Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi


Ta’lim tarbiya jarayoni shaxs shakllanishi va rivojlanishida muhim ahmiyatga ega



Yüklə 209 Kb.
səhifə6/11
tarix11.12.2023
ölçüsü209 Kb.
#144733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi

Ta’lim tarbiya jarayoni shaxs shakllanishi va rivojlanishida muhim ahmiyatga ega.





Guruhlar va ularning shaxs rivojlanishiga ta’siri.

Har-bir bola yashaydigan ijtimoiy muhit bir emas , balki bir necha qavatdan (zonadan) iborat. Eng yaqin va birinchi qavat oilaviy muhitdir.Oilaga qaraganda kengroq qavatni bolaning tashqari, ya’ni bir qavatni –bolanig qarindoshlari tashkil etadi. Va nihoyat, eng keng qavat- ijtimoiy muhit hisoblanadi. Undan tashqari bevosita xatti-harakat namunalari, alohida kishilarning mulohazalari orqali emas, balki kitob va gazeta, radio, kino, televideniye, jamiyatda o’rnatilgan qonun-qoidalar, odamlar, axloq talablar, ma’naviyat, milliy qadriyatlar orqali amalga oshiriladi.


Biroq, agar bolaning shaxsiy faolligi mavjud bo’lsa, muhit uning taraqqiyotiga ta’sir ko’rsata olmaydi. Faqat o’zining shaxsiy faolligini ko’rsatgandagina bola atrof-muhitning ta’sirini his qilishi, shundagina uning rasmiy xususiyatlari namoyon bo’lishi mumkin.

Demak, inson - faol mavjudod. U tarbiyaviy ta’sirlar, muhit ta’sirining passiv ob’ekti emas. Shuning uchun hayotning tashqi sharoitlari, tashqi ta’sirlar inson shaxsini bevosita emas, balki uning muhit bilan o’zoro ta’siri jarayoni orqali, uning shu muhitdagi faoliyati yordamida belgilaydilar. Shu tuufayli muhit, tarbiyaviy t’asir haqida gapirganda uni ya`ni insoning tashqi muhit bilan faol ta`sir jarayoni, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchining faol o’zaro aloqasi sifatida tushunish zarur.


Inson faol mavjudod sifatida o’z shaxsini ongli ravishda o’zgartirishi mumkin. Shaxsning shakllanishida o’z-o’zini tarbiyalash, ya’ni kishining shaxsiy sifatlarini takomillashtirishga qaratilgan ongli ishi katta ahamiyatga ega bo’la boradi.
Shaxs guruhda, ya’ni mana shu guruhda o’rnatilmagan o’zaro munosabatlar va muloqat ta’sirida rivojlanadi. Demak, guruhning taraqqiyoti shaxsning guruhda rivojlanishi omili sifatida namoyon bo’ladi.
Individ o’ziga xos ehtiyoj, ya’ni shaxs bo’lishi ehtiyoji hamda shaxs bo’lish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat, ya’ni individual xususiyatlar.
Shaxs bo`lish ehtiyoji qondirilishini ta’minladi va turli ishlarni amalga oshirishga imkon yaratadi.
Ushbu ehtiyojning amalga oshirishda yuqori rivojlanish darajasiga ega bo`lgan guruh jamoalar katta ahamiyatga ega.
Shaxs rivojlanishi yangi ijtimoiy muhitga kushilish va u bilan birlashish sifatida tasavvur qilish mumkin. Shartli ravishda bu muhitni doimiy, o`zgarmas deb qaraladi. (masalan, maktabning birinchi sinfi, ishlab chiqarish brigadasi, harbiy qism va hokozo). Nisbatan barqaror bo`lgan muhitda shaxsning rivojlanishi 3 ta bosqichni bosib o`tadi. Bular – adaptatsiya, individualizatsiya va integratsiya bosqichlaridir.
Demak, inson shaxs sifatida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ta’siri ostida shakllanadi. Tajribalarda ko’rsatishicha, insoniyat jamiyatdan tashqarida haqiqiy taraqqiy etgan inson, shaxs bo’la olmaydi.


Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə