Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə121/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

24 - SH. Mirziyoycv, 4-jild
barcha ishlami bajaradi. Lekin bu o‘ta muhim vazifani ado etishda oilaning, mehribon buvilarimiz, munis onalarimiz, mahalladagi kayvoni ayollaming o‘mi va ta’sirini hech kim bosolmaydi.
Shu o‘rinda ruxsatingiz bilan, mashhur shoirimiz Muhammad Yusufhing ikki qator she’rini o‘qib bermoqchiman:
Qiz bor uyning fayzi ЬоЧак, deydilar, Jannat yo‘li - qiz bor yo‘Iak, deydilar.
Qarang, qanday ma’noli, qanday haqqoniy so‘zlar!
Shu munosabat bilan bugungi davramizda ishtirok etayotgan va meni eshitib turgan muhtarama opa-singillarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: kelajagimizning baxt-u iqboli boMgan qizlarimizni eng go‘zal fazilatlar, bilim va odob sohibalari etib tarbiyalashni o‘z e’tiboringizga, o‘z mas’uliyatingizga olsangiz, davlatimiz ham, xalqimiz ham sizlardan cheksiz minnatdor bo‘ladi.
Bu borada yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab- quwatlash vazirligi, ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimiz, xotin-qizlar faollari, hurmatli muallima va murabbiyalar, O‘zbekistonning barcha jonkuyar ayollari ushbu tashabbusni har tomonlama qo‘llab- quwatlab, yosh qizlarimizga munosib ta’lim va tarbiya berishdek g‘oyat mashaqqatli, ammo olijanob va savobli ishga ulkan hissalarini qo‘shadilar, deb ishonaman.
Fursatdan foydalanib, men bugun bir taklif bilan Sizlarga muro­jaat qilmoqchiman: mana shu ezgu ishlarimizga kamarbasta bo‘lib, yosh qizlarimizga ustozlik qilib, ularga ta’lim-tarbiya beradigan haqiqiy murabbiylami rag‘batlantirish maqsadida kelgusi yil 8-mart bayramidan boshlab har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan eng munosib vakilni davlat mukofoti bilan taqdirlashni taklif etaman.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Ta’lim-tarbiya masalasida ko‘p yillar bizni qiynab kelgan og‘ir muammolardan biri - bu oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarining cheklangani bilan bog‘liq edi. Masalan, 2-3 yil awal oliy ta’lim 370
muassasalariga qabul darajasi yiliga 60-70 ming kishini, boshqacha aytganda, maktab bitiruvchilarining atigi 9 foizini tashkil etar edi.
Shuning uchun bu sohada ham jiddiy islohotlami boshladik. O‘tgan yili tariximizda birinchi marta 150 ming nafar yoshlarimiz talabalikka qabul qilindi. Shu tariqa maktab bitiruvchilarini oiiy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazdik.
Albatta, bu ishlar osonlik bilan bo‘layotgani yo‘q. Buning uchun mavjud moddiy-texnik, o‘quv-uslubiy bazani mustahkamlash, oliy o‘quv yurtlari tarmog‘ini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar, ilmiy xodimlaming professional malakasini oshirish uchun katta kuch, mablag‘ va imkoniyatlami safarbar etishga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin qanchalik qiyin bo‘lmasin, farzandlarimiz taqdiri uchun, kelajagimiz uchun biz bu ishlar ko‘lamini yanada kengaytirgan holda, albatta amalga oshiramiz. Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichini joriy yilda kamida 25 foizga, kelgusida esa 50-60 foizga yetkazamiz.
Ayollaming ilmiy va madaniy saviyasini yuksaltirish, ulami munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida bu yil qizlarimiz uchun oliy o‘quv yurtlariga alohida qabul kvotalari joriy etiladi. Buy am tariximizda birinchi marta qo‘llanayotgan tajribadir. Chunki o‘qimishli, oliy ma’lumotli ayol oilada ham, ishda ham, jamiyat hayotida ham hamma narsaga ilm-ma’rifat bilan, ongli va faol yondashadi va munosib ishtirok etadi.
Binobarin, agar biz farzandlarimizni sog‘lom va barkamol, Vatanga sodiq insonlar etib voyaga yetkazish niyatida ekanmiz, avvalo xotin-qizlar uchun ilm-fan va kasb-hunar yo‘llarini keng ochib berishimiz kerak.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə