Sinf ona tili darslarida fe`l so’z turkumini o’rganish. Mundarija: Kirish


Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#134391
1   2   3   4   5   6   7   8
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA FE`L SO’Z TURKUMINI O’RGANISH...

Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda o’qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas’uliyatlar qo’yilmoqda, chunki biz o’qituvchi-murabbiylar qo’liga farzandlarimiz taqdirini
ishonib topshiramiz.Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi.
Kurs ishining oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari. Maktab o’quvchilari, ayniqsa, 4-sinf o’quvchilari ma’lum darajada ona tili va o’qish ko‘nikmasini egallaganliklari uchun ularni mashqlar,shuningdek matn ustida mustaqil ishlashga ko’proq e’tibor berish lozim.
O‘quvchilarning topshiriqni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlay bilishi, ishga ijodiy yondashishi muhimdir. O’quvchilarni ishni bunday o’ylab, izchil bajarish ko’nikmalari o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi, albatta. Bunday ko‘nikmalarni bolalar o‘qituvchining alohida o’tkaziladigan mashqlari orqali egallaydilar. Faqatgina o’qituvchi rahbarligida ishlagandagina, ular fikrlashga, amaliy mashg’ulotlarni ijodiy bajarishga, yo’l qo’yilgan xatolarni topish va uni tuzatishga o’rganadilar.

Biz ushbu mavzuni yoritishda ,malakaviy amaliyotda o’tagan tajribamizga suyanib, 4-sinf maktab o’quvchilarga dars jarayonlarida fe’l so’z turkumini o’rgatishni ta’minlaydigan shakl va metodlarni ishlab chiqish, ilmiy asoslash va tajribada tekshirish.


Kurs ishini yozishda asoslangan materiallar. Ushbu ishni yozishda Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, xususan, “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”, singari asarlaridan, shuningdek, Yusupov M., Mahmudova M., Rahmonbekova S., Qosimova K., Matchonov S., G’ulomov M., Solihov O. singari olim va metodistlarning asarlaridan, ilmiy tadqiqot, monografiya va maqollaridan foydalanib ish ko’rdik.
Kursishning yozilishida qo’llanilgan metod. Albatta, ona tili darslari va mashg’ulotlar o’qituvchi tomonidan uning rahbarligida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum tizimga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi.
Biz mazkur bitiruv ishimizni olgan bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o’tgan Samarqand tumanidagi 46-umumta’lim maktabidagi o’qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishga harakat qildik.

Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə