Shavkat mirziyoyev


BIRINCHI XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALINING TANTANALI OCHILISH



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə112/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

BIRINCHI XALQARO HUNARMANDCHILIK
FESTIVALINING TANTANALI OCHILISH

MAROSIMIDAGI NUTQ
Hurmatli festival ishtirokchilari!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Awalo, sizlami so‘lim va maftunkor Farg‘ona vodiysida, qadimiy va go‘zal Qo‘qon shahrida qutlashdan bag‘oyat mamnunman.
Barchangizni UNESCO rahnamoligida o‘tkazilayotgan birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti, hurmatli Rozi Grinlis xonimga anjumanimizda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz.
Festivalimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Vladimir Medinskiyni, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aqto‘ti Raimqulovani, Turkmaniston madaniyat vaziri Atageldi Shamuradovni, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodani, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Abulfas Garayevni, Qirg4ziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamanqulovni, Belarus Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Natalya Karchevskayani, Armaniston Respublikasi ta’lim, fan, madaniyat va sport vazirining o‘rinbosari Narina Xachaturyanni chin dildan qutlaymiz.
Bundan tashqari, Xitoy san’at va hunarmandchilik uyushmasi prezidenti Xu Nianshaga, Hindistonning Xaryana shtati turizm vaziri o‘rinbosari Vijay Vardxanga, Malayziya xalq amaliy san’atini rivojlantirish korporatsiyasi bosh direktori Enchik Ibragim bin Ismoilga, shuningdek, UNESCOning yuqori martabali vakillari hamda Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo-Tinch okeani,
21 - SH. Mirziyoycv, 4-jild
Amerika va Afrika mintaqalari bo‘yicha rahbarlariga samimiy min- natdorlik bildiramiz.
Davramizda xorijiy davlatlaming O‘zbekistondagi muhtaram elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini ко‘rib turganimizdan xursandmiz.
Festivalimizda dunyoning 78 ta davlatidan 370 dan ziyod mohir hunarmand, taniqli madaniyat arboblari, san’atshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
Barchangizni chin yurakdan qutlab, O‘zbekistonga, ushbu anjumanga bo‘lgan katta hurmat va e’tiboringiz uchun tashakkur izhor etaman.
Hurmatli festival ishtirokchilari!
Ma’lumki, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq amaliy san’ati dunyodagi har bir xalq hayotida, uning turmush tarzi va qadriyatlari rivojida alohida o‘rin tutadi.
Insoniyatning ongli hayotida hunarmandchilikning paydo bo‘lishi - bu sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Bashariyat faxri bo‘lgan buyuk shaharlar, me’moriy obidalar, tarixiy va arxeologik yodgorliklar, minglab muzeylardagi nodir eksponatlar bu fikmi yaqqol tasdiqlaydi.
Hammamizga ayonki, xalq amaliy san’ati - bu avvalo, tabiat bilan uyg‘un bo‘lib, tabiatdan zavq va ilhom olib, betakror ijod namunasini yaratishdir.
O‘zingiz tasawur qiling, oddiy qora tuproqdan, bir bo‘lak temir yoki yog‘och parchasidan noyob va go‘zal buyumlar yaratish, ta’bir joiz bo‘lsa, ularga «jon-u til» bag‘ishlash uchun hunarmandga nafaqat mashaqqatli qo‘l mehnati, balki qalb harorati kerak. Nozik did va mahorat, sabr-toqat, eng muhimi, o‘z kasbiga cheksiz mehr va sadoqat, fidoyilik kerak.
Shu bilan birga, chinakam hunar sohibi - u kulol bo‘ladimi, kandakor yoki to‘quvchi bo‘ladimi, naqqosh yoki zargar bo‘ladimi - o‘z ishini a’lo darajada bajarish uchun juda ko‘p ilmlardan, avvalo, kimyo, biologiya, tibbiyot, fizika, geometriya, astronomiya, tarix, falsafa kabi fanlardan xabardor bo‘lishi, ulami amalda qo‘llay bilishi zarur.
Shu borada birgina misol keltirmoqchiman.
Butun dunyoga mashhur bo‘lgan milliy kashtachilik san’atimiz, qadimiy so‘zanalarimizdagi sirli, mo‘jizali, ilohiy naqshlar, ranglar jilosi zamirida falakiyot ilmi, kosmogonik tasavvurlar mujassam ekani har qanday odamni ham hayratga soladi.
Xalqimiz azaldan o‘z kasbining chinakam fidoyisi bo‘lgan mohir hunarmandlami «usta» va «ustazoda» degan nomlar bilan ulug‘lab, e’zozlab keladi.
Shu o‘rinda buyuk mutafakkir Bahouddin Naqshband bo- bomizning «Hunar shunday tulporki, unga mingan kishi albatta hurmat-e’tibor topgay va saodat manziliga yetgay», degan hikmatli so‘zlarini eslab o‘tishni joiz, deb bilaman.
Kelgusi yili tavalludining 700 yilligi nishonlanadigan bu tabarruk zot nafaqat aziz-avliyo, awalo, o‘zlari ham yetuk hunarmand, ahli hunaming piri bo‘lganlar. Bu ulug‘ siymoning «Diling - Allohda, qo‘ling - mehnatda bo‘lsin» degan ezgu da’vatiga amal qilib, yurtimizdagi ming-ming hunarmandlar o‘zlarining mashaqqatli, halol mehnati, insoniy fazilatlari bilan xalqimizga, yoshlarimizga ibrat va namuna bo‘lib kelmoqdalar.
Ayni vaqtda bugungi globallashuv va yuksak texnologiyalar asrida xalq amaliy san’atiga shunchaki o‘tmish yodgorligi sifatida bepisand qarash holatlari ham, afsuski, uchrab turibdi. Agar bu nodir san’atni davlat va jamiyat tomonidan keng qo‘llab-quwatlamas ekanmiz, ertaga kech bo‘ladi - hunarmandlik sohasi bugungi davming keskin raqobatiga bardosh berolmaydi.
Shu ma’noda, jahon xalq amaliy san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, bu bebaho boylikni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, bu yo‘ldagi sa’y-harakat va imkoniyatlarimizni birlashtirishda mana shunday xalqaro anjumanlaming o‘mi va ahamiyati beqiyosdir.
zbekistonda hunarmandlar mehnatini qadrlash, ulaming samarali faoliyat yuritishlari uchun tegishli huquqiy asos, imkoniyat Va lrntiyozlar yaratib berilmoqda. Ulaming huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, o‘z saflarida minglab ustalami birlashtirgan «Hunarmand» uyushmasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Buxorolik mashhur zardo‘z Muyassar Temirova, samarqandlik ta mirchi usta Mirumar Asadov, farg‘onalik yog‘och o‘ymakori Abdug‘ani Abdullayev kabi yurtdoshlarimiz mamlakatimizning eng oliy mukofoti - 0‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgani ushbu soha vakillarining sharafli mehnatiga yuksak e’tibor ifodasidir.
Biz farzandlarimizni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ulaming zamonaviy bilimlar bilan birga, xalq amaliy san’ati sirlarini ham puxta egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqdamiz. Respublikamiz poytaxti vajoylarda ushbu yo‘nalishda o‘nlab festival va yarmarkalar, savdo ko‘rgazmalari, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda, yoshlar uchun hunarmandchilik maktablari tashkil etilmoqda. Eng muhimi, bu soha vakillari mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlami ijtimoiy mehnatga jalb etish, turizmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.
Biz tariximiz, milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan, qadimiy va boy an’analarga ega hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga yanada katta e’tibor beramiz. Bu borada mazkur xalqaro festival davomida o‘rtaga tashlanadigan amaliy fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadrli do‘stlar!
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivali uchun aynan Qo‘qon shahri tanlangani albatta, bejiz emas. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bu qadimiy shahar haqli ravishda «oltin vodiy» deb nom olgan go‘zal Farg‘ona vodiysining gavharidir.
Ikki ming yillik shonli tarixga, so‘lim tabiatga ega, qancha-qancha buyuk voqealarga guvoh bo‘lgan Qo‘qandi latif milliy davlatchilik, ilm-u hunar, san’at va adabiyot ravnaqining yorqin timsolidir.
К.0 hna Farg ona zamini jahon ilm-fani va madaniyatiga Ahmad Farg oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Amiriy va Nodirabegim, Jahon otin Uvaysiy, Mavlono Muqimiy, Zokiijon Furqat kabi o4nlab mutafakkir zotlami, ulug‘ shoir va adiblami, Qodiijon Haydarov singari mashhur hunar ustalarini yetkazib bergani bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Birgina mana shu Farg‘ona viloyatining o4zida milliy hunarmandchilikning qanday mashhur brendlari bor. Bu haqda gapirganda, Marg‘ilonning kamalakdek tovlanadigan mashhur atlas va adraslarini, Rishtonning betakror kulolchilik san ’ atini, Qo 4 qonning yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik maktablarini, o4ylaymanki, ortiqcha ta’riflab o‘tirishning hojati yo‘q.
Bugungi kunda butun yurtimiz, butun Farg4ona viloyati kabi Qo‘qon shahri, uning qiyofasi ham tubdan o‘zgarib, har tomonlama obod bo4lib, mamlakatimizning yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylanmoqda.
Xabaringiz bor, ushbu festival arafasida shahar hayotida yana bir muhim voqea yuz berdi. Jahon hunarmandlar kengashi tomonidan Qo4qon shahriga «Jahon hunarmandlari shahri» degan yuksak unvon berildi. Ya’ni, Qo4qon shahri dunyo hunarmandchilik xaritasida ham munosib va mustahkam o4rin egalladi.
Qo4qon shahri Mustaqil Davlatlar Hamdo4stligida birinchi bo4lib ushbu ro4yxatga kiritilganini biz mamlakatimizda xalq amaliy san’atini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizga xalqaro miqyosda berilgan katta baho, deb qabul qilamiz.
Kuni kecha Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi prezidenti Gada Hijobiy Kaddumiy xonim Qo4qon shahriga ana shu guvohnomani tantanali ravishda topshirdi.
Mana shu quvonchli ayyomda muhtaram Qo‘qon ahlini, butun O4zbekiston hunarmandlarini ana shunday yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklayman.
Bunday ulkan e’tibor uchun Jahon hunarmandlar kengashi va uning prezidenti, hurmatli Rozi Grinlis xonimga о z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat beigaysiz.
Muhtaram yurtdoshlar!
Aziz mehmonlar!
Ushbu xalqaro festival nafaqat ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi, balki jahon hunarmandlari, butun dunyo ustalarining katta bayrami, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu - olis tarix va bugungi zamon nafasini, turli qadriyat va an’analami o‘zida yaqqol namoyon etadigan, mushtarak dillami birlashtiradigan chinakam do‘stlik va hamkorlik anjumanidir.
Aminmanki, dunyoda tinchlik va hamjihatlikni, go‘zallik va nafosatni targ‘ib etadigan bu festival jahon maydonida albatta o‘zining munosib о‘mini topadi.
Barchangizni mehmondo‘st va saxovatli O‘zbekiston zaminida yana bir bor chin yurakdan qutlayman.
Ushbu anjumanni yuksak saviyada o‘tkazish uchun sidqidildan xizmat qilgan barcha yurtdoshlarimizga, mehnatkash, oqko‘ngil, bag‘rikeng Farg‘ona eliga, Qo‘qon ahliga samimiy tashakkur bildiraman.
Festivalning barcha qatnashchilariga, muhtaram mehmonlari- mizga sihat-salomatlik, yangi ijodiy yutuqlar tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə