Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə118/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

23 - SH. Mirziyoycv, 4-jild
Ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni doimiy qo‘llab-quwatlashga birinchi darajali ahamiyat beramiz.
Tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.
Bu borada dunyo hamjamiyati, awalo, yon qo‘shnilarimiz bilan samarali hamkorlikni har tomonlama kuchaytiramiz.
Aziz yurtdoshlarim, qadrdonlarim!
2020-yil har bir oila, har qaysi xonadonga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin!
Barcha ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqsin!
Jonajon O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
2019-yil 31-dekabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QUROLLI KUCHLARI TASHKIL ETILGANINING
28 YILLIGI VA VATAN HIMOYACHILARI

KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Hurmatli askar va seijantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!
Qadrli yurtdoshlar!
O‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlami, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz avvalo o‘z jangovar postida doimo hushyor va sergak turib, yurtimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan mard va jasur, sodiq o‘g‘lonlarimizni, fidoyi ota-bobolarimizni, haqiqiy vatanparvar insonlarni sharaflab, ularning sha’niga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Ana shunday botir va jonkuyar farzandlami tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga o‘z muqaddas burchini ado etishda hamisha tog‘dek tayanch bo‘lib kelayotgan ularning oila a’zolariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Armiyamizning kuch-qudrati harbiy xizmatchilar bilan butun jamiyatimizning birligi va hamjihatligida, desak, ayni haqiqatni aytgan boHamiz.
Mana shunday buyuk ma’naviy qudrat manbayi bor ekan, hech qanday yovuz kuch Ozbekiston mustaqilligiga, tinch va osuda hayotimizga raxna sololmaydi, bizni demokiatik о zgarishlar yo‘lidan ortga qaytara olmaydi.
Muhtaram do‘stlar!
Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan 0‘zbekiston Qurolli Kuchlari о tgan 28 yilda g‘oyat murakkab va ayni paytda shonli shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi.
Ayniqsa, keyingi yillarda olib borilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz har qanday xavf-xatarga munosib zarba bera oladigan qudratli, tezkor va samarali kuchga aylanib bormoqda.
Mintaqamizda ochiqlik va milliy manfaatlami o‘zaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish doirasida Qurolli Kuchlarimiz Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi hamkasblari bilan yaqin sheriklik aloqalarini o‘matdi va mustahkamlamoqda. So‘nggi yillarda biz bir qator qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini birgalikda o‘tkazdik. Shuningdek, yuqori darajadagi harbiy delegatsiyalaming tashriflarini tashkil etdik, tezkor va jangovar tayyorgarlik borasida tajriba almashdik.
Bizning tobora kuchayib borayotgan bunday hamkorligimiz bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni, Markaziy Osiyo deb atalmish umumiy uyimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning muhim omiliga aylanib bormoqda.
Dunyodagi eng yuksak standartlar darajasida tashkil etilgan uzluksiz harbiy ta’lim tizimi izchil rivojlanmoqda. Hozirgi paytda yangitdan tuzilgan, mohiyat e’tibori bilan noyob bo‘lgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti mamlakatimizning zamonaviy oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib joy egalladi.
Shu bilan birga, boshqaruvning tezkor-strategik bo‘g‘inida xizmat qiladigan ofitser kadrlami tayyorlaydigan yangi fakultet tashkil etildi, Qurolli Kuchlar akademiyasida qo‘shimcha ta’lim infratuzilmalari foydalanishga topshirildi. Maxsus vazifalami bajaradigan bo‘linmalar uchun harbiy xizmatchilar tayyorlaydigan o‘quv markazini tashkil etish jarayoni nihoyasiga yetkazilmoqda. Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.
Jangovar tayyorgarlikning modemizatsiya qilingan, mos- lashuvchan tizimini joriy etish bilan uyg‘un holda, Qurolli Kuchlaming yangi tashkiliy tuzilmaga o‘tkazilishi milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini bir necha barobar oshirdi.
Bugungi kunda bizning harbiylarimiz o‘zlarining professional tayyorgarlik darajasi bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar armiyalarining harbiy xizmatchilaridan aslo qolishmasligini so‘zda emas, amalda isbotlamoqda. Xalqaro harbiy o‘quv musobaqalarida, armiyalar o‘rtasidagi va sport bellashuvlarida O‘zbekiston vakillari o‘zlarining mahorati, ruhan baquwatligi, g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyon etmoqda, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekan- liklarini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Hech shubhasiz, bulaming barchasi butun O‘zbekiston xalqida, ayniqsa, yoshlarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat-ehtirom hissini uyg‘otmoqda.
Milliy armiyamizni qurol-yarog4 va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlashga qodir bo‘lgan mudofaa-sanoat kompleksimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinmoqda.
Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi va jangovar o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan korxonaning modemizatsiya qilingani va texnik qayta jihozlangani bunga yaqqol misol bo‘la oladi, ularda qayta tashkil etilgan ilmiy-texnik salohiyat esa mazkur tarmoqlarda ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini shakllantirishning asosiga aylanib bormoqda.
Iqtisodiyotning to‘laqonli mudofaa sektorini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz yaqin istiqbolda nafaqat milliy armiyamizni qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish imkonini ham beradi.
Xalq va armiya o‘rtasida ishonchli ko‘prikka aylangan harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatida muayyan yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu sektorlar tashkil etilganidan buyon «Xalq

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə