Shavkat mirziyoyev


Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə123/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz.
Lekin hozirgi global dunyoda bu juda murakkab vazifa bo‘lib qolayotganini barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz.
«Yil yilga o‘xshamaydi», degan gap bejiz aytilmagan. Hayot hech qachon bir tekis kechmaydi. Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor.
Bu haqiqatni shu kunlarda yanada chuqur his etmoqdamiz. Bugun koronavirus infeksiyasi degan jiddiy bir xavfga duch keldik. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatami tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralami ko4rmoqda.
Go‘zal diyorimizdayashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz yanada jipslashib, har tomonlama tartib- intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas’uliyat kokrsatib,
mo tabar keksalarimizning duoyi fotihalari bilan bu sinovdan eson- omon о tamiz, deb ishonaman.
Vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, bu yilgi Navro‘z bayramida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni to‘xtatdik.
Fursatdan foydalanib, vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ko‘rilayotgan chora-tadbirlami qo‘llab-quwatlayotgani uchun xalqimizga yana bir bor rahmat aytaman.
Nasib etsa, tez orada bu tashvishli kunlar ortda qoladi. Bunday sayil-tomoshalami, to‘y-u tantanalami el-yurtimiz bilan birgalikda hali ko‘p-ko‘p o‘tkazamiz.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Mavjud qiyinchilik va sinovlarga qaramasdan, hayot davom etadi. Bu yil Navro‘z ayyomi xonadonlarda, oilaviy davralarda keng nishonlanmoqda.
Bugun mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta umid bilan yerga urug‘ qadamoqda. Hudud va mintaqalarimizda «Daraxt ekib, bog yaratamiz, yurtimizni yanada obod qilamiz», degan ezgu maqsadda millionlab ko‘chatlar ekilmoqda.
Mana shu xosiyatli kunda barchamiz yilimiz qutlug* kelsin, dehqonlarimizning baxtini, omadini bersin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin, deb niyat qilamiz.
Uzoq-yaqindagi mamlakatlar xalqlarini, O‘zbekistonning barcha xorijiy do‘st va hamkorlarini sharqona yangi yil - Navro‘z ayyomi bilan qutlab, ularga samimiy istaklarimizni izhor etamiz.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Ilohim, dilimizdagi barcha olijanob orzu-intilishlarimiz ro‘yobga chiqsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yaratganning o‘zi hammamizni panohida asrasin!
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə