Shavkat mirziyoyev


Olovli urush yillarida butun O‘zbekiston xalqi «Hamma narsa - front uchun», «Hamma narsa - G‘alaba uchun!»



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə126/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Olovli urush yillarida butun O‘zbekiston xalqi «Hamma narsa - front uchun», «Hamma narsa - G‘alaba uchun!» degan hayotiy e tiqod bilan yashadi. Mamlakatimiz front ortidagi mustahkam ta minot bazasiga aylandi. 0‘zbekiston xalqi jang maydonlariga katta miqdorda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlami yetkazib berdi. Ko‘pmillatli aholimiz- ning fidokorona mehnati bilan respublikamizdagi 300 ga yaqin korxonada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shu davrda front hududlaridan yurtimizga 151 ta zavod ko‘chirib keltirildi va g‘oyat qisqa fursatda ishga tushirildi. Ming-minglab urush qatnashchilari mamlakatimizda tashkil etilgan harbiy gospitallarda davolanib shifo topdilar.
Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, urush o‘chog‘iga aylangan o‘lkalardan O‘zbekistonga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilindi. Xalqimiz bu odamlaming barchasiga chinakam mehr va e’tibor ko‘rsatdi, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ко‘rib, yuksak insonparvarlik fazilatlarini namoyon etdi.
Aziz do‘stlar!
Insoniyat tarixidagi eng dahshatli qirg‘in - Ikkinchi jahon urushining tugaganiga 75 yil to‘lgan bo‘lsa-da, afsuski, yer yuzining turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizga yaqin hududlarda qarama-qarshilik, qonli to‘qnashuvlar davom etmoqda. Shu sababli biz doimo hushyor va ogoh bo‘lishimiz, mustaqilligimizni mustahkamlab, Vatanimiz qudrati, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yanada oshirishimiz zarur.
Bugun biz sizlar bilan birgalikda yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz. Yangi hayot, beqiyos o‘zgarishlar hammamizdan fidoyilik va bunyodkorlikni, yanada katta safarbarlikni talab etmoqda. Bu jarayonda tinchlik va osoyishtalikni asrash, jahon hamjamiyati, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirishni biz eng muhim vazifamiz deb bilamiz.
Bugungi ulug‘ ayyomda fashizmga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan qardosh xalqlami, barcha ezgu niyatli insonlami samimiy tabriklab, ularga tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.
Ishonchim komil, qahramon ajdodlarimizning jasoratiga sodiq bo‘lgan olijanob xalqimiz tinch va farovon hayotni qadrlab, uni yanada mustahkamlash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Barchangizni у ana bir bor buyuk G‘alabaning 75 yillik bay rami hamda Xotira va qadrlash kuni bilan chin yurakdan tabriklayman.
Mana shunday musaffo osmon, erkin va ozod hayot uchun kurashlarda g‘olib chiqqan faxriylarimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Mard va matonatli xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
G‘alaba bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Tashkent shahri, G ‘alaba bog 'i, 2020-yil 9-may

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə