Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

158029

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi
uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
nashrga tavsiya etgan
10
Yangi nashr
Тoshkent – 2022
JAHON
TARIXI


2
SHARTLI BELGILAR:
TAQRIZCHILAR:
UO‘K 94(100)(075.3)
KBK 63.3(0)ya72
J 39
ISBN 978-9943-8380-9-3
© Respublika ta’lim markazi, 2022
Shuhrat Ergashev, Begzod Xodjayev, Jamshid Abdullayev, Nurhayot Hakimov
MUALLIFLAR:
– esga oling.
– faollashtiruvchi 
savol va 
topshiriqlar.
– bilib oling.
– yodda tuting.
– ijodiy ish 
topshirig‘i.
– internet bilan 
ishlash.
– mustaqil ish.
– yo‘naltiruvchi 
savollar.
– o‘ylab ko‘ring va 
mantiqiy xulosa 
chiqaring.
– atamalar 
mazmuni.
– savol va 
topshiriqlar.
– tarixiy 
mushohada.
– badiiy asar 
bilan ishlashga 
doir topshiriq.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
Original maket va dizayn konsepsiyasi Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlandi.
S. Shodmonova 

 
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari
tarixi va antropologiya kafedrasi professori, tarix fanlari doktori.
B. Pasilov

 
TDPU jahon tarixi kafedrasi dotsenti.
Sh. Abdullayeva 
– 
 
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi aka-
demik litsey tarix fani o‘qituvchisi.
M. Axrolov

 
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 266-umumiy o‘rta ta’lim 
maktabining tarix fani o‘qituvchisi.


3
A
ngliyadagi sanoat inqilobi, boshqa Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi 
sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi Osiyo va Afrika xalqlari hayotida ham 
jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi. Mustamlaka va qaram mamlakatlar sanoat mahsulotlari 
bozori va xomashyo bazasiga aylantirildi. Yevropa mamlakatlari Turkiya, Eron va Xitoy 
kabi rasman mustaqil davlatlar rivojlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. XIX asrning oxir-
larida boshlangan tarixiy davr fanda 
imperializm
nomini oldi. XX asr boshiga kelib Afrika 
qit’asining 90 foiz hududi yetakchi Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylantirilgan 
edi. Ammo mustamlakalar uchun kurash davom etdi, qurollanish poygasi avj oldi. Bu 
voqealar muqarrar ravishda 1914–1918-yillardagi Birinchi jahon urushiga olib keldi. Urush 
insoniyat tarixida buyuk geografik kashfiyotlardan boshlangan yangi davrga yakun yasadi.
Birinchi jahon urushidan keyingi davr 
“Eng yangi tarix”
deb ataladi. U Birinchi jahon 
urushining yakuni – 1918-yildan boshlanib, hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. 
Eng yangi tarixga kishilik jamiyati rivojlanishining industrial sivilizatsiyadan postindustrial 
sivilizatsiyaga o‘tish davri sifatida qaraladi.
Eng yangi davr tarixida nisbatan mustaqil bo‘lgan uchta bosqichni ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Birinchi bosqich – 1918–1945-yillar oralig‘ida industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy 
tizimi inqirozining boshlanish davri. Bu inqiroz ikkita jahon urushida, sotsialistik inqiloblar 
va milliy-ozodlik harakatlarida, Germaniya, Italiya, Yaponiya, SSSRda totalitar tuzumlar-
ning qaror topishida, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvida namoyon bo‘ldi. Bu bosqich-
ning mazmunini jamiyat taraqqiyotining ikki asosiy modeli – liberal-demokratik va totalitar 
tuzum o‘rtasidagi kurash tashkil etadi.
Ikkinchi bosqich 1945–1991-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich mazmunini mustam-
laka tizimining qulashi va ko‘plab mustaqil davlatlarning tashkil topishi, “sovuq urush”, 
dunyoni yadroviy halokat yoqasiga olib kelgan qurollanish poygasi tashkil qiladi. Bu davr 
asosan sovetlar totalitar tuzumi va liberal demokratiya o‘rtasidagi global qarama-qar shilik 
bilan tavsiflanadi.
1991-yildan boshlangan uchinchi bosqich xalqaro munosabatlarda shakllangan ikki 
qutbli dunyo tizimining inqirozi, sotsialistik tuzumning barbod bo‘lishi, SSSRning par-
chalanib ketishi va sobiq sovet respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi bilan 
boshlanadi. Bu davr globallashuv, “uchinchi dunyo” mamlakatlari rivojlanishining jadalla-
shuvi, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi bilan xarakterlanadi. 
Mazkur darslikda yangi davrning so‘nggi bosqichi va eng yangi davrda sodir bo‘lgan 
muhim voqealar bayon qilinishi bilan birga jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi, shu-
ningdek, bugungi kunda dunyo sahnida ro‘y berayotgan ayrim voqealarning kelib chiqish 
sabablarini tahlil qilish imkonini beruvchi hamda o‘quvchilarni mustaqil fikrlash ga undov­
chi, ularning dunyoqarashlarini kengaytirishga qaratilgan tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. 
Ushbu ma’lumotlar jahon xalqlari madaniyatining har biri o‘ziga xos va noyob ekanligini, 
insonparvarlik va vatanparvarlik tamoyillari, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat g‘oyala-
riga asoslangan umuminsoniy qadriyatlarni anglashga ko‘maklashadi. Dunyo va jamiyat 
taraqqiyotining muhim qonuniyatlari va o‘ziga xos yo‘llarini bilib olish va kelajak haqida 
tasavvurlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Shuningdek, ilg‘or mamlakatlarning tarixiy 
tajribasini O‘zbekistonda ijodiy qo‘llashga imkon beruvchi bilimlarni shakllantiradi.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə