Shartli belgilar: taqrizchilar


Viktoriya 1901-yili vafot etdi va  taxtga uning katta oʻgʻli  Eduard VII



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Viktoriya
1901-yili vafot etdi va 
taxtga uning katta oʻgʻli 
Eduard VII
keldi. Eduard VII ingliz diplomatiyasida hukm-
ronlik qilgan “ajoyib izolyatsiya” siyosatini tugatdi. Qirol siyosatining muvaffaqiyati 
deb Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi munosabatlarning iliqlashuvini aytish mumkin. 
Rossiya bilan ham kelishuv imzolandi. Eduard VII davri Angliya tarixida 
a
joyib davr
 
deb ataldi.
Viktoriya davrining “unutilgan mashhur” yozuvchisi 
Jozef Redyard Kipling
“yana-
da Buyuk Britaniyani yaratish”
tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 
“Madaniyatdan orqada 
qolgan” xalqlarga faqat oq tanlilar yordam berishi mumkinligiga Kipling chin dildan 
ishonadi. Yozuvchining bu qarashlari “Oq tanlilar yuki” deb nomlangan sheʼrida oʻz 
Sanoat inqilobi 
davrida korxona 
ishchilari
Qanday sabablar 
tufayli Buyuk Britani
­
ya dunyoning birinchi 
sanoat mam lakati 
maqomini yoʻqotdi?
O‘YLAB KO‘RING VA 
MANTIQIY XULOSA 
CHIQARING


15
ifodasini topadi. Kipling oʻzining bu sheʼri, hayotiy falsafasi va inglizlarning 
sivilizatsiyachilik missiyasiga qatʼiy ishonchi bilan Charlz Dilk, Jon Sili va 
Sesil Rods singari imperiya maddohlari qatoridan joy oladi.
Ular imperiya haqidagi mifni yaratdilar. Bu mifning markazida britaniyaliklar 
boshqaruvi eng yaxshi boshqaruv usuli ekanligi haqidagi tasavvur yotadi. O‘sha 
davr inglizlarining fikricha, osiyolik va afrikaliklar oʻz mamlakatlarini mustaqil 
boshqarish va rivojlantirishga qodir emaslar. Osiyo va Afrika davlatlarining 
ichki ishlariga inglizlarning aralashuvi, hokimiyatlarni agʻdarishi koʻpincha bu 
davlatlardagi siyosiy tizimning kamchiliklarini bartaraf qilish sifatida qaraladi.
Xullas, 
bu davrda Angliya dunyoning yetakchi imperiyalaridan biri boʻlib 
qolayotgan boʻlsa­da, imperiyaning avvalgi qudrati soʻnib borayotgani, yangi 
davrlar boshlanayotganligini ingliz jamiyati ham his qilayotgan edi.
Pax Britanica 
(lotincha, Paks Britanika – “Britaniya dunyosi”) – Buyuk Brita-
niyaning 1815-yilgi Vaterloo jangidan boshlab Birinchi jahon urushiga qadar 
dengizdagi va xalqaro munosabatlardagi hukmronlik davri.
Dominion 
(qaram yer) – ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshligʻi deb tan oladigan 
va Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan davlat.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə