Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

2) Daromadlar siyosati. 
Ushbu siyosat olib borishda davlat tomo­
nidan tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx-navo va ish haqi ustidan birga- 
likda nazorat o'matiladi hamda ularning o'sishini ma’lum chegarasi 
belgilanadi yoki butunlay «muzlatib» qo'yiladi. Daromadlar siyosati o‘z 
mohiyatiga ko'ra qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o'rtasida noroziliklami 
keltirib chiqarishi mumkin. Shunga qaramasdan inflatsiya bilan kurashishda 
ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi 
qarash olib borish tajribasida biz ta’kidlab o'tgan ikki yo'nalishdan oqilona 
birgalikda foydalanilgan. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o'tayotgan 
mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini 
mustahkamlash uchun asosan quyidaga chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
94


— milliy iqgisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining 
tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona dara- 
jasini ta’minlash;
— raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish 
va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda 
uni amalga oshirish;
— xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab 
chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika 
hamda texnologiyalarni joriy etish;
—tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
— soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy e’ti- 
bomi soliqlaming rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
— davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab- 
quwatlash;
— mamlakat ichida mahsulotlar, valuta, kredit, yer, ko'chmas mulk, 
mehnat va qimmatli qog‘ozlaming yagona bozorini shakllantirish hamda 
uni rivojlantirish;
— pul-kredit siyosatini 
iqtisodiyotning rivojlanish holatiga asosan 
o‘zgartirib turish;
— tashqi iqtisodiy faoliyatni 
erkinlashtirish h am d a tovar va xizm atlar 
eksportini rag‘batlantirish;
— erkin bozor baholarini saqlagan 
h olda d aro m adlar, xarajatlar va 
narx-navoni davlat tomonidan tartibga 
solish va uni nazorat qilish;
— davlat budjet taqchilligini noinflatsion 
yoMlar bilan qisqartirish;
— davlatning strategik oltin-valuta zaxiralarini chuqur tahlil etish 
va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta’kidlab o'tilgan chora-tadbirlami ishlab 
chiqish 
va ulami 
amalga oshirish ma’lum muddat talab etadi. Oqilona 
ishlab 
chiqilgan 
antiinflatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini 
mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga 
olib 
keladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə