surxondaryo viloyatida ekish uchun rayonlash­
tirilgan nav. Daraxti katta bo ‘lib o‘sadi, sovuqqa chidamli, mevasi 
yirik (400 g). Po‘sti qalin, yaltiroq, eti sersuv, tolali, to ‘la pish- 
ganda nordon mazasi yo‘qoladi. Bu nav ko‘pincha changlanmas- 
dan meva tugadi. Shuning uchun ko'pchiligi urug‘siz bo‘ladi. No- 
yabrning ikkinchi yarmida pishadi. Mevasi 2—3 oy saqlanadi, ta- 
shishga chidam li, serhosil. Bir tupidan 150 kg va undan ortiq 
hosil olinadi. Mevasi yeyiladi, quritiladi va undan sukat (shakar- 
langan meva) tayyorlanadi. Bu daraxt zararkunanda va kasalliklar 
bilan zararlanmaydi.
Zenju-maru. 
Surxondaryo viloyatida ekish uchun rayonlash­
tirilgan nav. Boshqa xurmo navlarini yaxshi changlaydi. Novdasi 
qora rangda. Mevasining o ‘rtacha vazni 100—120 g, yumaloq, 
cho‘ziq-yumaloq. Mevasida urug‘i ko‘p b o ‘lib, o ‘sish davri 220— 
230 kun davom etadi. Ko‘chati ekilgandan keyin 3—4 yildan bosh- 
lab hosilga kiradi. T o ‘liq hosilga kirganda har tupidan 50—60 kg
62


dan xurmo olish mumkin. Sovuqqa chidamli, mevasini 2—3 oy 
saqlash mumkin. Mevasi tarkibida 12—17,5 foiz shakar va 0,13—
0,16 foiz organik kislotalar bor. Bu navni Farg‘ona vodiysida ham 
ko‘paytirish mumkin.
14-M ASHG‘ULOT. YONG‘OQMEVALI EKINLAR
SELEKSIYASI VA NAVSHUNOSLIGI
0 ‘rta Osiyo respublikalarida yong‘oq, pista va bodomning 
yowoyi holda o ‘sadigan 160 ming gektardan ortiq maydonlari 
mavjud b o ‘lib, 0 ‘zbekistonda 20,5 ming gektar m aydon shu 
ekinlar bilan band.
0 ‘zbekistonda 1960-yillarning o ‘rtalaridan boshlab 8,5 ming 
ga yong‘oq, 20,1 ming ga pista va 8,4 ming ga bodom ekilgan.
Yong‘oqning o ‘rm on ekinlarining o ‘rtacha hosildorligi 80 — 
100 ga/tup bo‘lib, hozir 15 — 10 kg ni tashkil etm oqda, pista esa 
40 — 50 va 5 — 6 kg. Maxsus navlar tanlanib ekilsa va yuqori 
agrotexnika sharoitida hosildorlikni keskin oshirish mumkin.
Yong‘oq Juglandaceae oilasiga va Juglans avlodiga mansub 
bo‘lib, 0 ‘zbekistonda J.regia turi keng tarqalgan. Lekin bu turning 
juda ko‘p tu r xillari mavjud. M asalan, Toshkent viloyatida
S.Kolmikov ikkinchi yil hosil beradigan, lekin tez qariydigan 
turini topgan. Bunday turlar boshqa joylardan ham aniqlangan.
Yong‘oq issiqsevar ekin bo ‘lib, bir yillik novdalari 25° S da 
nobud bo‘lishi kuzatilgan.
Sovuqqa va s h o ‘rga chidam sizligi, nam ga talabchanligi 
yong‘oqning tarqalishini chegaralovchi faktorlar hisoblanadi. 
Y o n g ‘oq — b ir uyli, 2 jin sli an em o fil o ‘sim lik. C h etd an
changlanishiga sabab — dixogamiya hodisasi hisoblanadi. Erkak va 
urg‘ochi gullarining yetilish farqi 8—16 kun. G vardeyskoy, 
G ibridniy, Ideal, 0 ‘zbekiston ertagi yong‘og‘i, Yubileyniy, 
Bo‘stonliq va boshqa navlari mavjud.
Yong‘oq seleksiyasi asosan tabiiy populyatsiyalardan urug‘i 
bilan yetishtirilib tanlash asosida olib borilgan. Hozirgacha dastlabki 
seleksiya bosqichlari shu usulda olib boriladi. 0 ‘rta Osiyoda 350 ta 
shunday formalar yaratilgan.
Yong‘oq seleksiyasining asosiy yo‘nalishlari: yong‘oq sifati, 
mevaning katta yoki o ‘rtacha bo‘lishi, yupqa, lekin qattiq, teshiksiz
63


po‘sti, ichki qavatlarining kuchsiz rivojlanishi; mag‘zining chiqimi 
ko ‘pligi (45—50%), yaxshi t a ’mi; m ag‘zining oson ajralishi; 
mevasining tashqi ko‘rinishi chiroyli bo ‘lishi hisoblanadi.
Yong‘oq qancha kech gullasa, shuncha yaxshi hisoblanadi. 
0 ‘zbekiston sharoiti uchun, sovuqqa chidam lilik, kasallik va 
zararkunandalarga chidamlilik, tuproq iqlim sharoitiga mosligi katta 
ahamiyatga ega.
Yong‘oq seleksiyasida chatishtirish ishlari 1946-yilda boshlangan 
va qimmatli belgi-xususiyatlariga ega bo‘lgan formalar yaratilgan.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə