Shavkat mirziyoyev


Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodim- lari!



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə128/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodim- lari!
Sizlami va sizlaming ijod mahsulingizdan bahramand bo‘ladigan jamiki mushtariy va muxlislaringizni kasb bayramingiz bilan у ana bir bor samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka ti layman.
2020-yil 27-iyun
O‘ZBEKISTON YOSHLARIGA BAYRAM TABRIGI
Aziz 0‘g‘il-qizlarim!
Barchangizni yurtimiz hayotidagi qutlug‘ bayram - Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zimning chuqur mehrim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda azm-u shijoatli yoshlarimizning o‘mi va ta’siri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi.
Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yuzlab yigit-qizlar parlamentimiz va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining a’zosi sifatida davlat va xo‘ja- lik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda samarali ishlayotgan 227 mingga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Yurtimizda ulami har tomonlama qo‘llab-quwatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Bu haqda gapirganda, birgina «Yoshlar - kelajagimiz» dastun doirasida yosh avlod vakillarining 7 ming 775 ta biznes loyihasiga 1 trillion 635 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, shu asosda 40 mingga yaqin yangi ish o‘mi tashkil etilganini qayd etish lozim.
Ana shunday e tibor va g‘amxo‘rlik tufayli hududlarda 27 ta «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari hamda 157 ta «Yoshlar mehnat guzari» foydalanishga topshirildi. Ushbu majmualarda 2 ming 200 nafardan ortiq о g‘il-qizlarimiz o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagani e’tiborlidir.
Shu bilan birga, «Наг bir yoshga - bir gektar» loyihasi bo‘yicha barcha hududlarimizda 65 mingga yaqin yosh dehqonlarga 54 ming 232 gektardan ziyod yer ajratildi.
Ana shunday muhim chora-tadbirlar tufayli so‘nggi uch yilda 560 ming 200 nafarga yaqin yosh fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Bu yil koronavirus pandemiyasi hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ro‘y bergan ofatlar butun el-yurtimiz qatori yoshlarimiz irodasini ham sinovdan o‘tkazdi. Ana shunday og‘ir vaziyatlarda ming-minglab o‘g‘il-qizlarimiz chinakam mardlik va jasorat ko‘rsatib, barcha tengdoshlariga o‘mak bo‘ldilar.
Xususan, mamlakatimizda tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatining asosiy ishtirokchilari ham yoshlarimiz ekani, Harakat doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 4 ming 500 nafar a’zosi ko‘ngilli sifatida faol ish olib borayotgani tahsinga loyiqdir.
Sardoba suv omboridagi toshqindan talafot ko‘rganlarga yordam va ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Yoshlar ittifoqining xayriya karvoni tashkil etilib, aholiga kiyim-kechak, sanitariya vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, katta miqdordagi o‘quv qurollari va sport anjomlari, badiiy adabiyotlar yetkazib berildi.
O‘z navbatida, bunday ezgu ishlar Buxoro viloyatining kuchli dovuldan zarar ko‘rgan Olot va Qorako‘l tumanlarida ham amalga oshirilgani sizlaming vatanparvarlik va olijanoblik fazilatlaringizdan dalolat beradi.
Fursatdan foydalanib, og‘ir sinov kunlarida xalqimizga haqiqiy tayanch va suyanch bo‘lib maydonga chiqqan Qurolli Kuchlarimizning mard va matonatli harbiy xizmatchilariga, jonkuyar shifbkorlar, bunyodkor quruvchilar, saxovatli tadbirkorlarimizga, ilm-fan, madaniyat va sport sohasi vakillariga, Yoshlar ittifoqining faol a’zolariga — barcha O‘zbekiston yoshlariga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Vatanimiz, el-yurtimiz sizlar kabi fidoyi va jasur farzandlari bilan hamisha faxrlanadi!

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə