Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi



Yüklə 459,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü459,17 Kb.
#145832
1   2   3   4   5   6
shaxs

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 953
insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim 
E.Torndaykdir. 
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini 
biologic nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan 
iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog’laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan 
belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u 
yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu 
nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish 
mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil 
deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib 
borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola 
yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham 
birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar
psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab 
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, 
deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. 
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini 
namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs 
kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. 
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat 
kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, 
shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, 
inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi 
va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri 
ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, 
mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 459,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə