Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi


Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik – muomala madaniyati va kommunikativ mahorat ekanligi



Yüklə 209 Kb.
səhifə4/11
tarix11.12.2023
ölçüsü209 Kb.
#144733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi

4. Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik – muomala madaniyati va kommunikativ mahorat ekanligi

Ko’pincha kundalik muloqotda biz “bilimdonlik” tushunchasini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional bilimdonlik” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ayniqsa, insonlar bilan ishlash borasida “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o’zgalar bilan til topisha bilish, o’z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi. Psixologiyada, birinchi navbatda, boshqaruv psixologiyasida oxirgi paytlarda “ijtimoiy-psixologik bilimdonlik” tushunchasi ajratilmoqdaki, mohiyatan u – kommunikativ bilimdonlikdan kengroq va ko’pqamrovlidir.
Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik – bu shaxsning ijtimoiy-psixologik hodisalar hamda muomala qonuniyatlari, o’zgalarni bilish, to’g’ri idrok qilish, dilidagini anglash va shu asosda o’zaro hamkorlikni tashkil qilish borasidagi savodxonligidir.
“Amaliy ijtimoiy psixologiya” (1998) kitobining mualliflari ijtimoiy-psixologik bilimdonlikning 3 asosiy tarkibiy qismlarini ajratadi:

  • kommunikativ bilimdonlik;

  • perseptiv bilimdonlik;

  • interaktiv bilimdonlik.

Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.M.Andreyevaning uch tizimli muloqot to’g’risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). (Andreyeva G.M. Sosialnaya psixologiya. M., 2000). Har qalay, bunday yondoshuv o’sha ko’pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.

5. Ijtimoiy-psixologik bilimdonlikni o’rganish metodlari. Autopsixologik bilimdonlik


Shaxsning, birinchi navbatda, rahbarning ijtimoiy-psixologik bilimdonligini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o’sha biz bilgan ko’plab muloqatga kirishuvchanlik sifatlarini aniqlash metodlaridir. Lekin ularning ko’pchiligi nazariy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida aynan shaxsning o’zgalar bilan tez va aniq ishchanlik va shaxsiy muloqotni o’rnata olishi, va tariqa boshqalarga ta’sir ko’rsata olish malakasini aniqlovchi KOS-1 metodi tadqiqotchilarda ko’proq ishonch uyg’otmoqda. Metodning qulayligi shundaki, u ko’p vaqtni olmagan holda (10-15 daqiqa) 40 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berishni taqozo etadi.
Bevosita kommunikativ bilimdonlikni aniqlash uchun “Muloqotga kirishuvchanlik darajasi”, “Muloqot”, “Tinglashni bilasizmi?”, “Fikrni bayon eta olish” kabi qator metodikalar qo’llaniladi. Muloqot jarayonida odam o’zini qanchalik nazorat qila olishi M. Snayderning maxsus testi ishlatiladi.
Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik bevosita odam tomonidan o’zini o’zi bilish – autopsixologik bilimdonlik bilan ham bog’liq. Bu odamdagi shunday malakalarki, ular uni o’z sifatlarini diagnostika qila olish – o’z-o’zini diagonostika, o’z-o’zini tuzata olish (o’zini korreksiya), o’z-o’zini takomillashtira olish, o’ziga o’zi motivasiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik bilimdonlikni nazarda tutadi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishi va bunda ijtimoiy muhitning o`rni.
Shaxs jamiyatning a’zosi, ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo’lmish individdir.
Shaxsning boyligi, uning hayotga faol munosabati, boshqa kishilar bilan bo`ladigan aloqalarining turli-tumanligiga bogliq bo`ladi.





Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə