Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə120/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog‘i jannat bog‘laridek go‘zal va mo‘tabardir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor.
Ma’lumki, muqaddas Qur’oni karimning eng katta suralaridan biri - «Niso», ya’ni, «Ayollar» deb ataladi. Alloh taolo ushbu surada insonlami ayollarga adolatli munosabatda bo‘lishga da’vat etadi va bu ilohiy so‘zlar zamirida albatta teran hikmat mujassam.
Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini awalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi.
Buyuk siymolaming hayotiga nazar tashlasak, ulaming shaxs sifatida kamol topishida mehribon onalari, dono rafiqalari g‘oyat muhim rol o‘ynagani ay on bo‘ladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlaming huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni
himoya qilish, ayollar о rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish о rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Bugun siz, azizlaming chehrangizda xursandchilik, shukronalik ifodasini ко rib, ana shunday ishlarimiz natijasini oz bo‘lsa-da, his etmoqdamiz. Va biz mana shu to‘g‘ri yo‘lni davom ettirish, uning samarasini yanada oshirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Qadrli opa-singillar!
Bugungi kunda keng ko‘ lamli demokratik islohotlarimiz natijasida ayollarimizning siyosiy-ijtimoiy jarayonlardagi ishtiroki tobora kuchayib bormoqda. Buni o‘tgan yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengashlarga bo6 lib o‘tgan saylovlar yana bir bor tasdiqladi.
Saylovlar natijasiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin- qizlar tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Senatda va mahalliy kengashlarda 25 foizdan oshdi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston tarixida birinchi mart a milliy parlamentda ayollar soni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz parlamenti ayol deputatlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘ta- rildi. Holbuki, - shunga e’tibor berishingizni so6rayman - bun- dan 5 yil avval biz bu borada 128-o‘rinda edik.
Hozirgi vaqtda davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 380 nafardan ziyod xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda.
Muhtarama ayollarimizdan 16 nafari Vatanimizning eng oliy mukofoti — «0‘zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo Igani barchamizni quvontiradi. Xotin-qizlarimiz о rtasida fan doktorlari, professor va akademiklar, «Xalq о qituvchisi», «Xalq shoiri», «Xalq artisti» unvonlariga sazovor bo‘lgan yuzlab opa-singillarimiz borligi - bu bizning faxrimiz.
, Biz hozirgi kunda ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, ilm-fan, madaniyat va sport sohalari rivojida ham ayollarimizning munosib hissasi borligini yuksak baholaymiz.
Barchangiz xabardorsiz, milliy parlamentimiz tarixida birinchi marta ayol kishi - hurmatli Tanzila Kamalovna Narbayeva Senat Raisi lavozimiga saylandi.
Yurtimizda ayol rahbarlar - vazirlar, hokimlar, ishlab chiqarish birlashmalari, bank va kompaniyalar raislari, huquq-tartibot idoralarida, Qurolli Kuchlarimiz tarkibida mas’ul vazifalarda xiz- mat qilayotgan opa-singillarimiz soni ortib bormoqda.
Yaqinda tashabbuskor va tashkilotchi ayollarimizning munosib vakillari g‘oyat mas’uliyatli vazifaga - tuman va shahar hokimi lavozimlariga tayinlandilar. Jumladan, Andijon viloyatining Bo‘ston tumaniga - Sadbarxon Mamitova, Buxoro viloyatining Olot tumaniga - Nargiza Ne’matova, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga - Zulayho Mahkamova, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga - Gavhar Alimova, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga - Dilfuza 0‘rolova, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumaniga - Mahsuda Mustafoyeva birinchi rahbar etib tasdiqlandilar.
El-yurtimizning katta ishonchini qozongan bu opa-singillarimiz bugungi anjumanda ishtirok etmoqdalar. Ulaming barchasini samimiy tabriklab, ishlariga yutuq va omadlar tilashga ijozat bergaysiz.
Mamlakatimizda o‘z faoliyati, ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka ibrat va namuna bo‘layotgan xotin-qizlarimiz ko‘payib borayotgani barchamizni xursand qiladi. Shular qatorida Farg‘ona viloyati, Rishton shahrida yashaydigan tadbirkor ayol Izrabu Usmonova haj ziyoratiga atab yillar davomida yig‘ib kelgan mablag‘ini moddiy sharoiti og‘ir mahalladoshlariga beg‘araz yordam sifatida hadya qilgani matbuotda keng yoritildi.
Sirdaryo viloyati, Sayhunobod tumani, «O‘zbekiston» mahallasida Gavhar Husanova degan faol singlimiz bor. Ayni vaqtda u tuman kengashining deputati etib saylangan. Gavhaming qaynonasi Gulbahor aya o‘qituvchilik faoliyati davomida minglab kitoblar to plagan ekan. Gavhar Husanova ulaming yoniga yana ko‘p adabiyotlami qo shib, qishloq ahli uchun o‘z hisobidan «Mumtoz» deb nomlangan katta kutubxona barpo etgani tahsinga loyiq.
Yaqinda ommaviy axborot vositalari orqali iste’dodli yosh olima Aziza Shonazarovaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli Kolumbiya universitetining professori etib tayinlangani haqida xushxabar tarqaldi.
Poytaxtimizning Qoraqamish dahasida voyaga yetib, Toshkent sharqshunoslik institutida, keyinchalik Polsha va AQSHdagi mashhur universitetlarda ta’lim olgan Azizaxon 32 yoshida tarix va dinshunoslik yo‘nalishida fan doktori bo‘lgani, 500 ta talabgor orasida konkursda g‘olib chiqib, ana shunday yuksak ilmiy darajaga erishgani olqishga sazovordir.
Bu singlimizning ayni vaqtda yaxshi oila bekasi va ona ekani, arab, fors, turk, rus, ingliz, firansuz, nemis, polyak tillarida erkin muloqot qilishi, erishayotgan yuksak natijalari mamlakatimiz yoshlari uchun chinakam ibrat namunasi bo‘ladi, deb ishonaman.
Azizaxon o‘z xursandchiligini yurtdoshlari bilan baham ko‘rish uchun olis yo‘l bosib, AQSHdan O‘zbekistonga yetib keldi. Keling- lar, yosh olimamizni samimiy tabriklab, unga yanada ulkan yutuqlar tilaylik.
Ayni vaqtda bugungi tantanali marosimda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan, Misr Arab Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Amani al-Itr, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 0‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Matilda Dimovska, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasining rahbari Lian Kuppens, Xalqaro Qizil xoch qo'mitasining mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Sangita Kyonig, Osiyo taraqQiyot bankining doimiy vakolatxonasi rahbari Sintiya Malvichini xonimlami ко rib turganimizdan benihoya mamnunmiz.
Mamlakatimiz bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan ana shu hurmatli mehmonlarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklab, ezgu tilaklarimizni bildirishga ruxsat bergaysiz.
Qadrli anjuman qatnashchilari!
Yurtimizda xotin-qizlami har tomonlama qo‘Ilab-quvvatlash, ulaming og‘irini yengil qilish maqsadida o‘tgan yili salmoqli ishlar bajarildi. Jumladan, ayollarimiz uchun jami 170 mingga yaqin ish o‘mi yaratildi. Tijorat banklari va Xotin-qizlami va oilani qo‘llab- quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 172 mingdan ortiq opa-singillarimizga 4,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi.
Respublikamizning barcha hududlarida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi. Bugungi kunda ular tomonidan 28 mingga yaqin opa-singillarimizga tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta’minlash yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida 21 ming 500 nafar qizlarimiz qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o‘qitildi.
Ana shunday imkoniyatlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ayollar soni bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko‘payib, ular tomonidan minglab yangi ish o‘rinlari barpo etilmoqda.
Mamlakatimizda jamiyat negizi bo‘lgan oila institutini, ijtimoiy- ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha ham e’tiborga loyiq ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xonadonlardagi o‘zaro kelishmovchilik va nizolami bartaraf etish, oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan keng qamrovli ishlar bajarilmoqda. Ulami ijobiy baholagan holda, bu yutuqlar birinchi qadamlar ekanini, hali bu sohada qiladigan ishlarimiz juda ko‘pligini ham ta’kidlash lozim.
Albatta, hayot degan narsa sinov va mashaqqatlarsiz bo‘lmaydi. Lekin arzimagan qiyinchilikka ham sabr qilmasdan, muqaddas oila qo‘rg‘onini buzish, ajrimlarga yo‘l qo‘yishni barchamiz milliy urf-odatlarimizga, mehr-oqibatli, andishali xalqimizga mutlaqo
yarashmaydigan holat, deb baholashimiz zarur. Nega deganda, agarki bironta oilada notmch vaziyat hukmron bo‘lsa, o‘zaro nizolar tufayli begunoh bolalar tirik yetimga aylanadigan bo‘lsa, yordam va ко makka muhtoj insonlar o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, bunday holatga qarshi hammamiz birgalikda kurashishimiz kerak.
Hozirgi vaqtda ayollarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ulaming salomatligini mustahkamlashga doir dasturlarimiz o‘zining dastlabki samarasini bera boshladi. Xususan, onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan ishlar tufayli 2019-yilda onalar va go‘daklar o‘limi sezilarli ravishda kamaygani ham shundan dalolat beradi.
Xotin-qizlaming murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha ham muntazam ish olib borilmoqda. Shu maqsadda 2019-yili 141 ming 500 dan ortiq opa-singillarimiz turli mas’ul idoralar xodimlari tomonidan qabul qilinib, ular ko‘targan muammolaming aksariyat qismi ijobiy hal etilganini aytish zarur.
O‘tgan davrda yurtimizdagi 197 ta tumanda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslami reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan ayollarga nisbatan kechirimli bo‘lish, ulami sog‘lom hayotga qaytarishda xotin-qizlar tashkilotlari faol ishtirok etmoqda. Buning natijasida 261 nafar xotin-qizlar ushbu tashkilotlaming kafilligi asosida sud zalidan ozod qilingani xalqimizga xos insonparvarlik namunasidir.
Ana shunday xayrli ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida men kuni kecha Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan yana bir muhim tarixiy farmonga imzo chekdim. Ushbu hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosini о tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo liga qat iy о tgan 83 nafar xotin-qizlar afv etildi. Ular bayram arafasida о z oilasi, yaqinlari, farzandlari bag‘riga qaytish imkoniga ega bo Idi.
Ana shu afv etilgan ayollaming ijtimoiy hayotga moslashib, foydah mehnat bilan shug'ullanishlari, sog'lom turmush kechirib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul idoralar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Bujarayonda barcha davlat va nodavlat tashkilotlari, keng jamoatchilik ham faol ishtirok etadi, deb ishonaman.
Muhtaram yurtdoshlar!
Barchangizga ma’lumki, yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada xalqimiz, jumladan, xotin-qizlaming huquq va manfaatlarini yanada samarali ta’minlash bo‘yicha ko‘pgina dolzarb vazifalami belgilab oldik. Hozirgi vaqtda ulami amalga oshirish bo‘yicha keng koMamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, xotin- qizlaming huquq va manfaatlarini ta’minlashga oid davlat siyosati samarasini oshirish bo‘yicha Prezidentning maxsus farmoni va qarori qabul qilinganidan xabaringiz bor.
Oila, xotin-qizlar va keksalami qo‘llab-quvvatlash, ulaming huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quwatlash vazirligi tashkil etildi.
Hech kimga sir emas, ilgari mahalla va xotin-qizlar idoralariga nisbatan talablar ko‘p edi. Lekin, afsuski, buning uchun ularda imkoniyat va vakolatlar yetarli emas edi.
Bugungi kunda xotin-qizlar manfaatlarini oila, mahalla va jamiyat manfaatlaridan ajratgan holda tasawur etib bo‘lmaydi. Ana shu masalalami kompleks hal etish, bu borada davlat siyosatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish - yangi vazirlikning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Mahallalaming mamlakatimiz hayotidagi katta o‘mi va ahamiyatini e’tiborga olib, 22-mart sanasini yurtimizda — Mahalla tizimi xodimlari kuni deb e’lon qildik. Nasib etsa, bu yangi bayramni birinchi bor shu yil Navro‘z kunlarida sizlar bilan birgalikda keng nishonlaymiz.
Qadrli do‘stlar!
Har bir ota-ona o‘z farzandining sog‘lom va barkamol bo lib, zamonaviy bilim va kasb-hunarlami o‘rganib, jamiyatda munosib o‘rin egallashini astoydil istaydi. Ayni shu ezgu maqsadlarga erishish uchun mamlakatimiz ta’lim va tarbiya tizimida misli ko‘rilmagan
islohotlar amalga oshirilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum. Jumladan, joriy yilda ta lim-tarbiyaning poydevori bo‘lgan bolalar bog‘chalari sonini keskin oshirish bo‘yicha keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qiyoslash uchun bir misolga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Agar o‘tgan yilning birinchi choragida yurtimizda jami 9 ming 700 tadan ortiq bog‘cha bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ulaming soni 14 ming 50 tani tashkil etmoqda, ya’ni bir yilda 4 ming 350 taga ortdi.
Ana shunday sa’y-harakatlarimiz bilan bu yil bolalami maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasini hozirgi 54 foizdan 60 foizga yetkazamiz. Natijada bog‘cha tarbiyasini olayotgan farzandlarimizning soni bir yilda 400 mingtaga ko‘payib, jami 1 million 800 ming nafarga yetadi.
Bu sohada biz albatta katta ish qildik. Ammo bu raqamlar hali bizni qoniqtirmaydi. Nega deganda, biz bu masalada marrani baland olganmiz. Buning zamirida juda katta ma’no, maqsad bor. Chunki bog‘cha tarbiyasi nafaqat bolaning o‘ziga, balki uning ota-onasiga ham, qolaversa, butun jamiyat hayotiga ham kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Bolasibog‘chada,munosib sharoitdatarbiyatopayotganini ko‘rgan ayol kishi albatta xotiijam kayfiyatda, shukronalik bilan yashaydi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib bormoqda. Shu kunlarda «Zamonaviy maktab» dasturi ishlab chiqilmoqda. Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha ham katta ishlami boshladik.
Bu borada biz ta’limning barcha bosqichlarida qiz bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Buyuk allomalarimiz, atoqli adiblarimiz nomlaridagi maktablar, Prezident maktablari barcha yoshlarimiz qatori ilm-fan va san’atga intiluvchi qizlarimiz uchun ham keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
Albatta, yosh qizlarimizni asrab-avaylash, ularga to‘g‘ri tarbiya berish, mustaqil hayotga tayyorlash, xalqimizga munosib farzandlar etib kamolga yetkazish uchun davlat va jamiyat o‘z zimmasidagi

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə