Simliklar agroekologiyasi va introduksiyasi kafedrasi «Dorivor o’simliklar flora va sistematikasi» fanidan kurs iShİ Mavzu



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə3/15
tarix07.03.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#102048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
«Dorivor o’simliklar flora va sistematikasi» fanidan kurs iShİ M-fayllar.org

1.Kurs ishining dolzarbligi:
O‘zbekiston hududiga yuqori o‘simliklardan 4230 tur o‘simliklar tarqalgan bo‘lib, ular 138 oilani va 1028 avlodni tashkil qiladi. 79 oilaga kirgan 492 tur o‘simliklar madaniylashtirilgan o‘simliklar hisoblanadi. O‘zbekiston florasidan 577 turi dorivor hisoblanadi. Dorivor o‘simliklarni ko‘pchiligi tog‘li hududlarda, tayyorlash qiyin bo‘lgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo bo‘ylarida ham katta-katta maydonlarda bir qancha o‘simliklar o‘sadi va ularni sanoat miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston 47hududida ma’lumki asosiy qishloq-xo‘jalik ekini paxta hisoblanadi. Paxta ekiladigan maydonlarni haddan tashqari kengaytirilishi, shu joylardagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zahirasini qisqarib ketishiga olib keldi. SHuning uchun O‘zbekiston florasidagi noyob dorivor o‘simliklar bilan Sog‘liqni saqlash tizimini ehtiyojini qondirish uchun, ularni etishtiradigan xo‘jaliklarni tashkil qilish muammosini xal qilish zaruriyati mavjud.
Mamalakatimizda dorivor o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan xalqimiz ehtiyojini iloji boricha to‘la qondirishning eng zaruriy shart-sharoitlaridan biri – dori vositalarining ro‘yxati (katalog)ning mavjudligidir. Bu ro‘yxat ma’lum bir davrda qaytadan ko‘rib chiqiladi: undan samarasi kam bo‘lganlari chiqarib tashlanadi, hamda horijdan keltiriladiganlariga hojat qolmaganlari ham ro‘yxatdan olib tashlanadi; shu bilan birga Respublikada ishlab chiqarilayotgan yangi, samarali dori vositalari ushbu ro‘yxatga (katalog) kiritiladi. Bu o‘ta muhim ishda farmakognoziya ilmi katta o‘rin tutadi, chunki amalda qo‘llanilib kelinayotgan dori vositalarining katta bir qismini dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari tashkil qiladi. Vatanimizda dorivor o‘simliklarni keng o‘rganilishi va sanoatda ularni asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi natijasida dorivor o‘simliklar ro‘yxatida (nomenklaturasi) katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar ro‘yxati bir necha barobarga ortdi, ularni orasida horijdan keltiriladiganlari ancha kamaydi (strofant, kuchala va boshqalar); 200 dan ortiq maxalliy (yovvoyi va madaniylashtirilgan) o‘simliklar ro‘yxatdan joy olgan. Ammo ular dorivor o‘simliklar bilan ta’minlay olinishi mumkin bo‘lgan katta imkoniyatning bir qisminigina tashkil qiladi. Hozirgi zamondagi dorivor o‘simliklar ilmini rivojlanish bosqichidagi muhim vazifalardan biri, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini eng kerakli, samarali dori vositalarini yaratishga jalb qilishdan iborat.
Dorivor o‘simliklar va ulardan dori vositalarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bir qancha usullarga bo‘linadi.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə