Shavkat mirziyoyev


va armiya - bir tan-u bir jondir»



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə119/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

va armiya - bir tan-u bir jondir» degan shior ostida harbiy infratuzilmalami modemizatsiya qilish va to'planib qolgan ijtimoiy muammolami hal etish bo‘yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.
Harbiy shaharchalar zamonaviy qiyofaga ega bo'ldi, moddiy ta’minot xizmatlari sohasiga autsorsing tizimi joriy etildi. O‘tgan uch yil davomida 8 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar oilalarini qulay va shinam kvartiralar bilan ta’minlash uchun 275 ta ko'pqavatli uy- joy barpo etildi, harbiy xizmatchilaming ayollari uchun qariyb 600 ta yangi ish o‘mi yaratildi, 1 ming 900 nafar harbiy pensioner ishga joylashtirildi.
Armiyamiz unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarga faol kirishganini alohida qayd etishni istardim. «Vatanparvar» va «Faxriylar» singari tashkilotlar, shuningdek, Mudofaa vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi yoshlami harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish hamda ularda faol fuqa- rolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha g‘oyat zarur bo‘lgan ishlami birgalikda davom ettiradi, deb ishonaman.
Shu o‘rinda Qurolli Kuchlar faoliyati ustidan fuqarolik nazoratini kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Bugungi kunda mam- lakatimiz parlamenti o‘zining kengaytirilgan vakolatlari doirasida «Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida»gi qonun va mudofaa sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qilmoqda. O‘tgan yili Oliy Majlis Senati tomonidan Qurolli Kuchlaming qurilishi va rivojla- nishi, 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni 0‘tashiga doir dolzarb masalalar yuzasidan harbiylashgan vazirlik va idoralar rahbarlarining ma’ruzalari bir necha bor eshitilganini ta’kidlash lozim.
Qadrli yurtdoshlar!
Jahondagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida ahvol keskinlashib, xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfi ortib borayotgani bizdan xalqaro va mintaqaviy vaziyatni har tomonlama tahlil va prognoz qilishni, mamlakatimiz xavfsizligi
va barqarorligini ta’minlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlami ko‘rishni talab etmoqda.
Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, qo‘shinlami boshqarish tizimini takomillashtirish, jangovar tayyorgarlikni tashkil etish samaradorligini oshirish, Qurolli Kuchlami eng yangi qurol-yarog‘ va texnikalar bilan ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish bo‘yicha faol olib borilayotgan ishlami izchil davom ettirish zarur.
Biz yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash, o‘quv-tarbiya jarayonlariga ilg‘or xorijiy tajribalami, pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ulaming oila a’zolari hamda Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishga bundan buy on ham birinchi darajali ahamiyat qaratamiz.
Hurmatli do‘stlar!
Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!
Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini nishonlash arafasida o‘z hayoti evaziga dunyo xalqlarining ozodligi va erkinligini saqlab qolishga erishgan g‘olib ajdodlarimizga yuksak hurmat va e’tibor ko‘rsatish qanchalik muhim ekanini barchamiz har qachongidan ham chuqur his etib, bu borada katta amaliy ishlami amalga oshirmoqdamiz.
Siz, hurmatli harbiy xizmatchilarga - askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, oilalaringizga esa yangi - 2020-yilda fayz-baraka va baxt-saodat yor boMishini tilayman.
2020-yil 14-yanvar
«YANGI O‘ZBEKISTON» GAZETASI JAMOASIGA
Awalo, siz, azizlami, sizlaming timsolingizda mamlakatimiz- dagi barcha jumalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini «Yangi O‘zbekiston» gazetasining ilk soni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu ijtimoiy-siyosiy nashr o‘z oldiga qanchalik ulkan maqsad va rejalar qo‘ygani uning nomidan ham yaqqol ko‘rinib turibdi.
Haqiqatan ham, bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyat qurilishini tubdan takomillashtirish, oshkoralik, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani har tomonlama rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli, ochiq va amaliy sheriklik ruhidagi tashqi siyosat olib borish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlarimiz, mohiyat e’tibori bilan Vatanimizning butunlay yangicha qiyofasini yaratishga xizmat qilayotgani barchamizga yaxshi ma’lum.
Ana shunday ulug‘vor va tarixiy o‘zgarishlaming o‘ziga xos ko‘zgusi bo‘lib may donga chiqayotgan gazeta yurtimizdagi demokratik islohotlar, hududlardagi beqiyos bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlarining ahamiyati hamda natijalarini xolis va haqqoniy yoritishga, aholi vakillari va jamoatchilik fikrini shakllantirishga, mavjud muammo va kamchiliklami tahliliy materiallar orqali dadil ko‘tarib chiqib, axborot makonida munosib o‘rin egallashiga ishonchim komil.
Globallashuv va mafkuraviy kurashlar shiddatli ко‘finish olgan hozirgi murakkab davrda yangi shakl va mazmunda chop etila
boshlagan «Yang. 0‘zbekiston» gazetasi sahifalaridan har bir vatandoshim.z eng zarur ma’lumotlami olishi, shu bilan birga, o‘zini 0‘ylantirayotgan savollarga to‘liq javob topishi, bugungi zamon , nafasini c uqur his etishi ко zlagan maqsadlarimizga hamohang bo‘lur edi.
В lining uchun tahririyat jamoasi hayotdan doimo bir qadam oldinda yurishi, respublikamizda va xalqaro maydonda ro‘y berayotgan eng dolzarb voqea va mavzulami zamonaviy ijodiy uslub va ilg or yondashuvlar orqali o‘z mushtariylariga tezkor tarzda yetkaza olishi, bir so z bilan aytganda, xalqimizning chinakam ma’naviy-ma’rifiy hamrohiga aylanishi zarur.
Ana shunday mas uliyatli va zalvorli vazifani sidqidildan va fidoyilik bilan ado etishda «Yangi O‘zbekiston» gazetasi o‘z nomiga munosib hamda milliy matbuotimiz uchun o‘mak va namuna bo‘ladi, deb qat’iy ishonaman.
Jamiyatimizda fikr va qarashlar rang-barangligi, so‘z va axborot erkinligini ta minlash, ma’naviyat va ma’rifat targ‘iboti borasidagi g oyatda sharafli yo‘lda tahririyat jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar va ijodiy faollik doimo yor bo‘lishini tilab qolaman.
2020-yil 24-yanvar
MUNIS ONALARIMIZ, MEHRIBON
OPA-SINGILLARIMIZ - HAYOTIMIZ GULTOJI

Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Dilbar qizlarim!
Awalo, sizlami, butun 0‘zbekiston xotin-qizlarini go‘zallik va nafosat ayyomi - 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Barchangizga o‘zimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirib, doimo oilangiz va yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilayman.
Aziz yurtdoshlar!
Yer yuzida ongli hayot pay do bo‘libdiki, odamzod muqaddas Ona siymosini, ayol zotini ulug‘lab, sharaflab keladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə