Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi



Yüklə 459,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü459,17 Kb.
#145832
1   2   3   4   5   6
shaxs

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 952
muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi 
holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, 
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat 
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan 
iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning 
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga 
biologic va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib 
bo’lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida 
o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga 
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, 
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki 
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato 
baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir 
etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali 
ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga 
muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida 
rivojlanishiga biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni 
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida 
rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch 
omilning o’zaro munosabati qanday? 
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini 
egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. 
Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, 
deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa 
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning 
rolini inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga 
kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 459,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə