Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi


S Ijtimoiy ustanovka shaxs xulk-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. haxsning ijtimoiy ustanovkalari



Yüklə 209 Kb.
səhifə8/11
tarix11.12.2023
ölçüsü209 Kb.
#144733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi

S
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulk-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi.
haxsning ijtimoiy ustanovkalari.

Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaidi. O`sha guruhdan yangi bir kitob qo`lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo`ladi shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga o`xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o`z ifodasini topadi.


Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo`lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning uzoq muddatli xotira bilan bog`liqligidir. Ayni vaziyatga shakllangan obrazlar uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni "jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik steriotiplar ana shunday xotira obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka ob’ektga hamda konkret vaziyatga bog`liqdir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o`zgarishi mumkinligi muhim ijtimoiy psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovlant fikricha, ijtimoiy ustanovka o`rgatish yo`li bilan o`zgarishi mumkin. Ya’ni o`quvchilardagi turli ustanovkalarni o`zgartirish uchun rag`batlantirish yoki jazolash sistemasini o`zgartirish lozimdir.
Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi.
Psixologlarning fikricha, (G.Asmolov, P.Shixerev, V.A.Yadov, P.Nadirashvili va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish uchun shu ustanovkaning sababi bo’lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o’zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo’ladi.
Shunday qilib, shaxs ijtimoiylashuv jarayonida turli ustanovkalarini ro’yobga chiqarish sharoitida faollik ko’rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy-psixologik sifatlarida ko’ramiz. Ya’ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o’zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy-psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo’ladigan hamda muloqotda ko’rinadigan sifatlar guruhiga bo’linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya sifatlari, ya’ni o’ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo’lgan ijtimoiy ta’sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba’zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A.Labunskaya) deb atasalar, boshqalari ''ijtimoiy ta’sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A.Bodalev), ''kuzatuvchanlik",''ziyraklik" (Yu.Jukov) va hokazo deb atashgan. Boshqa sifatlar ''muloqotda namoyon bo’luvchi sifatlar"dir. Ular turli ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog’liq bo’lib, shaxsning turli sharoitlarda to’g’ri muloqotga kirishish imkoniyatinp beradi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o’ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamroq xatolarga yo’l qo’yishini ta’minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik o’zgalarning ichki dunyosini gaplari, hatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandnr. Shu fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə