Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə115/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

2019-yil 30-sentabr
22 - SH. Mirziyoycv, 4-jild
«OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI» AKSIYADORLIK JAMIYATI JAMOASIGA
Qadrli do‘stlar!
Siz, azizlami O‘zbekiston rangli metallurgiya sanoatining yetakchisi - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganining qutlug4 70 yillik sanasi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Kombinat tarixi respublikamizda rangli, nodir va qimmatbaho metallami qazib olish hamda ulami qayta ishlashga qaratilgan mutlaqo yangi tarmoqning yaratilishi hamda yirik ishlab chiqarish quvvatlari va zamonaviy Olmaliq shahrining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu tarix zamirida shonli an’analami munosib davom ettirayotgan, butun bilim va tajribasi, mahorati, qalb qo‘rini o‘z ishiga baxshida etib, fidokorona mehnat qilayotgan ming-minglab odamlaming juda katta mashaqqatli xizmatlari mujassam.
Korxonaning bunyod etilishi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mineral boyliklami keng koMamda o‘zlashtirishga yo‘l ochib berdi.
Sizlarga ma’lumki, bugungi kunda yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida biz sanoat va iqtisodiy salohiyatimizni har tomonlama rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.
Kombinat misolida oladigan bo‘lsak, bu borada o‘tgan yili qabul qilingan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror korxona faoliyati uchun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Ushbu ulkan majmuaning ko‘pmillatli va ahil jamoasi respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlar jarayonida, butun mamlakatimizni, milliy iqtisodiyotimizni tubdan modemizatsiya qilishda faol ishtirok etayotganini barchamiz yaxshi bilamiz va cheksiz qadrlaymiz.
Hech shubhasiz, Vatanimizning kuch-qudrati o‘sishida, 0‘zbekistonda qazib olinayotgan qimmatbaho va rangli metallaming yuksak sifati butun dunyoda alohida e’tirof etilishida iqtisodiyotimizning lokomotivi hisoblangan kombinatning 35 minglik jamoasi salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda majmua tomonidan Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi qimmatbaho va rangli metallar eng ilg‘or texnologiyalar asosida, yetakchi xorijiy kompaniyalar hamkorligida jadal o‘zlashtirilmoqda, xaridorgir mahsulotlar hajmi oshirilib, ulaming 70 foizdan ortig'i eksport qilinmoqda.
Jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitida ishlab chiqarishning o‘sishi va samaradorligini ta’minlash maqsadida kombinatning uzoq muddatli modemizatsiya dasturi ishlab chiqildi.
Ayni paytda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilayotgani ayniqsa e’tiborga loyiq. Xususan, «Angren» erkin iqtisodiy zonasida barpo etilgan Angren quvur zavodi, Jizzax viloyatida sement zavodi foydalanishga topshirildi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hududida eng yirik - bir yilda 60 million tonna rudani qayta ishlash salohiyatiga ega bo‘lgan mis boyitish fabrikasi va boshqa zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining qurilishi boshlandi.
Eng muhimi, olib borilayotgan jadal va tizimli bunyodkorlik ishlari natijasida mahalliy aholi uchun minglab qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Yaqin yillarda kombinatni modemizatsiya qilish dasturi doirasida 2023-yilga kelib ishlab chiqarish hajmining 2,5 barobarga o‘sishini ta’minlovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami o‘zlashtirish rej alashtiri Imoqda.
Barchamiz yaxshi bilamizki, ishlab chiqarishni tubdan yangilash va ilmiy texnologiyalami joriy etish masalalari yuqori malakali kadrlami talab qiladi. Shu bois, belgilangan vazifalar ijrosini toMiq
* I
rnin ashga qodir bo‘lgan zamonaviy va yetuk mutaxassislarni tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Olmaliqda faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat texnika universitetining filiali, shuningdek, o‘tgan yili tashkil etilgan Rossiya Federatsiyasining Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ushbu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
Korxonaning barcha ishchi-xodimlar uchun munosib hayot va mehnat sharoitlarini, ularga hamma qulayliklami yaratib berish borasidagi ijobiy tajribasini alohida ta’kidlash lozim.
Bugun bu yerda zamonaviy uylar, madaniyat va sport mas- kanlari, ravon ko‘chalar, ko‘rkam va fayzli go‘shalar, bir so‘z bilan aytganda, zarur infratuzilmalar bunyod etilmoqda. Bu beqiyos rag‘bat va e’tiboming yaqqol misolini - yildan yilga rivojlanib, xorijiy mehmonlar va investorlar uchun jozibador bo‘lib borayotgan Olmaliq shahrining obod va faro von qiyofasida ham ko‘rish mumkin.
Hurmatli do‘stlar!
Bugungi shiddatli davming o‘zi butun xalqimiz qatori kombinat jamoasi oldiga ham milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim va strategik vazifalarni qo‘ymoqda.
Majmua bazasida yuqori texnologik va qo‘shimcha qiymatga ega xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, bu yo‘lda yurtimizning tabiiy, mehnat va intellektual resurslaridan to‘laqonli foydalanish masalalari g‘oyatda dolzarb bo‘lib turibdi.
Ishonchim komilki, kombinatning yuksak kasbiy mahoratga, boy bilim va malakaga ega mehnatkashlari bu muhim hamda dasturilamal vazifalarni sharaf va matonat bilan uddalaydilar.
Ushbu ayyom munosabati bilan sizlami yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt- saodat, jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan bunyodkorona mehnatingizda yangi zafarlar tilayman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə