Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm



Yüklə 47,63 Kb.
səhifə9/17
tarix05.06.2023
ölçüsü47,63 Kb.
#115576
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
ghsrj

Tabiiy omil
Ishlab chiqarish jarayoni har doim u yoki bu darajada tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan. Keng ma`noda jamiyat va inson tabiatning ajralmas qismidir va tabiatdan tashqarida o`z faoliyatini olib bora olmaydi. Tabiiy resurslar ishlab chiqarishning muqarrar sharti sifatida uning o`sishi uchun tabiiy negiz bo`lib xizmat qiladi. Ular, shuningdek, jamiyat milliy boyligini yaratishning muhim manbaidir. Ingliz iqtisodchisi U.Petti: "Mehnat-boylikning otasi, yer esa uning onasi", – degan edi.
Yer har qanday jamiyat, har qanday mamlakatning beqiyos boyligidir. U bitmas-tuganmas xazina bo`lib, kelgusi avlodlarga ham qoladigan asosiy merosdir. Shuningdek, yer qishloq xo`jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi hamdir. Yerga ikki jihatdan, birinchidan, hudud, ikkinchidan, tirikchilik manbai, o`simlik va hayvonot dunyosi hayoti uchun zarur bo`lgan tuproq, inson uchun oziq-ovqat, sanoat uchun xomashyo etishtirib beradigan ekin maydonlari sifatida qarash lozim.
O`zbekistonning yer resurslari xilma-xil. Qizilqum va boshqa cho`llarda cho`l-qum tuproqlari katta maydonni egallaydi. Bunday tuproqlar asosan qumdan iborat bo`lib, zich qatlam hosil qilmaydi, chirindi (gumus) qismi 1 foizga ham etmaydi. O`zbekistonning tekislik qismidagi cho`l zonasida sur-qo`ng`ir, cho`l-qum, taqir tuproqli yerlar uchraydi.
III BOB . ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Xarajatlar to’g’risida umumiy tushunchalar.

Milliy Iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baxolarda sotishga, balki maxsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi.


3.1 Ishlab chiqarish xarajatlari - korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.
I.ch.x.ni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, I.ch.x. quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot i.ch.ga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar hisoblanadi. Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya'ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya'ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
•moddiy xarajatlar;
•asosiy fondlar amortizasiyasi;
•mehnatga xaq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; 
•ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
•boshqa xarajatlar.

Yüklə 47,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə