Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

0 ‘rik navlari
Ko‘rsodiq. 
Turshakbopjaydari nav b o ‘lib, daraxti katta. Mevasi 
iyun oxiri — iyul boshlarida pishadi. Deyarli to ‘kilmaydi, daraxtda 
turib turshak bo ‘ladi, o ‘rtacha vazni 30—35 g, yumaloq, tuxum - 
simon, to ‘q sariq, quyoshga qaragan tom oni qizargan. Eti to ‘q 
sariq, tig‘iz, biroz nordonroq, shirin, xushbo‘y. Danagi yirik
etidan oson ajraladi.
Arzami. 
Jaydari nav bo‘lib, 0 ‘zbekistonning barcha tum an- 
larida ekish uchun rayonlashtirilgan. Daraxti o ‘rtacha kattalikda, 
keng piramidasim on. Mevasi iyunning ikkinchi yarmida pishadi; 
yirik, o ‘rtacha vazni 40—70 g, yassi-yum aloq, qizg‘ish-sariq, 
chiroyli, pishganda tez to'kiladi, eti tiniq sariq, tig‘izligi o ‘rtacha, 
shirin-nordon mazali. Danagi etidan qiyin ajraladi. Mevasidan tur­
shak, bargak va konserva tayyorlanadi.
Subhoni. 
Turshakbop va xo‘raki jaydari nav bo ‘lib, Andi- 
jon, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun ra­
yonlashtirilgan. Daraxti katta. Mevasi iyul boshlarida pishadi, yirik 
(35—50 g) tukli, och zarg‘aldoq, eti och sariq zarg‘aldoq, shi­
rin va biroz nordon mazali.
Isfarak. 
Turshakbop jaydari nav bo ‘lib, mevasi iyun oxiri — 
iyul boshlarida pishadi, og‘irligi 25—30 g, kam tukli, shakli yu­
maloq, eti och zarg‘aldoq yoki sarg‘ish, tig‘iz, kamsuv, shirin, 
danagidan yaxshi ajraladi. Asosan turshak qilinadi.
Shaftoli seleksiyasi. 
Shaftoli yuqori hosildor meva ekini hisobla­
nadi. Shaftolining eng yaxshi xususiyatlari tez hosilga kirishi va
57


har yili hosil berishidir. Ekilgandan keyin ikkinchi yili hosil bera­
di, 

— 6 yilda to ‘la hosilga kirib, bir daraxtdan 
100—150 
kg, 7—8 
yillik daraxtdan 
200—300 
kg hosil olish mumkin.
Shaftolining meva kurtaklari sovuqqa uncha chidamaydi (ba’zan 
20—22°S da meva kurtaklarini sovuq uradi). 2—4°S gullari uchun 
xavfli hisoblanadi.
0 ‘zbekiston shaftolilari xo‘jalik, biologik va morfologik xu- 
susiyatlariga ko‘ra xilma-xildir. Bular ichida eng ko‘p tarqalgani: 
sertuk, gulsiz (nektorin), yapaloq (anjir shaftoli).
Mevasining ishlatilishiga, navlariga qarab shaftoli iyun-oktyabr 
oylarida pishadi. Mevalari tashishga chidamsiz, yaxshi saqlanmay- 
di (8—12 kun saqlanashi mumkin).
0 ‘gir soz tuproqlar, zax, botqoqlashgan sharoit shaftoli uchun 
yaramaydi. Shaftoli vatani Xitoy hisoblanadi. Uning 6 ta turi mavjud 
bo ‘lib, ekiladigan navlarining ko‘pchiligi oddiy turga mansub.
Seleksiya uchun foydalaniladigan quyidagi asosiy tu rlari 
mavjud:

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə