Shavkat mirziyoyev


O‘ZBEK O‘G‘LONLARI JASORATINING YORQIN NAMUNASI



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə114/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

2019-yil 28-sentabr
O‘ZBEK O‘G‘LONLARI JASORATINING
YORQIN NAMUNASI

Muhtaram do‘stlar!
Hurmatli jahon chempionlari!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Avvalo, siz, aziz sportchilarimizni, hurmatli ustoz va murabbiylami, butun xalqimizni boks bo‘yicha 0‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy g‘alabasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuksak mardlik va matonat ko‘rsatib, yurtimizga shunday buyuk g‘alabani olib kelganingiz har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.
O‘sha kunlari keksa-yu yosh - butun xalqimiz sizlarga zafar tilab, katta hayajon va qiziqish bilan o‘z nigohini Yekaterinburg arenasiga qaratdi.
Elimiz ana shu ulkan ishonchni oqlagan sizdek jasur, vatanparvar avlod bilan haqli ravishda faxrlanadi.
Sizlar AQSH, Kuba, Rossiya, Qozog‘iston, Angliya, Hindiston kabi boks bo‘yicha yetakchi davlatlar vakillarini orqada qoldirib, yakuniy bosqichda birinchi o‘ringa ko‘tarildingiz.
Bu sizlaming nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ma’naviy jihatdan ham yaxshi tayyorgarlik bilan maydonga chiqqaningiz natijasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Zero, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi hech qachon kuragi yerga tegmagan buyuk ajdodlarimizga munosib o‘g‘lonlargina ana shunday ulug zafarlarga qodir bo la oladi.
Shuning uchun butun mamlakatimiz sizlami cheksiz olqishlamoqda, butun dunyo sizlarga tan bermoqda.
Sizlar milliy sportimiz tarixida yangi va yorqin sahifa ochib, jonajon O‘zbekistonimiz obro‘-e’tiborini yuqori bosqichea ko‘tardingiz.
Bugungi quvonchli va unutilmas kunda sizlardek pahlavon yigitlami tarbiyalab, voyaga yetkazgan mehribon ota-onalaringiz, jonkuyar ustoz va murabbiylaringizga rahmat va tashakkurlar aytamiz.
Davramizda ana shunday jasur o‘g‘lonlarimizning ota-onalarini ко‘rib turganimizdan g‘oyat xursandmiz.
Sizlarga butun O‘zbekiston xalqi katta havas, hurmat va ehtirom bilan qaramoqda.
Farzandlaringizga berilgan e’tirof bu - avvalo sizlarga berilgan yuksak e’tirofdir.
Sizlaming ko‘pchiligingiz o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan o‘qituvchilar, el-yurtimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan tadbirkorlar ekaningizni alohida ta’kidlashni istardim.
Sizlar mana shunday mard, mustahkam irodali, vatanparvar farzandlami voyaga yetkazib, ko‘pchilikka namuna ko‘rsatdingiz.
Inson uchun dunyoda o‘z farzandining kamolini ko'rishdan ortiq saodat yo‘q. Men barchangizni ana shunday ulug‘ baxt bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Doimo sog‘-omon bo‘ling!
Hurmatli yurtdoshlar!
Dunyodagi 80 ga yaqin mamlakatdan eng kuchli charm qo‘lqop ustalari ishtirok etgan, g‘oyat keskin kurashlar ostida o‘tgan xalqaro bellashuvda terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani ulkan jasorat va qahramonlik namunasidir.
Buning uchun zarur bo‘lgan beqiyos kuch-g‘ayrat, bilim va mahorat, mustahkam ishonch manbayi avvalo Vatanimiz, olijanob xalqimiz, uning shonli tarixi va boy ma’naviyati, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ana shunday buyuk kuchga tayanib, millionlab yoshlarimiz yurtimizni har tomonlama taraqqiy toptirish uchun zo‘r g‘ayrat va shijoat bilan maydonga chiqmoqda.
Ma lumki, 2016-yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinla- rida ham bokschilarimiz hammani qoyil qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edilar.
Erishilgan bunday yutuqlar tasodifiy emasligini, O‘zbekiston tom ma’noda boks mamlakatiga aylanib borayotganini sizlar butun dunyoga yaqqol namoyon etdingiz.
Bu g‘alaba «O‘zbekiston boks maktabi», «O‘zbekiston boks- chilari» degan so‘zlami jahon sporti tarixiga oltin harflar bilan muhrlab qo‘ydi.
Endi O‘zbekiston bokschilarini, o‘zbek boks maktabini tan olgan ham tan oladi, tan olmagan ham tan oladi.
Endi «O‘zbekiston», «o‘zbekistonlik» desa, manaman degan bokschilar ham o‘ylab ringga tushadigan bo‘ladi.
Biz, jismoniy tarbiya va sportga, xususan, boks sohasiga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilayotgan zarur shart-sharoitlar ro‘yobini awalo mana shunday yutuqlarda ko‘ramiz.
Mamlakatimizda zamonaviy ta’lim-tarbiya maskanlari bilan birga, yangi-yangi sport maktablari va majmualari, stadionlar, suzish havzalari barpo etilayotgani, bolalarimiz qalbida sportga mehr uyg‘otishga alohida ahamiyat berilayotgani bu borada hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.
Ayniqsa, hurmatli ustoz va murabbiylar mehnati qadr topib, ulaming nufuzi va maqomi oshib borayotgani yutuqlar garovi bo‘lmoqda.
«Yoshlar - kelajagimiz», «Besh ijobiy tashabbus», «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Obod markaz» kabi dasturlarimizning barchasida farzandlarimizni barkamol etib tarbiyalashga, ulaming sport bilan shug‘ullanishiga jiddiy e tibor berilmoqda.
Bu g alabaning yana bir muhim tomoni shundaki, u mamlakati- mizda boshqa sport turlarining rivojiga ham qudratli turtki beradi.
О z navbatida, yoshlami barcha sohalarda marrani baland olib, doimo g4 al aba sari intilib yashashga o‘rgatadi.
Hurmatli do‘stlar!
Terma jamoamiz qo‘lga kiritgan olamshumul yutuqqa beqiyos hissa qo‘shgan qahramonlarimiz haqida har qancha g‘urur va iftixor bilan gapirsak, arziydi.
Shahobiddin Zoirov bir qator kuchli raqiblami, xususan, finalda hindistonlik mashhur bokschini yengib, dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritgani barcha sportchi va murabbiylarimizning ruhini tog‘day ko‘tarib yubordi.
Yana bir polvon o‘g‘lonimiz Mirazizbek Mirzaxalilov finalda kubalik o‘ta kuchli raqibni ikkinchi raunddayoq mag‘lub etgani boks tarixida kamdan kam bo‘ladigan natijadir.
Alpomishlar yurti - Surxondaryo farzandi, uchinchi oltin medal sohibi Bahodir Jalolov o‘ta og‘ir vaznda ham chempion, ham «tumiming eng yaxshi bokschisi» degan e’tirofga sazovor bo‘lgani respublikamizning dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini yanada oshirdi.
Yosh, iste’dodli bokschimiz Dilshodbek Ro‘zmetov bunday nufuzli musobaqada ilk bora ishtirok etganiga qaramasdan, kumush medalni qo'lga kiritgani - buyam juda katta natija.
Bronza medalga sazovor bo‘lgan Bobo-Usmon Botirov ham jahon chempionatida ilk marta qatnashib, faxrli natijaga erishgani uning ulkan qobiliyati va porloq kelajagidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda ishqibozlar har bir o‘yinni diqqat bilan kuzatib bordi.
Sizlar raqiblaringizga qarshi faol ishlab, ringda bir soniya ham to‘xtamasdan, qayta-qayta kuchli zarbalami berib, xato qilmasdan va yaxshi himoyalanib, janglaming eng oxirigacha qizg‘in kurash olib bordingiz.
Наг bi г raundni yuqori tezlik va shiddat, texnik mahorat va ustunlik bilan o‘tkazdingiz.
Bu barcha muxlislami, shaxsan mening ham yuragimni juda to‘lqinlantirib, cheksiz quvontirdi.
Bu yutuqlar - bizning milliy g‘ururimiz, iftixorimiz, o‘zbek o‘g‘lonlarining botirligi, jasurligi va mislsiz jasoratining yorqin ifodasidir.
Bilagida kuchi va yuragida o‘ti bor, qalbida ona Vataniga muhabbati va millatining or-nomusini olib yurgan siz kabi alp yigitlar yurtimizning shuhrati, shavkat-u shonini butun dunyoga ko‘tardingiz.
Ushbu g‘alabani ta’minlashda murabbiylar tarkibi, Boks federatsiyasining salmoqli hissasi borligini ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Kuchli va yengilmas jamoani tayyorlash uchun chinakam fi- doyilik ko‘rsatgan, to‘g‘ri taktika tanlagan va puxta mashg‘ulot- lar olib borgan Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro‘zioxunov, To‘lqin Qilichev, Istam Kabinov, Bahodir Erkayev, Farrux Qilichev kabi mashhur murabbiylami chin yurakdan qutlaymiz.
Fursatdan foydalanib, sizlami, sizlar orqali butun mamlakatimiz o‘qituvchi va murabbiylarini qutlug‘ kasb bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman.
Qadrli do‘stlar!
Sizlar ushbu musobaqada eng yuqori shohsupadan o‘rin olib, kelgusi yil Yaponiyada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun mustahkam poydevor yaratdingiz.
Jadal rivojlanayotgan, ochiq va demokratik mamlakatimiz o‘zining sport sohasidagi yangi qiyofasini namoyish etishi uchun bu Olimpiada juda katta imkoniyatdir.
Buni hammamiz chuqur tushunib, unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz shart.
Albatta, sportchilaming jismoniy shayligi, professional mahorati va tajribasi juda muhim.
Lekin eng zarur jihati bu Olimpiya jamoamizning ruhiy tayyorgarligi.
Sportchining o‘ziga ishonchi qanchalik kuchli bo‘lsa, natijasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Shu yil 4-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ ilishida sizlar bilan bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida atroflicha gaplashib olgandik.
Biz bu Olimpiadada munosib ishtirok etish uchun 100 ta litsenziyani qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygan edik.
Hozirgacha bor-yo‘g‘i 5 ta sport turi bo‘yicha 8 ta litsenziyaga ega bo‘ldik.
Shuning uchun yana bir bor aytaman, Tokioda bo‘ladigan yozgi Olimpiadaga tayyorgarlik ishlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi.
Albatta, so‘nggi paytda sport federatsiyalari va hokimliklar Olimpiya terma jamoasini shakllantirish va sportchilar uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlami ancha kuchaytirdi.
Lekin bu yetarli emas, qiladigan ishlarimiz hali ko‘p.
Olimpiada o‘yinlari bu - har to‘rt yilda bir marta o‘tadigan, mamlakatni butun dunyoga mashhur qiladigan katta va noyob imkoniyat ekanini barchamiz tushunib olishimiz kerak.
Biz har bir imkoniyatdan samarali foydalanib, tayyorgarlikni har tomonlama kuchaytirishimiz shart.
O‘ylaymanki, mamlakatimiz bokschilarining katta g‘alabasini ko‘rib, barchamiz «Bo‘lar ekan-ku!», «O‘zbekiston sportini dunyoga tanitish mumkin ekan-ku!» degan kayfiyat bilan yashamoqdamiz.
Sizlar bundan keyin ham o‘zbek boks maktabining shonli an’analarini munosib davom ettirib, sayyoramizning eng nufuzli musobaqalarida bayrog‘imizni baland ko‘tarasizlar, deb ishonaman.
Biz endi boksni har bir oiladan, maktabdan, mahalladan, tumanlar-u viloyatlardan shug‘ullanadigan sharoit va imkoniyatlami yaratish bo‘yicha alohida konsepsiya ishlab chiqamiz.
Boksni umummilliy sport turiga aylantirish bo‘yicha alohida dastur va chora-tadbirlami qabul qilamiz.
Ana shu yutuqlardan ruhlangan boshqa sport federatsiyalarimiz ham o‘z faoliyatini albatta Boks federatsiyasi darajasiga olib chiqadi, deb ishonaman.
Aziz do‘stlar!
Xabaringiz bor, g‘olib va sovrindor bokschilarimiz hamda ulaming murabbiylari davlatimizning yuksak faxriy unvon va medallari bilan mukofotlandilar.
Bu mukofotlar sizlaming mehnatingiz, iste’dod va mahoratingizga xalqimiz va Vatanimiz tomonidan berilgan eng oliy bahodir.
Aminmanki, bu mukofotlar sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va shiddat bag‘ishlaydi, yanada yuqori cho‘qqilami zabt etishga da’vat etadi.
Qadrli farzandlarim!
Muhtaram ustoz va murabbiylari
Ulug‘ maqsadlarga erishish yo‘lida sizlarga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, shaxsiy hayotda esa oilaviy baxt va omad yor bo‘lishini tilayman.
Yana bir marta sizlarga katta rahmat!
Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo ‘lib о ‘tgan boks bo ‘yicha jahon chempionatida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarga mukofotlarni topshirish marosimidagi nutq

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə