Sinf ona tili darslarida fe`l so’z turkumini o’rganish. Mundarija: Kirish


Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslari



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#134391
1   2   3   4   5   6   7   8
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA FE`L SO’Z TURKUMINI O’RGANISH...

1.2. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslari
Fe’lning zamon shaklini yasash va bilib olish uchun o’quvchilarni so’roqlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun awal jamoaviy ravishda ishlanadi va o’quvchilar e’tibori so’roq bilan fe’l zamonining bog’lanishini aniq-lashga qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish uchun fe’lning II shaxs birlik shakli asos qilib olinadi (Boshlang’ich sinflarda fe’lning bosh shakli o’rganilmaydi). Fe’lga so’roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi.
Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun ,,Fe’l" mavzusini o’rganish jarayonida fe’lni zamon qo’shimchasi bilan o’zgartirish mashqi muntazam o’tkazib boriladi.
O’quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qo’llashga o’rgatish maq-sadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l shaklidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zamonini o’zgartirish, fe’llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi.
Dasturga ko’ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi. O’quvchilarda o’zbek tilida III shaxs: so’zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o’zga (III shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki ko’nikma ,,Otlarning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishi" va ,,Kishi-lik olmoshlari" mavzulari o’rganilayotganda hosil qilingan. „Fe’llarda shaxs-son" mavzusi shu ko’nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi.
Suhbat asosida kishilik olmoshlari III shaxsni, birlik va ko’plikni bildirishi eslatilgach, o’quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi ‘(Men kitobni o’qidim). O’quvchilar men I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi ekanini avtadilar; o’qidim fe’lini so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilib, o’qi — o’zak, -di — o’tgan zamon qo’shimchasi, -m ham qo’shimcha ekanini aniqlaydilar. O’qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: ish-harakat so’zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o’zga (III shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs tomonidan bajarilishi ham mumkin. Fe’llarga qo’shilib, ish-harakatni bajargan shaxsni va sonni (ko’plik va birlikni) ham bildiradigan qo’shimchalar bor. Masalan, o’qidim fe’lidagi -m qo’shimchasi shunday ma’noni bildiradi, u shaxs-son qo’shimchasidir. Chunki -m o’qish harakatini bajargan shaxsni (I shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya’ni ham shaxsni, ham sonni ifodalayapti. O’qituvchi (xattaxtaga yozilgan gaplarni ko’rsatib) ,,Nuqtalar o’rniga gapning mazmuniga mos bo’lgan fe’llarning shaxs-son qo’shimchasini topib qo’yib, gaplarni o’qish" vazifasini beradi. Mashq o’qituvchi rahbarligida birgalikda bajariladi.
Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe’llar shaxs-son qo’shimchalari bilan o’zgaradi. Shaxs-son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi.
Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son qo’shimchalarini qo’yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o’tgan, kelasi zamonda shaxs-son qo’shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi.
Bu sinfda fe’llarning yozilishi haqida ham ko’nikma hosil qilinadi. Mavzuni tushuntirish uchun fe’llar ko’proq bo’lgan matn tanlanib, matnni o’qish, so’roq berib fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida fe’l so’zturkumini o’rgatishda texnologik yondashuv
Boshlang’ich ta’lim juda murakkab jarayon bo’lib, bu davrda bola bevosita o’yin faoliyatidan ta’limiy faoliyatga kirishadi. Bu jarayonni hozirgi kun davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchisidan katta mas’uliyat, bilim, mahoratni talab etadi.
Bugungi kun o’qituvchisi o’quvchilarini chuqur bilimli, zukko va mustaqil fikr egasi etib tarbiyalashi uchun pedagogik texnologiya asoslari, o’qitishning zamonaviy va interfaol usullaridan unumli foydalanmog’i lozim.
Yuqorida keltirilgan muammolarning echimi respublika DTSlari talablaridan kelib Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish maqsadida ta’lim jarayonida turli interfaol usullarni qo’llagan holda ish olib borishni taqozo etmoqda.
Quyida biz o’z pedagogik faoliyatimizda fe’l so’z turkumini pedagogik texnologiya elementlari asosida tashkil etib ta’limda samarali bo’lib kelgan o’qitish metodlaridan namunalar keltiramiz. Bu usullaridan boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’z ish faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida, xususan, boshlang’ich ta’limda samarali o’qitish usullari asosida o’tiladigan darslarda har bir o’quvchi o’zining ichki imkoniyati, qobiliyatini namoyon qiladi.
Maktab ostonasiga ilk qadam qo’yib boshlang’ich sinfga qabul qilingan bolaning faoliyatida o’yin asosiy o’rinni egallaydi. O’yin ularning eng sevimli mashg’uloti bo’lib, ular har qanday mashg’ulotni o’yin bilan uyg’unlashtirishga harakat qiladilar.
Shunday ekan, o’qituvchi o’quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg’uloti - o’yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan talim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Talim jarayonida qo’llaniladigan o’qitish usullarini biz mazmuniga va amalga oshirish shakliga ko’ra ikki xil tasnif qilamiz:
Mazmuniga ko’ra.
Amalga oshirish shakliga ko’ra.
Mazmuniga ko’ra o’qitish usullari quyidagi turlarga bo’linadi:
Tinch o’yinli usullar;
Harakatli o’yinli usullar;
Aralash turdagi o’yinli usullar.
Shakliga ko’ra o’qitish usullari quyidagi turlarga bo’linadi.
Musobaqa shaklidagi usullar;
Sahna o’yini shaklidagi usullar.
Shuni eslatib o’tish joizki, ona tilidarslarida fe’l so’z turkumini o’rgatish uchun tavsiya qilinayotgan o’qitish usullaridan foydalanishda qatiy chegara mavjud bo’lmay, boshqa yuqori sinflarga ham moslashtirib foydalanish mumkin.
Tinch o’yinlarga quyidagilarni kiritish mumkin: ”O’zim tekshiraman”, ”Hikoya,” «U kim, bu nima?”, ”Topag’on”, ”Noto’g’ri jumla”, ”Bo’lishi mumkin emas”, “Harflarni top”, ”O’qib ko’r-chi”, ”Davom ettir”, ”Safar”, ”Sirli so’z”, ”Zanjir”, ”O’yin-topishmoq”, ”Bu meniki”, ”Tez javob”, ”Rebus”, ”Krossvord».
Pedagogik amaliyot jarayonida qo’llanilgan ushbu o’yinlarning ayrimlaridan misollar keltiramiz.
“Hikoya” o’yinida, o’qituvchi doskaga fe’l so’z turkumi ifodalagan bir nechta so’z yozib qo’yadi.(Masalan, yozdi-yozib, keldi-kelib, uchdi-uchib, sarg’aydi-sarg’ayib kabi). O’quvchilar mustaqil ravishda shu so’zlar ishtirokida gap yoki hikoya tuzadilar. Tuzilgan matndan fe’l izohlangan so’zlarni topib, tahlil qilishadi. Qanday harakatdagi fe’l (bo’lishli yoki bo’lishsiz), u gapning ichida qaysi so’zga bog’lanib kelgan, qaysi qo’shimchalar bilan tuslangan, qaysi zamondagi fe’l kabi savollarga javob topishadi. Masalan: Biz mustaqil yurt ulg’aymoqdamiz. Bizning vatanda iste’dodli, iqtidorli yoshlar juda ko’p o’qishadi, intilishadi. Biz ularga qiziqamiz, ulardan o’rnak olamiz.
Matnda ko’plikdagi fe’llar ishtirok etib, ular gapning kesimi, hozirgi zamon fe’llari vazifalarida kelgan. Matnning ega va kesimi shaxs-sonda moslashgan. (ulg’aymoqdamiz, o’qishadi, intilishadi, qiziqamiz, o’rnak olamiz).
Hikoya yoki matn tuzish jarayonida o’quvchilarning lug’at boyligi ortishi bilan birgalikda, gaplarni to’g’ri tuzish, tovushlarni to’g’ri tashkil qilish va mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.
O’quvchilarning vaqt-vaqti bilan rag’batlantirish ularning o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi. Bu o’yindan ona tili darslarida yoki darsdan tashqari mashg’ulotlarda, to’garaklarda foydalanish mumkin.
“U kim, bu nima?” o’yinida, stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo’yiladi. O’qituvchi shu predmetlardan birortasini tariflaydi.O’quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.
Bu metodning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o’quvchilar diqqatini jamlash, qo’llarga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham foydalanish mumkin.
Bu metod o’quvchilarda, ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu o’yindan dam olish daqiqalarida ham unumli foydalanish mumkin. Bu metod shakli fe’l so’z turkumini o’rganishda quyidagicha bo’lishi mumkin. O’quvchidan so’ralishi mumkin bo’lgan savol-topshiriqlarda fe’l so’z turkumi ifodalangan bo’ladi.
Bo’lishli harakatni ifodalab gap tuzing? (4-sinflar uchun). U bugun maktabga bordi. Ukam xatini chiroyli yozdi. Akram uyga berilgan hikoyani o’qidi.
variant: Bo’lishsiz harakatni ifodalab gap tuzing? U bugun maktabga bormadi. Ukam xatini chiroyli yozmadi. Akram uyga berilgan hikoyani o’qimadi. Shu tarzda 4-sinflarda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar izohlab, tushuntiriladi. O’quvchilarga fe’lning bo’lishsiz shakli - ma orqali hosil bo’lishi aytib o’tiladi.
“Davom ettir” o’yinida, o’qituvchi hikoyani boshlab beradi. O’quvchilar yangi mavzuga moslab uni davom ettiradilar. Bunda o’quvchilarda ijodkorlik qobiliyati rivojlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy ishlar yozish malakasi rivojlanadi va so’z boyligi ortadi. Bundan tashqari, ularda mustaqillik, o’z kuchiga ishonch hissi rivojlanadi.
“Davom ettir” o’yinida ona tili va o’qish darslarida yoki darsdan tashqari mashg’ulotlarda hamfoydalanish mumkin. Bunda yangi mavzu bo’yicha fe’l ishtirok etgan gaplarni hosil qiladi. Qolganlari ham shu tartibda davom ettiriladi.
variant: “U barvaqt maktabga kelayotganida yo’lda...”
variant: “Men havo ilib, qorlar erib boshlaganda tug’ilganman...”
variant: “Biz sinfimizdagi barcha o’quvchilar, hayvonot bog’iga bordik...”
Harakatli metodlarga quyidagilar kiradi: “U nima qilyapti?”, ”Jonli hikoya”
va “Quruvchi”.
“U nima qilyapti” o’yinida, o’quvchilardan biri bolalar oldiga chiqib harakat qiladi.O’quvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini izohlab berishlari lozim. Bunday o’yin ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish, ziyraklik va zeriktirmaslik uchun o’tkaziladi.
“Jonli hikoya” usulida, o’qituvchi so’zlar yozilgan qog’ozlarni o’quvchilarga tarqatib beradi. Shundan so’ng o’qituvchi o’quvchilarga hikoya qilib beradi. (Qog’ozlarda yozilgan so’zlar birgalikda shu hikoyani hosil qiladi.) Hosil qilingan hikoyalarida yangi mavzu bo’yicha fe’l ishtirok etishi lozim. O’qituvchi hikoyani ikkinchi marta o’qib berganda o’quvchilar qo’llaridagi qog’ozlarni shunday ketma-ketlikda joylashtirishlari kerakki, qog’ozlarga yozilgan so’zlar bir butun hikoyani hosil qilishi lozim. Bu usulni qo’llashda darslikdagi mashqlar yoki darslikdan tashqari hikoya va ertaklardan foydalanishlari mumkin.
variant: Bahor kelishi bilan havo iliy boshlaydi. Biz ekkan daraxtlar gullab, maysalar ko’kara boshlaydi.
Olimjon ko’chada yig’layotgan bolani ko’rib qoldi.U koptogini ariqqa tushirib yuboribdi.Olimjon uning koptogini olib berdi.
variant: O’rmon shohi sher yig’in o’tkazdi.Ular tulkixonning ishlarini muhokama qildilar.Tulkixon aybini bo’yniga oldi.
O’yin so’ngida o’quvchilar hosil qilgan hikoyalarida fe’lga xos so’zlarni topib, uni tahlil qilib beradi. Hosil qilgan hikoyalarida fe’l so’z turkumiga oid so’z qatnashib, ular fe’lning vazifa shakllari bilan izohlanib kelayotganligini aytishadi. Shu o’rinda boshlang’ich sinf (4-sinf) o’quvchilariga sof fe’llar bilan birgalikda fe’lning vazifa shakllari bir butunlikda fe’llarning tarkibiy qismini tashkil etayotganligini uqtirib o’tishadi.
“Quruvchi” usuli o’quvchilarni guruhlarga bo’lib, darsda o’tilgan mavzuni yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari vaqtda o’tkazilishi mumkin. O’qituvchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko’rib, qog’ozdan yoki penoplast bo’lakchalaridan “g’ishtchalar” yasaydi va bu “g’ishtchalarga” savol yozilgan qog’ozchalarni yopishtirib chiqadi. “G’ishtchalar” soni o’quvchilar soniga teng yoki ko’p bo’lishi kerak, guruhlarga “minora” yoki “devor” qurishlari uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan bola chiqadi va “g’ishtcha” ni olib savolni o’qiydi. Agar savolga bolalar to’g’ri javob topsalar o’zlarining “maydoncha” lariga “g’isht” ni teradilar. Agar noto’g’ri javob bersalar, o’qituvchi “g’ishtcha”ni olib qo’yadi. O’yin shu tahlidda barcha o’quvchilar bittadan “g’ishtcha” olib bo’lgunlarga qadar davom etadi.“Qurilish maydonchasi” da eng ko’p g’isht tergan o’quvchilar guruhi g’olib hisoblanadi.
Aralash tipdagi o’qitish usullariga quyidagilar kiradi: ”Nima yo’qolib qoldi”, ”Pochtachi”, ”Kun va tun”, ”Qarmoq”, ”Meni tushun”, “Iztopar”, ”So’z o’yini”, ”Xat kimniki”, ”Izma-iz”.
“Qarmoq” metodi: Bu o’yindan barcha darslarda qo’shimcha savollar berish yoki turli matn va mashqlarda foydalanish mumkin. Baliqchalar shaklidagi qog’ozchalarga savollar yoziladi va bir chetiga temir qistirg’ichlar qistiriladi. Qarmoq shaklidagi tayoqchalarning uchiga ip va ipning uchiga magnit bo’lakchasi bog’lab qo’yiladi. O’quvchilar bu “qarmoqlar” vositasida “baliqchalar” dan birini tutib olishlari va undagi savolga javob berishlari lozim bo’ladi.
So’z o’yini metodi: o’quvchilar guruhlarga yoki qatorlarga ajratiladi. Har bir guruh boshidagi o’quvchiga har xil harf yozilgan qog’oz tarqatiladi. Bunda guruh ishtirokchilari qog’ozga qanday harf yozilganligini ko’rmasliklari lozim. O’qituvchi buyruq berishi bilanoq, boshlovchi o’quvchilar qog’ozni o’nglab qarab, unda yozilgan harfni ko’radilar va shu harf bilan boshlanadigan so’z topib turgan o’quvchiga uzatadilar. Guruh yoki qator oxiridagi o’quvchi oxiri tugagach, qog’ozni o’qituvchiga keltirib topshiradi. O’yinni birinchi bo’lib tugatgan va so’zlarni to’g’ri yozgan o’quvchilar guruhi g’olib sanaladi.
Bu metoddan dars jarayonida yoki darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida fe’l so’z turkumini o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish
Jamiyatimiz hayotini jahon talablari darajasiga olib chiqish uchun barcha sohalarda - iqtisodiy, siyosiy sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida ham islohatlar amalga oshirilib tubdan o’zgartirilmoqda, ta’lim berishning zamonaviy va yangicha usullari joriy etilmoqda. Agar ta’lim tizimi islohatlarini kengroq yoritadigan bo’lsak, ta’limni yangicha isloh qilish maqsadida Kadrlar tayyorlash milliy darsturi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qilindi, bir necha qaror va farmoyishlar, nizomlar kuchga kirmoqda. Bularning barchasi ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlardir. (1, 2, 3, 4)
Ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy maqsadi bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni komil inson etib tarkib toptirishdi.
Bizga ma’lumki, ta’lim berish orqali tarbiya va tarbiyalash orqali ta’lim beriladi. Ya’ni, ta’lim berishning asosiy qismi o’quvchilarni har tomonlama komillikka etaklashdir.
Ta’limning yangi mazmuni boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida savodxon, bilimli, nazariyani amaliy ishlarda tushuntira oladigan, o’quvchi o’z ehtiyoji talab qilgan darajadagi o’quv materialini o’zlashtiradigan darajada tarbiyalab berishni nazarda tutmoqda. O’quvchilarni faollikka undashda darsda interfaol usullardan samarali foydalanish yaxshi natija beradi.
O’qituvchi nuqtai-nazardan turib yondashish o’quvchilarda o’quv-biluv faoliyati mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’quvchilar boshlang’ich sinflarda o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalardan amaliy faoliyatlarida foydalanadilar. Mashqlarni aniq bajarish usulari va texnikalarning chuqurroq o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’quvchilar bilan o’qituvchi o’rtasida yo’l qo’yilishi lozim bo’lgan amaliy mashq usullaridan bir bu yozma bahs usulidir.Bunday usulda muloqat o’rnatish natijasida o’quvchilarning erkin tarzda mustaqil fikrni ifodalash imkoniyati kengayadi, yozma nutqi rivojlanadi.Og’zaki muloqat jarayonida bayon qila olmagan fikrlar bemalol yozma shaklda bildirish uchun sharoit yaratiladi.
Ona tili darslarida fe’l so’z turkumlarini chuqur o’zlashtirishda hamkorlikda o’qitish usullari bizga yaqindan yordam beradi.
O’qituvchi o’quv dasturidan o’rin olgan «Fe’l» so’z turkumini o’tishda o’quvchilar guruhi uchun materialini mustaqil ishlab o’rganishlariga imkon beradigan o’quv topshiriqlarini tuzadi.

Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə