Shavkat mirziyoyev


G‘alaba bog‘i, Xotira, Qadr-qimmat bog‘i hammamizga, butun xalqimizga muborak boMsin!



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə125/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

G‘alaba bog‘i, Xotira, Qadr-qimmat bog‘i hammamizga, butun xalqimizga muborak boMsin!
Aziz faxriylar!
Bugungi qutlug ayyomda barchamiz, awalo, o‘z jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib ta zim qilamiz. Sizlar kabi minglab urush va mehnat fronti qatnashchilarini - azm-u shijoatli, dovyurak ota-bobolarimiz, sabr-
* momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga
olamiz.
Afsuski, karantin tufayli sizlaming barchangizni bu go‘zal maskanga, bugungi tantanali marosimga olib kelolmadik. Lekin mana shunday muqaddas va shukuhli kunda hammamiz ruhan, qalban sizlar bilan birgamiz.
Urush va mehnat faxriylarining aksariyati hozir viloyatlarda, harbiy okruglarda, boshqalari esa o‘z xonadonlarida oila a’zolari bilan 9-may bayramini nishonlamoqdalar. Ular «oynayi jahon» orqali bugungi tantanali marosimni to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib bormoqdalar.
Sizlaming hammangizni - markazda va joylardagi bayram tadbirlarida ishtirok etayotgan, shuningdek, ushbu tantanali marosimni uylarida «oynayi jahon» orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik so‘zlarimni eshitib turgan fidoyi insonlami ulug‘ ayyom bilan yana bir bor tabriklab, o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman. Siz, azizlaming barchangizni g‘oyibona bag‘rimga bosib, bugungi erkin va ozod hayotni ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan mardligingiz, Vatanga sadoqatingiz uchun o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.
Biz sizlaming timsolingizda o‘zining dono maslahatlari, boy hayotiy tajribasi bilan hammamizga ustoz va duogo'y boMib yurgan mo‘tabar insonlami ko‘ramiz. Sizlaming har biringiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Hayot yo llarida duch kelayotgan turli qiyinchilik va muammolami, hozirgi kunda boshimizga tushgan sinovlami yengib o4tishda biz sizlaming mislsiz sabot \a matonatingizdan, qat’iyatingizdan doimo kuch va ibrat olamiz. Yosh avlodimizni Vatanga, xalqqa sadoqatli, jasur insonlar etib tarbiyalashda biz sizlami doimo o‘mak deb bilamiz va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi.
Jonajon yurtimizning fayz-u farishtasi bo‘lgan siz, azizlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish uchun bundan buyon ham sidqidildan xizmat qilamiz.
Muhtaram vatandoshlar!
Bugun G‘alaba bayramining 75 yilligini nishonlar ekanmiz, xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan qahramonligi haqida takror va takror o‘ylashimiz albatta tabiiydir.
Men awalgi chiqishlarimda el-yurtimizning buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi hali to‘liq o‘rganilmagani haqida gapirib, jamoatchiligimiz e’tiborini shu masalaga qaratgan edim. Bugun mamnuniyat bilan aytmoqchimanki, keyingi yillarda ushbu yo‘nalishda juda katta ishlami amalga oshirdik.
Awalo, ilgari yopiq bo‘lgan arxiv hujjatlarini, ilmiy jamoatchilik uchun ma’lum bo‘lmagan materiallami o‘rganish uchun imkoniyat yaratildi. Bu borada sobiq Ittifoq respublikalari va chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar va fondlar, tarixchi olimlar va muta- xassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlik kuchaytirildi.
Ana shunday ilmiy izlanishlar natijasida xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki haqida, qahramon ajdodlarimiz haqida juda muhim yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Hozirgi vaqtda ular ommaviy axborot vositalarida, kitob va albomlarda keng yoritilmoqda.
Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni o‘rganishda tom ma’noda yangi davr boshlandi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Masalan, shu vaqtga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va ulaming 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb hisoblanar edi.
Yangi topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Demak, har uch nafar o‘zbekistonlikdan bittasi qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan.
Ayovsiz janglarda mardona qatnashgan qariyb 451 ming nafar yurtdos imiznmg nomlari va taqdiri shuncha yillar mobaynida e’tibordan chetda qohb kelganini albatta adolatdan, deb bo‘lmaydi.
Shumngdek, o‘sha davrda «quloq» sifatida boshqa o‘lkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq vatandoshimiz ham harakatdagi armiyaga safarbar etilgani ma’lum bo‘ldi.
Shu borada yana ba zi raqamlami keltirmoqchiman: ilgari 396 ming nafar О zbekiston fiiqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilardi. Aslida bu raqam 538 mingdan ziyod bo‘lgan.
Bundan tashqari, frontda bedarak yo‘qolganlar haqidagi ma’lumotlar ham to‘ liq emasdi. Hozirgi vaqtda 158 mingdan ko‘proq hamyurtimiz urushda bedarak ketgani aniqlandi.
Mana, dahshatli urushda xalqimiz qanday og‘ir yo‘qotish va talafotlar bergan, qanday azob-uqubatlami boshidan kechirgan!
Olib borilgan ilmiy izlanishlar tufayli jangovar orden va medallar bilan mukofotlangan 0‘zbekiston vakillarining soni bo‘yicha ham oydinlik kiritildi. Shu paytga qadar bu ko‘rsatkich 120 ming nafar deb qayd etilardi. Yangi ma’lumotlarga asosan 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani aniqlandi. Jumladan, ilgari 280 nafar deb hisoblab kelingan o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramonlarining soni 301 ta ekani, 70 nafar yurtdoshimiz uchala darajadagi Slava ordeniga sazovor bo‘lgani hujjatlar orqali o‘z tasdig‘ini topdi.
Men mana shunday bebaho haqiqatni yuzaga chiqarib, adolatni qaror toptirishga katta hissa qo‘shgan tarixchi olimlarimizga, ilmiy va ijodkor ziyolilarimizga katta rahmatlar aytaman. Ayni vaqtda ulami bu boradagi izlanishlami davom ettirishga, mana shu G‘alaba bog‘idagi «Shon-sharaf» muzeyini doimiy ravishda yangi ma’lumotlar bilan boyitib borishga da vat etaman.
Ota-bobolarimiz jasoratini chuqur о rganish va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida yangi tarixiy ma lumotlar asosida har yili 9 may bayrami arafasida alohida kitob tayyorlab, nashr etsak, o‘ylaymanki, ayni muddao bo‘ladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə