Shavkat mirziyoyev


O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI XODIMLARIGA



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə116/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

2019-yil 24-oktabr
O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI
XODIMLARIGA

Muhtaram do‘stlar!
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Awalo, inson sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlashdek olijanob ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan siz, azizlami mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Biz sizlaming timsolingizda xalq salomatligi yo‘lida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.
Mashhur yunon tabibi Gippokratning «Tabobat barcha ilm-u san’atlar ichida eng buyuk ilm va san’atdir», degan so‘zlari mashaqqatli va ezgu faoliyatingizga berilgan haqqoniy bahodir.
Qadrli yurtdoshlar!
O‘z aholisining sog‘lig‘ini muhofaza qilish - har qaysi davlat va jamiyat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega dolzarb masala sanaladi.
Yurtimiz hududida qadimdan ko‘plab shifo maskanlari, tibbiy madrasalar faoliyat yuritgani, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz yaratgan bebaho asarlar, ulaming dori-darmon tayyorlash va davolash usullari butun jahonda mashhur bo‘lgani ajdodlarimizning bu soha rivojiga qanday katta e’tibor qaratganidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda tub yangilanishlarni awalo ijtimoiy hayo- timizning eng muhim yo'nalishlari bo Imish tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda aholi sog‘ligkini muhofaza qilishdan boshlaganimiz bejiz emas.
h h ’ va so§ ^q “ bu har bir inson, butun aholimiz uchun ec narsa bilan о Ichab, baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Faqat sog lom inson va sogMom xalq mislsiz ishlarga qodirligini hammamiz yaxshi anglaymiz.
О tgan davrda sog‘liqni saqlash tizimida erishilgan ijobiy natijalar bilan birga, yechimini kutayotgan kamchilik va muammolar ham mavjudligi hech kimga sir emas. Shu sababli, keyingi uch yil davomida yurtimizda fuqarolar murojaatlari, fikr-mulohaza va takliflari atroflicha o‘rganilib, tibbiyot tarmog‘ini chuqur isloh qilish bo‘yicha 170 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash ti- zimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon asosida 2019-2025-yillarda Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda tegishli dastur tasdiqlandi.
Bulaming barchasi birlamchi tibbiy sanitariya hamda shoshilinch va tez yordam bo‘g‘inidan tortib, yuqori tuzilmalarigacha ish faoliyatini tashkil etishda asosiy e’tibomi inson omiliga yo‘naltirish, tibbiy xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini xalqaro mezonlar darajasiga yetkazish borasida yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Ma’lumki, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish oila uchun ham, davlat uchun ham samarali va foydalidir. Shu bois mamlakatimizda profilaktik tibbiyot rivojiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Ayni paytda, tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishni yax- shilash maqsadida yurtimizda 817 ta qishloq vrachlik punkti, 798 ta qishloq va 178 ta shahar oilaviy poliklinikalarida ayollar maslahatxonalari, qizlar salomatligi xonalari, ijtimoiy dorixonalar, kun-u tun ishlaydigan tez tibbiy yordam shoxobchalari tashkil etildi hamda 5 ta tor soha mutaxassislarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jismoniy shaxslar eng ko‘p murojaat qiladigan shoshilinch va tez yordam yo‘nalishida markazlashgan yaxlit tizim yaratildi. Tez yordam brigadalarining soni 818 tadan 1666 taga yetkazildi va ular aholi yashaydigan hududlarga yaqinlashtirildi. Avtotransport parkini yangilash uchun 1500 dan ortiq «Tez yordam» mashinalari xarid qilindi.
Yana bir asosiy yo nalish - reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha milliy dasturlar amalga oshirilmoqda. Hududlarimizdagi bolalar davolash muassasalarida ilgari mavjud bo Imagan neonatal xirurgiya, kardioxirurgiya, invaziv xirurgiya, qizlar ginekologiyasi kabi yangi bo‘limlarda murakkab davolash amaliyotlari o‘tkazilmoqda.
Bunday ulug vor o‘zgarishlar yurtimizda xotin-qizlar sog‘lig‘ini mustahkamlash, onalar va go‘daklar o‘limining keskin kamayishida muhim omil bo‘lmoqda.
Shuningdek, patronaj xizmati mutlaqo yangicha asosda yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, yolg‘iz, keksa, nogironligi bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalingan shaxslami, bo‘lajak onalar va bolalami patronaj xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish borasida beqiyos ishlar amalga oshirilmoqda. Hamshiralaming uyma-uy yurib, har bir shaxsning salomatligini puxta o‘rganishlari tufayli kasalliklaming oldini olish, oilalarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda.
Ma’lumki, ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari asosan poytaxtda joylashgan bo‘lib, kishilar davolanish maqsadida viloyatlardan uzoq yo‘l bosib kelishga majbur edi.
Keyingi vaqtda joylarda qo‘shimcha muassasalar barpo etilishi hisobiga allergologiya, onkologiya, nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi, nevrologiya va insult, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan markazlar soni 16 taga yetkazildi. Hududlarda 310 ta ixtisoslashgan bo‘limlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 14 ta filiali ochildi.
Nafaqat poytaxtimiz, balki Namangan, Xorazm, Farg ona, Buxoro, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarda kardiojarrohlikka oid eng murakkab amaliyotlar, yetakchi markazlarimizda buyiak va jigar, o‘zak hujayra transplantatsiyalari muvaffaqiyatli bajarilayotganini alohida ta’kidlash о rinlidir.
Tarmoqda xususiy sektor ulushini oshirish, davlat-xususiy sheriklik hamda institutsional va huquqiy mexanizmlaming yaratilishi, ularga keng imtiyozlar taqdim etilayotgani natijasida bu yo nalishdagi shifoxonalar soni 5300 dan oshdi.
Shuningdek, qisqa vaqt ichida AQSH, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Isroil kabi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq zamonaviy xususiy klinikalar ish boshladi.
Ayni paytda, mamlakatimizda 7 ta oliy tibbiy ta’lim dargohi va ulaming 4 ta filiali, shuningdek, xorijdagi nufuzli tibbiy-ilmiy muassasalar hamkorligida tashkil etilgan 22 ta xalqaro fakultet sohaga malakali va yetuk mutaxassislami yetishtirib bermoqda.
Respublikamiz farmatsevtika sanoati ham izchil rivojlanib, arzon va sifatli dori vositalarini kafolatlangan tarzda yetkazib berish, ularga narx belgilashning ta’sirchan shakllari ishlab chiqilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish hajmi bir necha barobarga oshirilishi islohotlar natijadorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Masalan, 2017-yilda sohaga 7,1 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 12,1 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yillarga qaraganda 1,6 barobar ko‘p demakdir. Dori-darmonlar va tibbiy buyumlar xarid qilish hamda tibbiyot obyektlarini qurish- ta’mirlash ishlariga aj rati lay otgan mablag‘lar hajmi ham 3 baro­barga ortdi.
So‘nggi uch yilda 1300 dan ortiq davolash muassasasida qurilish- ta’mirlash ishlari bajarilib, ular 2019-yilning o‘zida 100 million AQSH dollari miqdoridagi zamonaviy va yuqori texnologik asbob- uskunalar bilan jihozlandi.
Davlatimiz tomonidan shifokorlaming zalvorli mehnati- ni munosib qadrlash, ularning ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga jiddiy yondashilmoqda. Bu kabi har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.
Muhtaram yurtdoshlar!
Mazkur tarmoqda boshlagan islohotlarimizni jadal davom ettirish, tibbiy xizmatning sifatini oshirish, sohaga innovatsiyalar hamda eng so nggi yangiliklami joriy etish eng avvalo soha mutasaddilari, olim va shifokorlar, hamshiralar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tibbiy ta’lim va ilm-fanni yuqori bosqichga ko‘tarish singari juda muhim vazifalar oldimizda turibdi.
Hech shubhasiz, sidqidildan va jonbozlik bilan mehnat qilib kelayotgan siz, fidoyi yurtdoshlarimiz butun salohiyat va tajribangiz, kuch va g‘ayratingizni safarbar etib, ana shunday ulkan vamas’uliyatli vazifalami sharaf bilan ado etishga qodirsiz.
Barchamiz bir haqiqatni esdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari - salomatligimiz posbonlaridir. Sizlar o‘zingizning boy bilim va mahoratingiz, ilg‘or malaka va ko‘nikma, beg‘araz xizmatingiz, kasbingizga mehr va sadoqatingiz bilan xalqimizning ishonchini yanada chuqurroq qozonasiz, deb ishonaman.
Qadrli tibbiyot xodimlari!
Sizlami qutlug4 kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, ulkan zafarlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə