Shartli belgilar: taqrizchilar


Kommuna ni taʼsis qildi va unda oʻzlarining azaliy orzulari – ijtimoiy respub - lika tamoyillarini oʻrnatmoqchi boʻldilar. FRANSIYA



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

Kommuna
ni taʼsis qildi va unda oʻzlarining azaliy orzulari – ijtimoiy respub
-
lika tamoyillarini oʻrnatmoqchi boʻldilar.
FRANSIYA
Yangi davrda 
Gʻarbiy Yevro
­
pada Fransiya 
va Germaniya 
munosabatlari 
keskinlashuviga 
nima sabab 
boʻlgan?
ESGA OLING
Parij xalqining qoʻzgʻolon koʻtarishi


18
Kommuna doimiy armiyani bekor 
qildi. Burjua sudi ham bekor qilindi. 
Cherkov davlatdan ajratildi. Rahbar 
organlarning saylab qoʻyilishi haqidagi 
dekret qabul qilindi. Kommunani tan 
olmagan eski amaldorlarning hammasi 
lavozimlaridan ozod qilindi.
Kommuna Fransiyaning davlat tuzi-
lishini qayta qurish rejasini ishlab chiq-
di va eʼlon qildi. Rejaga koʻra, Fransiya 
Parij kommunasi tipidagi erkin kommu-
nalarni birlashtirgan respublika boʻlishi 
lozim, shaharlar va eng kichik qishloq-
lar ham oʻz­oʻzini boshqarishning toʻla 
huquqiga ega boʻlishi va bu huquqlar 
qoʻshni kommunalarning shunday 
huquqlari va mamlakat manfaatlari 
bilangina chegaralanishi mumkin edi. 
Barcha urinishlarga qaramasdan
fransuz va pruss armiyalari tomonidan 
qurshab olingan Parij kommunasi 
72 kunlik qizgʻin faoliyatidan soʻng 
28­may kuni quladi. Oʻn minglab ki­
shilar oʻldirildi, qamaldi, surgun qilindi. 
Umumiy hisobda Parij oʻzining 100 
ming oʻgʻil­qizidan ayrildi.
Parij kommunasidan keyin Fransiyada respublika 
tuzumi uzil­kesil oʻrnatildi. Monarxiyaga qaytish endi 
mumkin emasdi: xalq va burjuaziyaning katta qismi 
biron-bir shakldagi monarxiyani boshqa xohlamasdi. 
Shu sababli Fransiyada 1870­yil 4­sentyabrda eʼlon qi
-
lingan Uchinchi respublika Ikkinchi jahon urushigacha 
mavjud boʻldi.
1875-yilgi Fransiya konstitutsiyasining xarakteri 
oxir-oqibatda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy 
hayotida yuz bergan oʻzgarishlar bilan belgilandi. Bu 
oʻzgarishlar orasida yirik mashina sanoatiga oʻtishning 
yakunlanganligi alohida ahamiyat kasb etib, u yangi 
tarixiy davrning kirib kelayotganligidan darak berardi.
Fransiya imperatori 
Napoleon III
Fransiya-Prussiya 
urushi hamda Parij 
kommunasining 72 
kunlik faoliyati Yev
­
ropa tarixida qanday 
oʻrin tutadi?

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə