Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

ilmiy-texnik inqilob
ga olib keldi. Shu tariqa 
ilm-f
an jamiyatni olgʻa harakatlantiruvchi qudratli kuchga aylandi. 
Fandagi 
ixtirolar sanoat va qishloq xoʻjaligiga joriy qilindi. Temiryoʻllar, paroxodlar, 
avtomobillar, samolyotlar, elektr yorit
kichlar, telefon, telegraf va boshqa koʻplab ixtirolar 
insonlar hayotini tubdan oʻzgartirib yubordi.
Ilm-fan 
yutuqlaridan ilhomlangan bu davr kishilari tabiatni boʻysundirishga, inson
-
ning cheksiz imkoniyatlarini ishga solishga, inson tabiatining oʻzini mukammallashti
-
XIX asrning 70-yillarida elektrdvigatel, elektrlampa, 
telefon, sal keyinroq radio kashf etildi.
P. Marten va H. Bessemerlar poʻlat eritishning yangi 
usulini kashf qildi.
YODDA TUTING
Birinchi 
paroxod


10
rishga intilib yashadilar. Natijada dinning inson 
ongiga taʼsiri susaydi, koʻplab mamlakatlarda 
dunyoviy taʼlim yoʻlga qoʻyilib, diniy muassa
-
salar davlatdan, taʼlim jarayoni dindan ajratildi. 
Dunyoviy davlat, maktab, fan va madaniyat 
shakllandi. Dunyoviy yondashuv, 
sekulyarlik

vijdon erkinligi inson dunyoqarashining, ozod 
shaxs sifatida oʻzini anglashining asosini tash­
kil qildi. 
Industrial davlatlar mustamlaka imperi-
yalarini yaratib, Osiyo, Afrika va Lotin Ame-
rikasini taʼsir hududlariga boʻlib olish uchun 
intildilar. Bu davr
Gʻarb sivilizatsiyasining 
ekspansiya
si davri, Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasi xalqlarining faqat siyosiy va iqtiso-
diy emas, sivilizatsiyaviy qaramligining ham 
boshlanish davri boʻldi. 
Bu 
davrda Gʻarb jamiyatining tarkibi oʻzgardi, aholining yangi qatlamlari paydo boʻldi. 
Insonning oʻzi, ichki dunyosi va turmush tarzi ham oʻzgardi. Uning asosiy qadriyatlari 
ozodlik va shaxsiy erkinlik boʻlib qoldi.
Korxonadagi ish jarayoni

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə