Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Shaftoli navlari
Lola. 
0 ‘rtapishar nav bo‘lib, respublikamizning .barcha vilo- 
yatlarida ekish uchun rayonlashtirilgan. Mevasi iyul oxiri — av- 
gust boshlarida pishadi, o ‘rtacha vazni 70—80 g, tuksiz, yu­
maloq, zarg‘aldoq sariq, usti to ‘q qizil. Eti sariq, suvli, shirin, 
o ‘ziga xos nordon mazali, danagidan yaxshi ajraladi, asosan yan­
giligida yeyiladi.
Malinoviy. 
0 ‘rtapishar nav bo‘lib, respublikamizning barcha 
viloyatlarida ekish uchun rayonlashtirilgan. Mevasi avgust bosh­
larida pishadi, yirik (150—180 g), yumaloq-tuxumsimon, och sa­
riq, quyosh tegadigan tomoni malina rangida tovlanib turadi; tukli, 
eti oqish, sersuv, nordon-shirin, xushxo‘r, danagidan oson ajraladi.
01xo‘ri navlari
Kurortnaya. 
Ertapishar nav b o ‘lib, xo‘raki nav. Mevasi yirik 
(15—20 g), yumaloq, biroz yassi va pastki tom oni sal qiyshay- 
gan, xira qizg‘ish rangli, ustida siyrak oqish nuqtalar bor. Quy­
osh tegm agan tom oni yashil-m alla rang, eti sariq, tig ‘izligi 
o ‘rtacha, nordonroq, mazasi yaxshi. Mevasi iyunning ikkinchi 
yarmida pishadi, daraxti tez o‘sadi va tez hosilga kiradi. Zamburug' 
kasalliklariga chidamli.
Berton. 
Kechpishar nav. Mevasi sentyabr boshida pishadi, 
yirik (50—55 g), teskari tuxumsimon shaklda, to ‘q qizil rangli. Eti 
zarg‘aldoq-sariq, tig‘iz, o ‘rtacha, sersuv, shirin, xushbo‘y-nor- 
don. Saqlashga va tashishga chidamli, mevasi yangiligida iste’mol 
qilinadi, quritiladi va konserva tayyorlanadi. Daraxtlari katta bo‘ladi.
59


Ko‘chati ekilgandan keyin 4-yili hosilga kiradi. Respublikamiz- 
ning barcha tum anlarida ekish uchun rayonlashtirilgan.
Ko‘ksulton. 
Ertapishar jaydari olxo‘ri navi bo‘lib, mevasi o‘rtacha 
yirik, iyunning boshida pisha boshlaydi. Eti xira sariq, nordon-chu- 
chuk, o‘rtacha shirin. Asosan yangiligida yeyiladi hamda sharbat va 
murabbo qilinadi, daraxtlari baland bo'ladi, har yili hosil olinadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə