Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Samarqand olchasi. 
Keng tarqalgan jaydari, universal nav. Bu 
nav 0 ‘zbekistondagi olcha daraxtlarining 50 foiziga yaqinini tashkil 
qiladi; u ayniqsa, Samarqand viloyatida ko‘p tarqalgan. Daraxt­
lari o ‘rtacha kattalikda, sovuqqa chidamli, yer tanlamaydi, asosan 
bachki novdalaridan ko'paytiriladi, uch yoshidan hosilga kiradi, 
har tupidan o ‘rtacha 25—30 kg dan hosil olinadi. Mevasi iyun- 
ning ikkinchi yarmida pishadi. Bu navning qimmatli xususiyati 
shundaki, uning mevasi to ‘kilmaydi, daraxtda saqlanadi. Mevasi 
mayda, yumaloq, to ‘q qizil rangda. Eti to ‘q qizil, o ‘rtacha ser­
suv, nordon-shirin, mazasi yoqimli. Yangiligida yeyiladi, lekin 
ko‘pincha qiyom, kompot qilinadi va quritiladi. Qiyomi juda yaxshi 
bo‘ladi. Samarqand olchasi shirasi ko‘pligi jihatidan dunyoga mash- 
hurdir, sharbatidan nalivka tayyorlashda foydalaniladi. Olchadan 
30—35 foiz quruq meva olinadi.
Bu nav 0 ‘zbekistonning hamma rayonlarida ekish uchun tavsiya 
etiladi.
61


13-M ASHG‘ULOT. SUBTROPIK MEVA EKINLARI
Anor navlari
Qizil anor. 
P o‘sti to ‘q qizil yoki qizil, mahalliy nav. Mevasi 
o‘rtacha, yirik. Doni to ‘q qizil, yirik, po'sti yupqa, undan 50— 
55 foiz sharbat chiqadi. Mevasi yaxshi, nordon-shirin, bir tupi- 
dan 30—35 kg gacha hosil olinadi. Asosan 0 ‘zbekistonda ko‘p ta r­
qalgan.
Achchiq dona. 
Mevasi o ‘rtachadan yirikroq (300—400 g), 
kumush rang, sariq. Sharbati to ‘q qizil, mazasi nordon-shirin. 
Mevasidan 40—45 foiz sharbat chiqadi. Oktyabrda pishadi, 6—7 
oy saqlanadi. Serhosil, har tupidan 40 kg gacha hosil olinadi.
Anjir navlari
0 ‘zbekiston sariq anjiri. 
Mevasi yirik, o ‘rtacha vazni 60—80 
g, yassi sariq. Tarkibida 14—18 foiz shakar, 0,12 foiz organik kis- 
lotalar bo‘ladi. Bu nav bir yilda ikki marta hosil beradi. Mevasi 
asosan, yangiligida iste’mol qilinadi. 0 ‘zbekistonning barcha vilo- 
yatlarida tarqalgan. U butun anjirzorlarning 90 foizini tashkil eta- 
di. Hosili o ‘rtacha, o ‘n yoshli, bir tupidan 45—50 kg gacha hosil 
olinadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə