Shavkat mirziyoyev


‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARIGA



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə117/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

2019-yil 9-noyabr
0‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARIGA
Qadrli vatandoshlar!
Muhtaram dehqon va fermerlar!
Awalo, barchangizni, sizlaming timsolingizda butun xalqimizni qutlug4 ayyom - Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Hammamizga yaxshi ayonki, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hech qachon o‘z o‘mi va ahamiyatini yo‘qotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biridir.
Ana shunday muhim sohaning zalvorli yukini o4z yelkasida ko‘tarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va mutaxassislami dunyodagi eng olijanob kasb egalaridir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Chindan ham, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, har erta bahorda yerga urug4 qadab, rizq yo‘lini ochadigan, xonadonlarimizdagi to‘kinlik va fayz-u baraka sababchisi bo‘lgan sizdek fidoyi insonlarga har qancha tasannolar aytsak arziydi.
Ushbu bayram munosabati bilan sizlami qutlar ekanmiz, bu yilgi mashaqqatli mehnatingiz, erishilgan natijalar va oldimizda turgan rejalar haqida atroflicha to‘xtalishimiz tabiiydir.
Awalo sayyoramizdagi global iqlim o‘zgarishlari hamda mintaqamizdagi ekologik muammolar oqibatida qishloq xo‘jaligida har yili ilgari ko‘rilmagan yangi-yangi sinov va qiyinchiliklar paydo bo‘layotganini qayd etish lozim.
Lekin, ko‘pni ko‘rgan, doimo yer bilan tillashib, dardlashib yashaydigan dehqon va fermerlarimiz ana shunday murakkab sharoitda ham omilkorlik bilan, boy bilim va tajribasi, ilm- fan yutuqlarini ishga solib, mo‘l hosil yetishtirishga muvaffaq boMmoqdalar.
Joriy yilda sizlaming peshona teringiz bilan 7 million 130 ming tonna g alia, 2 million 845 ming tonnapaxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna sholi, 2 million 600 ming tonna go sht va 11 million tonna sut mahsulotlari, 8,1 milliard dona tuxum olingani bu fikmi yaqqol tasdiqlab turibdi.
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish dolzarb masala bo‘lib borayotgani sir emas.
Shuning uchun ham biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasini modemizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq- ovqat ekinlari yetishtirishga alohida e’tibor bermoqdamiz.
Bu haqda so‘z yuritganda, keyingi to‘rt yilda hosildorligi past boMgan 300 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari o‘miga meva- sabzavot va ozuqa ekinlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, jumladan, 32 ming gektar yerda intensiv bog‘lar, 15 ming gektarda tokzorlar, 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar barpo etilgani, 114 ming gektarda sabzavot va kartoshka, 72 ming gektarda dukkakli va moyli ekinlar, 52 ming gektarda ozuqa ekinlari yetishtirilayotganini ta’kid­lash lozim.
Bugungi kunda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini jadal joriy etish, ekologik toza va eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlar daromadini ko‘paytirish borasida olib borayotgan tizimli islohotlari- miz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.
Natijada bu yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan jami 217 trillion 700 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 12 foiz ko‘p foyda olindi.
Yemi haqiqiy egasiga berish, ayniqsa, mahsulot yetishtirishdan tortib, uni sotishgacha bo‘lgan agrobiznesning yaxlit zanjirini о z lc iga qamrab olgan klaster modelini va kooperatsiya tizimini to liq yaratishga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.
Joriy mavsumda paxta hosilining 73 foizi paxta-to‘qimachilik klasterlari hissasiga to‘g‘ri kelgani, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Andijon, Xorazm, Namangan, Toshkent, Buxoro viloyatlarida erishilgan yuksak marralar bu tizimning qanchalik samarali ekanini amalda isbotlamoqda.
Shuningdek, Yozyovon, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a, Xiva, Xonqa, Yangibozor, Mingbuloq, Pop, Chust, Quyichirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on, Qorako‘l, Olot, Vobkent, Do‘stlik, Narpay kabi o‘nlab tumanlarda ushbu tizim asosida paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi.
Shulaming barchasini hisobga olib, biz keyingi yildan boshlab paxta yetishtirishni to‘liq - 100 foiz klaster usuliga o‘tkazishga qaror qildik. Shu bilan birga, g‘allachilik, meva-sabzavotchilik, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va pillachilik klasterlarini tashkil qilish ishlarini izchil davom ettiramiz.
Birinchi marta boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishni rag‘batlantirish tizimi joriy etilgani o‘zining ulkan ijobiy samarasini berdi. Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida hosildorlik gektariga 65-67 sentnerga yetgani ana shunday yangicha yondashuvning mahsuli bo‘ldi.
Eng muhimi, 3 million 800 ming tonna g‘alla dehqon va fermerlar ixtiyorida qoldirilgani ushbu mavsumning asosiy natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
So‘nggi yillarda meva-sabzavotchilikda amalga oshirilayot- gan islohotlar ham o‘z natijasini bermoqda. Bu yil 1,3 milliard AQSH dollari qiymatidagi 1,5 million tonna meva-sabzavot eksport qilingani, hech shubhasiz, tarmoq rivojida salmoqli o‘rin tutadi.
Dehqon va fermerlarimizni yillar davomida o‘ylantirib kelayotgan masala - bu yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini nobud va isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, sifatli qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish bilan bog‘liq.
Jony yilda bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, 1 trillion 37 milliard so m investitsiya mablagUari jalb etildi. Buning hisobiga 254 ming tonna quvvatga ega bo‘lgan 180 ta meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va logistika markazlari barpo etildi. Bu orqali 54 ming qo4shimcha ish o‘mi yaratildi.
Hozirgi vaqtda yurtimizda meva-sabzavot mahsulotlarining 3,5 million tonnasi qayta ishlanib, 350 million dollarlik tayyor mahsulot chetga sotilmoqda.
Biz kelgusi yilda meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini 2,5 milliard dollarga, yaqin uch yilda esa 5 milliard dollarga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Buning uchun Ispaniya, Niderlandiya, Polsha, Gretsiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Vyetnam, Indoneziya kabi davlatlaming eng ilg‘or tajribalari keng qo‘llanilmoqda.
Qimmatbaho xomashyo bo‘lgan ipak yetishtirishning yangicha tizimi yo‘lga qo‘yilishi natijasida bu yil birinchi marta pilladan yiliga to‘rt marta hosil olishga erishdik. Endigi vazifa - bu muvaffaqiyatli tajribani keng qo‘llashdan iborat.
Keyingi yillarda chorvachilikni isloh qilish, jumladan, sohaning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish borasida bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu tariqa respublika, viloyat, tuman va fermer xo‘jaliklari bo‘yicha chorvachilik sohasida vertikal boshqaruv tizimi yaratildi.
Respublikamizda sut va go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mingdan ziyod yirik chorvachilik komplekslari ishga tushirildi. Yakunlanayotgan yilda esa bu yo‘nalishda 1,2 trillion so‘mlik 600 ta loyiha amalga oshirildi. Chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan Ohangaron, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov, Mo^ynoq tumanlari shu sohaga ixtisoslashtirildi va klaster usulida rivojlanishi yo4ga qo‘yildi.
Oxirgi 20 yilda e’tibordan ancha chetda qolib ketgan baliqchilik tarmog‘iga alohida e’tibor qaratishimiz natijasida bu yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun iy ко llarda 200 ming tonna baliq yetishtirildi.
Yana bir ustuvor yo‘nalish - asalarichilikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan O‘zbekiston asalarichilar uyushmasiga 14 mingdan ortiq tadbirkor a’zo bo‘lib kirdi va joriy yilda 19 ming tonna asal yetishtirildi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining barcha xarajatlari to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplanayotgani dehqon va fermerlarimiz uchun katta madad bo‘lib, ekinlardan mo‘l hosil olish imkonini bermoqda.
Ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida bu yil davlat budjetidan 1 trillion 328 milliard so‘m yoki 2018-yilganisbatan 1,8 marta, sug‘oriladigan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash uchun esa 645 milliard so‘m yoki 1,2 barobar ko‘p rnablag4 ajratildi. Bundan tashqari, yil oxirigacha xalqaro moliya institutlarining 126,8 million dollar yoki 2018-yilga nisbatan qariyb 3 barobardan ziyod kreditlari o‘zlashtiriladi.
Jonajon O‘zbekistonimizni taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarish vazifasi va jahonda oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshib borayotgani agrar sohani tubdan isloh qilishni, unga bozor mexanizmlari, ayniqsa, innovatsion va tejamkor texnologiyalami, investitsiyalami keng jalb qilishni taqozo etmoqda.
Shundan kelib chiqib, bu yil qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish Konsepsiyasi va sohani kelgusi 10 yillikda rivojlantirish bo‘yicha Strategiyani qabul qildik.
Qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida gapirganda, siz, mirishkor fermer va dehqonlar, soha xodimlarining sidqidil va fidokorona mehnatingizni, butun umrini qishloq xo‘jaligi rivojiga bag‘ishlagan minglab aziz vatandoshlarimizning nomlarini faxr ila tilga olamiz.
Shu o‘rinda 11 mingdan ziyod fermer xo‘jaligi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan boshqarilayotgani, 5 ming 600 ta fermer xo‘jaliklariga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilayotganini ta’kidlashni istardim. Bu bizning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ulkan boyligimiz, oltin fondimiz, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
Kelgusida sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan kompleks dasturlami tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalami qo‘Hagan holda
mahsulot yetishtirish turlari va екчплн ■ . , . . , . , , ustuvor maqsadlarimizbo‘lib qolaverad^ * ™
, i Sa^^as^ va oshirish, sohani zarur texnikalar
, < *1 t ui- if. xnik xizmat ко rsatish ishlanni yaxshi- as , i g or i im va о nikmalarga ega mutaxassislami tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyatini takomillashtirishga e’tibomi yanada kuchaytiramiz. J
Mavsum oxirlab, yil yakunlari sarhisob qilinayotgan mana shu ayyomda sizlarga, barcha qishloq ahliga olijanob mehnatingiz uchun yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.
Hayot smovlarida toblangan, mard va matonatli fermerlarimiz, barcha qishloq xo‘jalik xodimlari bundan buyon ham xalqimiz farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdek g oyat mas uliyatli vazifani ado etishda butun kuch-g‘ayrat va imkoniyatlarini safarbar etadilar, deb ishonaman.
Muhtaram dehqon va fermerlar!
Qishloq xo jaligi sohasida halol va fidokorona mehnat qilayotgan aziz va qadrli yurtdoshlar!
Sizlami yana bir bor ushbu shukuhli va fayzli bayram bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga qut-baraka va xotirjamlik hamisha yor bo‘lishini tilayman.
O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI
Aziz vatandoshlar!
Mana shu quvonchli lahzalarda siz, azizlami, ko‘pmillatli butun xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman!
O‘tib borayotgan yil mamlakatimiz uchun unutilmas voqea- larga boy bo‘ldi. Turli qiyinchilik va sinovlami ham boshimizdan kechirdik.
Xalqimizning fidokorona mehnati bilan «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da ulkan yutuqlarga erishdik. Mamlakatimiz salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida yangi qadamlar qo‘yildi.
Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal rivojlan- moqda. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari ishga tushirilmoqda.
Mirishkor dehqon va fermerlarimiz, murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, mo‘l hosil yetishtirdilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi.
Yil davomida hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz, xotin-qizlar uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Davlat dasturlari asosida shahar va qishloqlarimiz, yurtimiz qiyofasi butunlay o‘zgarmoqda.
2019-yilda ming-minglab yurtdoshlarimiz, jumladan, kam ta’minlangan oilalar shinam uy-joylarga ega boMdilar.
Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida tub burilish davri boshlandi.
Yangi-yangi bog‘cha va maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yetakchi xorijiy universitetlaming filiallari, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda.
Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymoqda.
Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda.
Kuni kecha Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar buni yaqqol tasdiqladi. Saylovlar O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yoMidan ortga qaytmasligini yana bir bor isbotladi.
Mustaqilligimiz, osoyishta hayotimiz kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati mustahkamlanmoqda.
Tinchliksevar va amaliy tashqi siyosat olib borayotgan davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori ortib bormoqda.
Muxtasar aytganda, 2019-yil yangi O‘zbekiston tarixida har tomonlama yorqin iz qoldirmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar!
Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoq- damiz.
2020-yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng koHamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz.
Xususiy mulk, tadbirkorlik va biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga, yangi ish o‘rinlari tashkil etishga alohida ahamiyat qaratamiz. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalami, aholi real daromadlarini ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Odamlarimizning yashash sharoitini, kommunal-maishiy xizmat sifatini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yanada kengaytiramiz.
Farzandlarimizga munosib ta’lim va tarbiya berishga, ulaming qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlarimiz yangi bosqichga ko'tariladi.


353
Nuroniy faxriylarimiz, munis opa-singillarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytiramiz.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə