Sinf ona tili darslarida fe`l so’z turkumini o’rganish. Mundarija: Kirish


«Fe’l» so'z turkumini o'rganishda gap ustida ishlash



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə6/8
tarix28.11.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#134391
1   2   3   4   5   6   7   8
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA FE`L SO’Z TURKUMINI O’RGANISH...

2.2. «Fe’l» so'z turkumini o'rganishda gap ustida ishlash
Maktabda morfologiya o'qitishning ahamiyati va vazifalari. Morfologiya grammatikaning bir qismi bo'lib, so'zning shakllari, bu shakllarning hosil bo'lish yo'llari va so'zlarning ma’lum belgilar asosida guruhlarga, ya’ni so'z turkumlariga bo'linishini o'rganadi. Shu bois, morfologiyani o'qitishda asosiy e’tibor so'zning tuzilishi, yasalishi, so'z turkumlariga bo'linishiga qaratiladi.
Ma’lumki, o'quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar bilan boshlang'ich sinflarda tanishadilar. So'zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe’llar, olmoshlar, yordamchi so'zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang'ich sinfdan ularga ma’lum.
Ona tilining izchil kursidan beriladigan bilim, malaka, ko'nikmalar avvalo boshlang'ich sinflarda egallangan bilimlar, malaka va ko'nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi.
Maktabda morfologiyani o' qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki keyingi bosqichda o'rganiladigan «Sintaksis» bo'limi bevosita morfologiya bilan bog'langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs- son qo'shimchalar garchand morfologiya ob’ekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so'z va so'z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. Qo'shma gap sintaksisini o'rganishning bevosita yordamchi so'zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimrok ahamiyat kasb etadi.
Maktabda morfologiyani o'qitishning amaliy ahamiyati shundaki, leksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur o'rganishda o'z amaliy ifodasini topadi. O'quvchi mustaqil va yordamchi so'z turkumlarini o'rganishda so'zning o'z va ko'chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so'zlarga yana murojaat qiladi va so'z boyligini oshirish, so'zdan to'g'ri xam o'rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Orfografiyaning morfologiya bilan aloqadorligi ham maktabda bu bo'limni urganishni zururiyatga aylantiradi. Chunki morfologik prinsip orfografiyaning etakchi prinsipi sanaladi.
Shunday qilib, maktab morfologi kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko'zda tutadi:
-o'quvchilarni so'z yasashga, so'zning yangi shakllarini hosil qilishga o'rgatish; so'z zahirasini oshirish, so'zdan tug'ri va o'rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;
-so'zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish;
-imloviy savodxonlikni takomillashtirish;
-gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash;
DTSda ko'zda tutilgan talablar har bir mavzuni o'rganish jarayonida izchillik bilan amalga oshirildi.
O'quvchilarni so'z turkumlarini o'rganishga tayyorlash. So'zlarni turkumlarga ajratish «To'plam» va «tasnif» tushunchalarining mohiyatini anglash bilan chambarchas bog'langan. O'quvchilar 6-sinf darsligining 1- betidagi rasmda berilgan narsa-buyumlarni shu buyumlar orasidagi o'xshashliklar asosida guruhlash orqali «to'plam» va «tasnif» xususida umumlashma hosil qiladilar.
«To'plam» deyilganda tahlil qilish, o'rganish uchun olingan har xil narsalar, belgilar, voqea-hodisalar majmuasi tushuniladi.
«Tasnif» esa to'plamni avval kattaroq guruhlarga, so'ngra bunday guruhlarning o'zini ichki turlarga, ajratilgan turlarni ichki xillarga, xillarni navlarga, navlarni ko'rinishlarga bosqichma-bosqich saralashdir.
Tasnif xususida o'quvchilar hosil qilgan tasavvurlar darslikning 13-betida berilgan «Tasnif-borliqni bilish asosi» ma’rifiy matni orqali mustahkamlanadi.
O'quvchilar «to'plam» va «tasnif» tushunchalarining mohiyatini anglashgach, so'z tarkibi va qo'shimchalar tasnifini o'rganishga tayyor bo'ladilar.
So'zni o'zak va qo'shimchalarga ajratish va so'z turkumlarini o'rganishga puxta zamin hozirlaydi. O'quvchilar berilgan so'zlardan o'zakdoshlarni topish, o'zakdoshlar nima bilan bir-biridan farqlanishini tushuntirish, o'zakdosh so'zlarni qo'shimchadoshlarga ajratish, qo'shimchalarning o'zaklarga qanday qo'shimcha ma’no qo'shayotganligini aniqlash orkali o'zak va qo'shimcha haqida keng ma’lumotga ega bo'ladilar.
So'zning o'zagini aniqlay olish, qo'shimchalarning turlarini bilish fe’l, ot, sifat, ravishlarni tub va yasama so'zlarga to'g'ri ajrata olish imkonini beradi.
O'quvchilar so'z yasovchi, so'z o'zgartiruvchi va shakl yasovchi qo'shimchalar xususida zaruriy bilim, malaka va ko'nikmalarni egallashgach, so'z tarkibi bilan tanishadilar hamda so'zning asosi xususida umumlashma hosil qiladilar. Bu so'z turkumlarini puxta o'rganish uchun poydevordir.
Maktabda so'z turkumlarini o'rganish. «Fe’l» so'z turkumini o'qitish. «Fe’l» so'z turkumi xususidagi dastlabki ma’lumotlar boshlang'ich sinflard a va «V» sinfda «Muqaddima» bo'limi orqali beriladi. SHuning uchun mazkur so'z turkumini o'rganishdan oldin egallangan bilim, malaka va ko'nikmalar takrorlanadi. Berilgan bo'lishli fe’llardan bo'lishsiz (va aksincha) fe’llar hosil qilish, ular ishtirokida gaplar qurish, kesim vazifasida kelgan fe’llarning zamonini almashtirib qo'llash, kesimlarga shaxs-son va zamon qo'shimchalari qo'shish ishlari o'rganilganlarni o'quvchilar xotirasida tiklash imkoniyatini yaratadi.
VI sinfda fe’llarning lug'aviy shakllari va ma’no guruhlari o'rganiladi. O'quvchilar «Tub va yasama, sodda va ko'shma fe’llar», «Fe’llarning umumiy xususiyatlari», «Fe’l nisbatlari» (aniq nisbat, orttirma nisbat, majhul nisbat, o'zlik nisbat, birgalik nisbat), «Nisbat qo'shimchalarining so'z yasovchilar bilan yaxlitlanishi va takror qo'llanilishi», «Fe’lning vazifa turlari» (harakat nomlari, sifatdoshlar, ravishdoshlar), «Harakat tarzi shakllari», «Fe’lning ma’noviy guruhlari» (yurish-harakat fe’llari, nutq fe’llari, tafakkur fe’llari, natijali faoliyat fe’llari, natijali faoliyat fe’llari, holat fe’llari singari mavzular bilan tanishadilar.)
Mazkur mavzularni o'rganishda asosiy e’tibor o'quvchilarning so'z zahirasini fe’llar bilan boyitish, og'zaki va yozma nutqda ulardan to'g'ri va o'rinli foydalanish malakalarini kengaytirishdan iboratdir.
O'quvchilarning so'z zahirasini fe’llar bilan boyitishning muhim choralaridan biri fe’l-sinonimlar ustida ishlashdir. Berilgan fe’llarga ma’nodoshlar topish (mas., ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron bo'lmoq; ayirmoq, ajratmoq, judo qilmoq, mahrum qilmoq), sinonimik uyadagi ma’nosi tushunarli bo'lmagan so'zlarning ma’nosini izohlash, qatordagi har bir so'z yordamida gaplar tuzish (mas., Salimaxon berilgan so'zlar ichidan fe’llarni ajratdi. Bozorga olib ketilishi lozim bo'lgan mevalarni bir yoqqa ayirdi), matnni tahrir qilib, takrorlangan fe’llar o'rniga ularning sinonimlarini qo'llash singari ijodiy-amaliy ishlardan foydalanish o'quvchilarning so'z zahirasini oshirishda o'ta muhimdir.
«Harakat nomi» mavzusini o'rganishda berilgan matn yoki gaplardan harakatni atab kelgan so'zlarni ajratish, ularni qo'shimchadoshlarga bo'lib guruhlash, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, qo'shimchadosh so'z guruhlari uchun xos bo'lgan qo'shimchalar: -sh -ish, -v, - uv, -moq ni ajratish, bu qo'shimchalar bilan hosil bo'lgan so'zlarning imlosi, gaplarni harakat nomi birikmalariga, birikmalarni gaplarga aylantirish (mas., haqiqat tantana qiladi, - Haqiqatning tantana qilish kabi), harakat nomlarini zarur, kerak, lozim, shart, muhim kabi so'zlar bilan birikib, kesim vazifasida kelishi ustida ish olib boriladi.
Fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllarini o'rganishda ham shunga o'xshash amaliy ishlar davom ettiriladi. O'quvchilar berilgan fe’l juftlarini (mas., keldim, ishladim) bog'lovchilar yoki ohang vositasida bog'lab gap tuzish, bu fe’llarni -b (-ib), - gach (-kach) qo'shimchalari bilan biriktirib, gaplarning shaklini o'zgartirish (mas., men keldim va ishladim - Men keldim, ishladim - Men kelib ishladim - Men kelgach ishladim kabi), ravishdosh yasovchi qo'shimchalar ro'yxatini tuzish, ular yordamida so'zlar hosil qilish, bu qo'shimchalarning imlosi ustida ishlash kabi amaliy ishlardan foydalaniladi.
Sifatdoshlarni o'rganishda o'quvchilar berilgan «sifat - ot» shaklli birikmalarda (mas., siniq shisha, buzuq uy, quruq meva) sifatni fe’l bilan almashtirish (mas., singan shisha, buzilgan uy, qurigan meva) va sifatli birikmalar hosil qilish, sifatdoshlarni hosil qiluvchi birikmalarni aniqlash, ularning imlosi ustida ishlash, sifatdoshlardan foydalanib, gaplarning mazmunini saqlagan holda shaklini o'zgartirish (mas., Kim ko'p o'qisa, dono bo'ladi. - Ko'p o'qigan kishi dono bo'ladi) singari topshiriqlarni berish mumkin.
Ma’lumki, tuslangan fe’llarning ham, tuslanmagan fe’llarning ham bo'lishli va bo'lishsiz shakllari mavjud. O'quvchilar bu mavzularni o'rganishda bo'lishli fe’llarni bo'lishsiz shaklga va aksincha, bo'lishsiz fe’llarni bo'lishli fe’llarga aylantirish, bo'lishsiz shaklni hosil qiluvchi ko'shimchalarni aniqlash ustida ish olib boradilar.
«Fe’l» so'z turkumini o'rganishda, ayniqsa, uyadosh fe’llar ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. 5-sinfda o'quvchilar «Uyadosh so'zlar» mavzusini o'rganishda bir qator uyadosh fe’llar bilan ham tanishganlar. Chunonchi, «Ona tili» darsligi (5-sinf)ning «Lug'at» qismida namuna sifatida «olmoq» va «ko'rmoq» fe’lining uyadoshlari berilgan. Bu ish 6-sinfda davom ettiriladi. Berilgan umumiy ma’noli fe’lning xususiy ma’nolarini aniqlash, bir paradigmani tashkil etgan fe’llar ro'yxatini tuzish ( mas., nutq fe’llari: so'zlamoq, gapirmoq, pichirlamoq, shivirlamoq, baqirmoq, o'qimoq, hikoya qilmoq, qichqirmoq, v.h.) singari ijodiy-amaliy ishlar o'quvchilar so'z zahirasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur so'z turkumini o'rganishda o'quvchini ta’lim jarayonining faol ishlovchisiga aylantirish uchun kuzatish, izlanish, alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, amalda qo'llash singari aqliy faoliyat usullarini qo'llash lozim.
«Fe’l» so'z turkumiga oid barcha mavzular til xodisalarini kuzatish va izlanish bilan boshlanib, umumlashmalar hosil qilish va amalda qo'llash bilan yakunlanadi.
«Fe’llarning yasalishi» mavzusini o'rganishdan oldin o'quvchilarning o'zak va qo'shimcha xususida egallagan ma’lumotlari xotirada tiklanadi. Berilgan so'zlarni o'zakdoshlarga ajratish va har bir so'zning qaysi so'z turkumiga mansub ekanligini aniqlash o'rganilganlarni xotirada tiklash hamda yangi mavzuni o'rganishga zamin hozirlaydi.
Berilgan fe’llarni o'zagiga qarab, ularni otlardan, sifatlardan, taqlidiy so'zlardan hosil bo'lgan fe’llar kabi guruhlarga ajratish, -la, lan, -lash, -illa, -irra, - y, -ay, -r, (-ar), -ik, (-ik), -i,-t qo'shimchalari yordamida berilgan tub so'zlardan fe’llar hosil qilish va har bir guruhni mustaqil davom ettirish, ularning imlosi ustida ishlash o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, imlo savodxonligini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi.
Muayyan qolip asosida so'zlar hosil qilish ham bolalarning so'z boyligiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Masalan, «ot-la», «sifat-ay», «fe’l-sa edi (-saydi)», «Fe’l - sa kerak» (tishla, toray, uzsa edi, yozsa kerak v.h.) shunday qoliplar sirasidandir.
«Qo'shma fe’llar» mavzusini o'rganishda o'quvchilarni matndan «ot fe’l» tuzilishli qo'shma fe’llarni ajratish ularning ma’nosi va imlosini sharhlash; ajratilgan qo'shma fe’llarni yasovchi fe’lga ko'ra (qilmoq, bermoq, ko'rmoq, olmoq kabi) guruhlash, ularni mustaqil davom ettirish; qo'shma fe’llarni tub va yasama sodda fe’llar bilan almashtirish (yordam bermoq - yordamlashmoq, g'amxo'rlik qilmoq- qayg'urmoq kabi); matndan «Ravishdosh-fe’l» shaklli qo'shma fe’llarni ajratish, birinchi fe’lning qo'shimchalarini aniqlash, ikkinchi fe’lga ko'ra qo'shma fe’llarni guruhlash, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, ko'makchi fe’lni izohlash, bilmoq, yotmoq, turmoq, surmoq, bilmoq, bormoq, ketmoq, qolmoq, chiqmoq kabi ko'makchi fe’llarning ma’nosini izohlash, olmoq, bermoq fe’llarining imlosi (ayta oldi-aytoldi, ayta berdi-aytaverdi) ustida ishlash singari ijodiy amaliy ishlar o'ta foydalidir.
«Fe’l» so'z turkumini o'rganishda o'quvchilarni shu so'z turkumining uslubiy imkoniyatlari bilan tanishtirish ham, ayniqsa, zarur.

Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə