Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg


Toshkent noki (Kadu noki)



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Toshkent noki (Kadu noki). 
Toshkent viloyatida ko!p tarqal­
gan mahalliy nav. Daraxtlari baland bo ‘lib o ‘sadi. Mevasi yirik
o'rtach a vazni 200—250 g, obdasta yoki piramida shaklida, qu- 
yoshga qaragan tom oni qizaradi, eti sarg‘ish, oq, sersuv, shirin 
yeganda karsillaydi, xushbo‘y. Sentyabrda pishadi, fevralgacha yaxshi 
saqlanadi. Mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan, yer tanlamaydi 
va unchalik parvarishtalab emas. Serhosil, ayrim katta tuplaridan 
500 kg gacha hosil olinadi. Mevasi biroz yumaloq formasi ham 
uchraydi. U quruq tuproqli yerlarda ham o ‘sa oladi.
Behi navlari
Quva yirik behisi. 
Kechpishar, konservabop nav. Mevasi yirik, 
noksimon, o'rtacha vazni 250—300 g. Eti och sariq, o ‘rtacha tig'iz, 
sersuv, xushbo‘y, nordon-shirin, xushxo‘r. Mevasi oktyabrda 
teriladi, kelgusi yil yanvargacha yaxshi saqlanadi.
Nok behi. 
M ahalliy nav bo‘lib, ko‘chati ekilgandan keyin 4- 
yili hosilga kiradi. Mevasi sentyabrning oxiri — oktyabr boshlarida 
teriladi, yirik, olmasimon, po ‘sti uzish vaqtida yashil-sarg‘ish, 
eti och sariq: o ‘rtacha suvli, xushbo‘y, mazasi chuchuk, yanvar 
oyigacha saqlanadi.
Shirin. 
Ertapishar, xo‘raki nav. Mevasi o ‘rtacha va maydaroq 
(130—180 g), shakli noksim on, biroz qirrali. Sertuk, p o ‘sti 
ko‘kish-sariq. Eti shirin va biroz xushbo‘y. Mevasi sentyabrning 
ikkinchi yarmida pishadi. K o‘pi bilan bir oy saqlanadi, tashishga
53


chidamli. Hosildorligi yaxshi.
Nordon. 
0 ‘rtapishar nav bo ‘lib, mevasi nordon-shirin, turli 
maqsadlarda foydalaniladi, yaxshi saqlanadi va tashishga chidamli, 
har yili m o‘l hosil olinadi. Daraxtlari yumaloq shox-shabbali, 
baquw at, novdalari osilib turadi, qalin shoxlanadi, serbarg. M e­
vasi o ‘rtacha yirik (140—200 g), asosan olmasimon, yuzasi qirrali 
va biroz bo‘rtiq. Po‘sti yupqa, lekin pishiq, ko‘kish-sariq rangga 
kirganda uziladi, yetilganda och sariq tusga kiradi, qoramtir-sariq 
tukli. Eti sarg‘ish-oq, 
0
‘rtacha zich, xushbo‘y, o ‘rtacha suvli, 
shirin-nordon.
Ko‘chatlari ekilgandan keyin 4—5-yili hosilga kiradi. Mevasi 
sentyabr oyining oxiri — oktyabrning birinchi yarmida uziladi. 
Dekabrning oxirigacha ta ’m sifatlarini yo‘qotmasdan yaxshi saqla­
nadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə