Shavkat mirziyoyev


BUYUK G‘ALABANING 75 YILLIGI HAMDA XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAG4SHLANGANTANTANALI MAROSIMDAGI NUTQ



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə124/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

BUYUK G‘ALABANING 75 YILLIGI HAMDA
XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA
BAG4SHLANGANTANTANALI
MAROSIMDAGI NUTQ

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Muhtaram urush va mehnat faxriylari!
Avvalo, Vatanimizning haqiqiy qahramonlari bo‘lgan siz, azizlami, sizlaming timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk G‘alabaning 75 yillik shonli bayrami hamda Xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Hurmatli do‘stlar!
Barchangiz xabardorsiz, sizlar bilan birga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam azim poytaxtimiz Toshkent shahrida muhtasham G‘alaba bog‘ini barpo etishga qaror qilgan edik. Ushbu qarorimiz zamirida O‘zbekiston xalqining jang maydonlarida va front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadi mujassam ekani sizlarga yaxshi ma’lum.
Xudoga ming bor shukurki, el-yurtimiz dilidagi ana shu ezgu niyat ijobat bo‘lib, ulug‘ ayyom kunlarida urush va mehnat faxriylari bilan G‘alaba bog‘ida va «oynayi jahon» orqali diydor ko‘rishib turibmiz.
Buyuk G‘alabaning 75 yilligi sharafiga bunyod etilgan bu betakror majmua qahramon xalqimizga munosib bo lib, ham me moriy jihatdan, ham tarixiy-ma’naviy jihatdan g oyat noyob va mahobatli obida bo‘lib qad rostladi.
Mana shu ulkan maydonda qisqa muddatda juda katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Har jihatdan puxta ishlangan loyihalar asosida G‘alaba bog‘i, «Shon-sharaf» muzeyi, «Mangu jasorat», «Matonat madhiyasi» monumentlari bunyod etildi. Xalqimizning qonli janglardagi mardligini, front ortidagi mashaqqatli mehnati va fidoyiligini aks ettirishga bag‘ishlangan keng koMamli tarixiy-badiiy ekspozitsiyalar yaratildi.
Agar vaqt imkon berganda edi, ulaming har biri haqida soatlab gapirish mumkin bo‘lardi.
Urush davridagi janggohlami eslatadigan baland tepalik ustida afsonaviy general Sobir Rahimov kabi harbiy qo‘mondonlarimiz, o‘zbekistonlik barcha botir jangchilaming so‘nmas xotirasiga atab «Mangu jasorat» deb nomlangan ulug‘vor monument barpo etildi.
Zamonaviy muzey san’ati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng ilg‘or yutuqlari asosida «Shon-sharaf» muzeyi bunyod qilindi. Bu у erda namoy ish etilayotgan minglab tarixiy eksponatlar buyuk G‘alabaga buyuk hissa qo‘shgan xalqimizning mislsiz jasoratini tarannum etishga, yosh avlodimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek olijanob maqsadga xizmat qiladi.
Biz bugun urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan beqiyos qahramonlikni ulug‘laydigan, o‘zida ona Vatan timsolini mujassam etgan «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, fidoyi yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdik. Shuni aytish kerakki, ushbu yodgorlik majmuasiga qandaydir badiiy obraz emas, balki hayotimizda chindan ham bo‘lgan tarixiy voqea - mo‘tabar bir inson va uning oilasi to‘g‘risidagi haqiqat asos qilib olingan.
Men o‘tgan yili 9-may bayramida Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog‘ida yashab o‘tgan Zulfiya Zokirova- ning har qanday odamni ham hayratga soladigan insoniy jasorati haqida so‘z yuritgan edim.
Turmush o‘rtog‘i Xolmat aka vafot etgach, Zulfiya ay a yolg‘iz o‘zi besh o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ikkinchi jahon urushida Isoqjon, Ahmadjon, Mahamadjon, Vahobjon, Yusufjon degan beshta azamat o‘g‘lidan judo bo‘lgan.
О zingiz о у lang, aziz do‘stlar, har qanday insonni ham yakson qilib tashlaydigan bunday og‘ir zarbaga chidash mumkinmi? Lekin matonatli, metin irodali o‘zbek onasi bu cheksiz kulfatga bardosh bera oldi.
Urush tufayli Zulfiya Zokirovaning to‘rt kelini beva, besh nabirasi yetim bo‘lib qoldi. Onaizor umrining oxiriga qadar suv kelsa - simirib, tosh kelsa - kemirib, qahramon o‘g‘illarining aziz xotirasi bilan, kelinlari, nabiralarining hayoti, yurtning tashvish va quvonchlari bilan yashadi.
Zulfiya ayaning mehr-oqibatli kelinlari ham undan o‘mak olib, unga madad bo‘lib, barchasi o‘z yoriga, oilasiga sodiq qoldi - boshqa turmush qurmadi.
Mana, bugungi davramizda Zulfiya aya Zokirovaning qarindosh- lari - hurmatli Rahimjon Ahmadjonov, Farhod Mahamadjonov, Ma’rifat Ahmadjonova, Sanoat Mahmudova, Mavluda Xolmatova ishtirok etmoqdalar. Boshlariga tushgan og‘ir qiyinchiliklami mardona yengib, Zulfiya aya va otalarining xotirasini pok saqlab, el- yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bu yurtdoshlarimizga barchamizning nomimizdan chuqur minnatdorchilik bildirishga ruxsat bergaysiz.
Men o‘tgan yilgi bayramda o‘zbek ayollari, o‘zbek xalqining mana shunday buyuk jasorati, sabr-u bardoshiga bag‘ishlab, «Matonat madhiyasi» degan monument barpo etishni taklif qilgan edim. Keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bu tashabbusni qizg‘in qo‘llab- quwatladi.
Shu mavzuda ijodkorlarimiz ko‘plab maqolalar, she’r va dostonlar yaratmoqdalar.
Bu haqda gapirganda, men «O‘zbekkino» milliy agentligi tomonidan yaratilgan «Ilhaq» badiiy filmi to‘g‘risida alohida to‘xtalmoqchiman. Iste’dodli yosh rejissyor Jahongir Ahmedov suratga olgan ushbu ajoyib filmni men kecha juda katta qiziqish va hayajon bilan tomosha qildim. Xalqimiz hayotining eng og‘ir, eng fojiali davriga bag ishlangan bu asar tom ma noda qahramonlik qasidasi bo‘lib, har qanday odamning ham qalbini larzaga soladi.
Dahshatli urush tufayli besh nafar bahodir o4g4lidan ayrilgan, umrming oxirigacha farzandlarini ilhaq, ya’ni yoUlariga ko‘z tikib kutgan Zulfiya Zokirova siymosida o4zbek onalari, o‘zbek ayollariga mansub eng buyuk fazilatlar nihoyatda teran ifoda topgan. Biz bu badiiy go‘zal asami bugungi ulug‘ bayram kunida barcha telekanallarimiz orqali keng namoyish etishga qaror qildik.
Fursatdan foydalanib, men butun xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni mana shu filmni oila davrasida ko‘rishga, uning qahramonlaridan o‘mak olishga da’vat etaman.
Katta g‘urur va iftixor bilan ta’kidlab aytmoqchiman: G4alaba bog‘ining markazida «Matonat madhiyasi» deb atalgan muazzam obida barcha 0‘zbekiston onalariga qo‘yilgan haykal bo‘lib, ona Vatan ramzi bo4 lib qad rostladi. Hech shubhasiz, ushbu yodgorlik butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun qutlug4 ziyoratgohga, oila, sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat degan muqaddas tushunchalar timsoliga aylanib qoladi.
Bu yerga qadam qo4ygan har bir yigit-qiz millatimizning qonida, suyagida bo4lgan noyob ma’naviy fazilatlami asrab-avaylab, qadrlab у ashash uchun mana shunday ulug4 insonlardan tarbiya va ibrat oladi, deb ishonaman.
Aytish kerakki, qisqa vaqt ichida, ayniqsa, karantin sharoitida G'alaba bog‘i deb nom olgan bu ulkan majmuani barpo etish oson bo‘lgani yo4q. Lekin, barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, mohir quruvchi va me’morlarimiz, muhandislar, turli soha mutaxassislari, rassom va haykaltaroshlar, azamat yoshlarimiz bu vazifani o‘zlari uchun savobli bir ish deb bilib, tun-u kun fidokorona mehnat qildilar. Xalqimizning bunyodkorlik salohiyati bilan ushbu betakror majmua 9-may bayramiga qurib bitkazildi.
Fursatdan foydalanib, bu g‘oyat ezgu ishga chin yurakdan hissa qo‘shgan barcha-barcha insonlarga o‘z nomimdan, el-yurtimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə