Shavkat mirziyoyev


Agar biz bo‘Ig‘usi xorazmiylar, farg‘oniylar, beruniylar, buxoriylar, ulug



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə122/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Agar biz bo‘Ig‘usi xorazmiylar, farg‘oniylar, beruniylar, buxoriylar, ulugbeklar, navoiylarni tarbiyalamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda, har tomonlama sog‘lom, yuksak bilimli va ma’naviyatli onalarni tarbiyalashimiz zarur.
Biz joriy yilga yurtimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berdik, bu borada Davlat dasturini qabul qildik. Ana shu dastumi ishlab chiqishda biz avvalo hurmatli onalarimiz, opa-singillarimizning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini ham inobatga oldik. Bu borada o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalami amalga oshirishda ham, butun xalqimiz qatori, siz, azizlaming boy bilim va tajribangiz, madaniy va ma’rifiy salohiyatingizga tayanamiz.
Ayollarimiz hayotiy muammolami, oila va mahalladagi o‘tkir masalalami, ulami bartaraf etish yoMlarini, jamiyatning tomir urishini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladilar. Ular o‘zlarining mehribonligi, yuksak mas’uliyat tuyg‘usi, mehnatsevarligi bilan barchaga o‘mak bo‘la oladilar.
Biz davlat va jamiyat boshqaruvida, vazirlik va idoralarda chuqur bilim va malakaga ega bo‘lgan tashabbuskor opa-singillarimizga rahbarlik lavozimlarini ishonib topshirish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettiramiz.
Bu masala shaxsan Prezidentning nazoratida bo‘ladi.
Muhtarama opa-singillar!
Xabaringiz bor, mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilandi va bu yo‘nalishda keng koMamli chora- tadbirlami amalga oshirishni boshladik.
Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak: kambag‘allikni qisqartirish uchun birinchi navbatda ishsizlikni kamaytirish kerak. Awalo, aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ulaming iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda, ayniqsa ayollarimizda tadbirkorlikka ishtiyoqni uyg‘otish zarur.
Biz bu borada jahon hamjamiyati tajribasini atro xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Ayni vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar bilan tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish, kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha shu yilning o‘zida 700 million dollarlik dasturlami amalga oshirishni ko‘zda tutmoqdamiz.
Shu kunlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi viloyatlarda bo‘lib, turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlaming ahvolini har bir hudud bo‘yicha aniq tahlil qilib, ularga amaliy ko‘mak bermoqda.
Ishchi guruh tomonidan qishloq joylarda yashayotgan ayollaming, mustaqil hayotga kirayotgan qizlarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish, ularga har tomonlama yordam berish bo‘yicha har bir mahalla kesimida dasturlar ishlab chiqilib, ijrosi tashkil etilmoqda.
Ishchi guruhning kun-u tun uzluksiz ishlaydigan, xotin-qizlaming murojaatlarini qabul qiladigan «Ishonch telefonlari» yoki zamonaviy tilda aytganda, «Koll-sentr» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Endi mamlakatimizning istalgan shahar yoki qishlog‘idan, chekka ovullardan ham ayollarimiz 1211 qisqa raqamini terib, ushbu markazga bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Biz buni xalq bilan samarali muloqot olib borish yo‘lidagi boshlagan ishlarimizning mantiqiy davomi, deb baholaymiz.
Hurmatli vatandoshlar!
Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlaming qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ulaming mehnatini munosib qadrlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, har yili mamlakatimiz bo‘yicha 28 nafar iste’dodli qizlarimiz uhig‘ shoiramiz Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hozirgi vaqtda ushbu mukofotga sazovor bo‘lganlar soni 311 nafarga yetdi. Bu yil ulaming safiga у ana 28 nafar o‘z sohasining eng iqtidorli vakillari bo‘lgan aziz farzandlarimiz qo‘shilmoqda. Ular o‘zlarining samarali mehnati, yorqin iste’dodi, ibratli fazilatlari bilan barcha tengdoshlariga o‘mak bo‘ladilar, deb ishonaman.
Shu kunlarda onalik va bolalikni himoya qilish, yoshlami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha namunali faoliyat olib borayotgan hurmatli opa-singillarimizdan 287 nafari «Mo'tabar ayol» nishoni bilan taqdirlandilar.
Fursatdan foydalanib, ulaming barchasini bunday e’tirof bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.
Ushbu qutlug‘ ayyom arafasida Prezident Farmoniga muvofiq Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlashyo‘lidagi munosib
xizmatlari uchun bir guruh qadrli ayollarimiz yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandilar.
Bugun sizlaming huzuringizda ana shunday opa-singillarimizning munosib vakillariga hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlarimizga davlatimizning yuksak mukofotlarini topshirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Qadrli anjuman ishtirokchilari!
Hayotimizning fayz-u farishtasi bo‘lgan munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimizga munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, ularni rozi qilish - barcha darajadagi rahbarlarning nafaqat xizmat vazifasi, balki, eng avvalo, insoniy burchidir.
Biz hammamiz - Prezident, Hukumat rahbarlari, vazirlar va hokimlar, deputat va senatorlar - barcha-barcha yetakchilar ana shunday yuksak burchni aniq natijalar, amaliy ishlar bilan oqlashimiz zarur.
Aziz opa-singillar!
Ushbu shukuhli ayyomda butun xalqimiz dilidagi ezgu tilaklami mujassam qilib, aytmoqchiman: yangi O‘zbekistonni barpo etish yoMidagi fidokorona mehnatingiz uchun Sizlardan cheksiz minnatdormiz.
Aql-zakovatingiz, mehr-oqibatingiz, sabr-u qanoatingiz bilan barchamizga ibrat bo‘lib, go‘zal yurtimizda tinchlik va hamjihatlikni saqlashga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganingiz uchun Sizlarga ming bora tashakkur.
Sizlami go‘zal bayramingiz bilan yana bir marta tabriklab, barchangizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam salomatlik tilayman.
Dunyodagi eng ulug‘ saodat - oilaviy baxt Sizlarga doimo yor bo‘lsin!
E’tiboringiz uchun rahmat.
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag ‘ishlangan tantanali marosimdagi nutq
O'ZBEKISTON XALQIGA NAVRO'Z
TABRIGI

Aziz vatandoshlar!
Muhtaram otaxon va onaxonlar, munis opa-singillar, qadrli aka- ukalar!
Xalqimizning kelajagi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan navqiron yoshlar!
Avvalambor, barchangizni, ko‘pmillatli butun xalqimizni jonajon O‘zbekistonimizga kirib kelgan Navro‘zi olam bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, yuksak hurmat va ehtiromimni, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Hurmatli do‘stlar!
Hammamiz yaxshi bilamiz, Navro‘z tinchlikni, sihat- salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yashashga da’vat etadi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə