Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm



Yüklə 47,63 Kb.
səhifə10/17
tarix05.06.2023
ölçüsü47,63 Kb.
#115576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
ghsrj

Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60- 80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
xomashyo va materiallar xarajatlari;
texnologik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’I •energiya;
xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;
sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
mashina va asbob-uskunalarni ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar; 
boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi
yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-bosh uchun eng kam oylik
ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;
ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
tabiiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud o’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
Firmaning xarajatlari
Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o’z faoliyatini yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini oladigan bo’lsak, u iste’molga ketganidan keyin qaytarilib olinmaydi. Xuddi shuningdek, davlat xarajatlari xam qaytib kelmaydi, chunki u davlat iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalari, firmalarning xarjati bundan mustasnodir. Firmaning xarajatining o’ziga hosligi shundan iboratki bu o’rni qoplanadiga, ya’ni Tovar va xizmatlar sotilgach unga qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qilgan bir yo’la xarajat uning o’z ishiga qo’ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish jarayonida joriy xarajatlarga aylanadi. Demak, firma xarajati, bu uning kapitalining sarflanishi hisoblanadi. Xarajatsiz daromad topib bo’lmasligi bu iqtisodiyotning aksiomasidir. Daromad olish uchun firma, alohida bir shaxs, barcha subyektlar xarajat qilishi muharrar., chunki bu ishlab chiqarish resurslarini talab qiladi. Resurslar esa albatta ehson yoki suvtekin emas, ularni faqat bozor narxida sotib olish mumkin. Shu bois xarajat qilish bu firma uchun foyda olishning asosiy sharti, bo’g’iniga aylanadi. Firmaga qo’yilgan kapital ishlab chiqarish jarayonida joriy, kundalik, oylik va privovardida yillik xarajatlariga aylanadi.
Qisqacha qilib aytganda Firmaning xarajati- bu tovar va xizmatlar yaratish va ularni sotish bilan bog’liq bo’lgan sarflardir. Firmaning xarajatlari safiga biz firmaning ishlab chiqarish xarajatlarini kiritishimiz mumkin.

Yüklə 47,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə