Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Gilos navlari
Qora gilos. 
Xalq seleksiyasi yo‘li bilan chiqarilgan mahalliy 
nav, o ‘rtacha ertapishar, Samarqand viloyatida keng tarqalgan. 
Daraxtlari baquw at b o ‘lib o ‘sadi, uzoq yashaydi, sovuqqa ancha 
chidam li, 0 ‘zbekiston sharoitiga moslashgan. Uchinchi yoshidan 
hosilga kirib, har yili hosil beradi. Mevasi 5— 15-mayda pishadi.
Mevasi to ‘mtoq, yuraksimon, do ‘ngli, deyarli qora rangda, 
o‘rtacha vazni 4 g. Eti to ‘q qizil, mayin, sersuv, sershira, ta ’mi juda 
yaxshi. Tashishga chidamli va yaxshi saqlanadi. Danagi mayda, etidan 
yaxshi ajraladi. Mevasi yangiligda iste’mol qilinadi, sharbat, murab­
bo tayyorlanadi, bu mahsulotlar 4,5 ball bilan baholanadi. Qora gilos 
navi 0 ‘zbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.
Revershon. 
Kechpishar, universal, foydalanish uchun yaroqli 
nav. D araxtlari b a q u w a t, keng tuxum sim on, shox-shabbali
qurg‘oqchilikka ancha chidamli, sovuqqa o ‘rtacha chidamli, mahalliy 
iqlimga yaxshi moslashgan. Beshinchi yoshidan hosilga kiradi, 10 
yoshida hosildorligi har tupidan 60—65 kg ga yetadi. Mevasi 25—30- 
mayda pishadi, yirik, o ‘rtacha vazni 7,5 g, keng yuraksimon, rangi 
to ‘q qizil, juda chiroyli. Eti to‘q qizil, zich, karsillaydigan, shirin, 
ta ’mi juda yaxshi. Mevasi yangiligida yeyiladi va kompot qilinadi.
Revershon navi 0 ‘zbekistonning barcha viloyatlari uchun ra­
yonlashtirilgan.
0 ‘zbekiston b o ‘yicha rayonlashtirilgan gilos navlari — Bahor, 
Qora gilos, Drogana jyoltaya, Revershondan tashqari, Melitopol 
ertagisi, Qora N apoleon, Volovye serdse, Qora Goshe, Qora er- 
tagi, Nayta navlari ham istiqbollidir.
Olcha navlari
Qora shpanka. 
Respublikamizning barcha viloyatlarida ekish 
uchun rayonlashtirilgan. Xo‘raki va qayta ishlashga yaroqli nav. Meva­
si iyunning o ‘rtalarida pishadi, yirik, to ‘q qizil rangda, eti sershira,


nordon, shirin, mazasi yaxshi. Daraxtlari kuchli o‘sadi, sovuqqa 
chidamli, 4—5-yili hosilga kiradi va har yili hosil beradi. Qora shpan- 
kaning Kursk shpankasi degan turi ham bor. Qora shpanka Samar- 
qand, Toshkent va boshqa viloyatlardagi bog‘larda ko‘p ekiladi.
Qora shpanka olchaning baland tanali navlari guruhiga kiradi. 
Uning daraxtlari o ‘rtacha balandlikda o ‘sadi, shox-shabbasi siy- 
rak, yumaloq shaklda bo‘ladi. Barg plastinkasi qalin, tig‘iz novdalar- 
ining pastki qismi va meva butoqlardagi barglari serbarg, teskari 
tuxum sim on, to ‘mtoq uchli, novdalarining yuqori qismidagi bar­
glari esa ch o ‘zinchoq shaklda va o ‘tkir uchli bo‘ladi.
Barg plastinkasining markaziy tomiri uni notekis ikki qismga 
bo‘lib turadi, bu qismlarning biri ko‘pincha ikkinchisidan kalta- 
roq, cheti qo‘sh arra tishli bo‘ladi. Barg bandi ancha uzun, 20—30 
mm, qizg‘ish tusda bo‘ladi va buralib turadi. Qora shpanka mevasi 
yirik to ‘q qizil, deyarli qora tusda bo ‘lib, o'rtacha vazni 4,5—5 g 
keladi. P o ‘stidagi choki ko‘rinmaydi. Mevasi to ‘q qizil, juda yum­
shoq, sersuv, nordon-chuchuk bo‘lib, mazasi 5 ball baholanadi.
Meva bandi ingichka, o‘rtacha uzunlikda. Bu nav olcha ko‘chati 
o ‘tqazilgandan keyin 4-yili hosilga kiradi, mevasi 1 —10-iyunda 
pishadi va yaxshi hosil olinadi.
0 ‘zbekistonning barcha zonalardagi olchazorlar maydonining 
5—15 foiziga ekish uchun rayonlashtirilgan.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə