Sinf ona tili darslarida fe`l so’z turkumini o’rganish. Mundarija: Kirish



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#134391
1   2   3   4   5   6   7   8
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA FE`L SO’Z TURKUMINI O’RGANISH...

Kurs ishning ilmiy yangiligi. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha tavsiyalar, boshlang’ich sinf o’quvchilariga fe’l so’z turkumini o’rgatish usullariga oid ilmiy- nazariy ma’ruzalar tayyorlashda, ish tajribalarida ommalashtirishda xizmat qiladi.
Chunki, ona tili darslarida ilg’or pedagogik texnpologiyalardan foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yangilik bo’lmasa-da, uni tashkil etish, unumli va samarali bo’lishiga erishish ko’p jihatdan sinf o’qituvchisining mahoratiga bog’liq.
Ona tilidan bilim samaradorligini oshirish o’quvchilar ongini rivojlantiradi, fikrlash qobiliyatini o’stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O’z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo’l ochib beradi.
Kursishning amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishidan pedagogika va psixologiya, defektologiya bo’limlarining talablari kurs va bitiruv ishlarini yozishda, o’zbek adabiyoti tarixini o’rganishda, shuningdek, boshlang’ich sinf o’qituvchilari fakultativ mashg’ulotlarda, sinf rahbarlari va adabiyot o’qituvchilari esa, turli lingvistik mashqlarni bajarishda foydalanishlari mumkin.
Kursishning tuzilishi. kirish, 3 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishning mundarijasi.Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbligi, uning oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tahlil uslubi, ishning amaliy ahamiyati hamda shakily tuzilishi haqida fikr yuritilgan.


I.BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA FE’L SO’Z TURKUMINI O’RGATISH METODIKASI VA SAMARALI YO’LLARI.
1.1. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida fe’l so’z turkumini o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish.
Fe’l ustida ishlashda izchillik, bo’limlar orasidagi bog’lanish, dastur materialining hajmi, tini har bir sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi, lining lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
,,Fe’l" mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim imloviy qoidalarni o’zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir - biri bilan bog’liq holda hal etiladi.
Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari faqat lining muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi.
Fe’lni o’rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l tichun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik- grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig’iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini ,,Alifbe"dagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib, gapni mazmunga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: Kuzda mevalarmma qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (yetiladi), daraxl barglari nima qiladi?... (sarg’ayadi). Bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), ...(o’ynayaptilar), (ishlayaptilar).
Fe’lni o’rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan boshlanadi (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiiadi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javobini (fe’lni) so’roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. O’quvchilarni so’roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o'ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga o’rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o’quvchilarda pred-met harakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasining shakllana borishiga yordam beradi.
Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe’lning har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. mwm? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bilan nima qildi? (nima qilyapti?, nima qiladi?) so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar taqqoslanadi: nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar guruhi predmetni bildirishi, nima qildi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o’rgatadi, ular- ning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi.
Fe’lga so’roq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi, o’quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?so'roqg'arim, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? so’roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so’roqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida, fe’l zarnonlarini o’rganishga tayyorlash demakdir.
sinfda morfologik so’roq so’z nimani bildirishini aniqbsh maqsadida beriladi. O’quvchilarni so’zga so’roq berishga, o’qituvchi bergan so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni tanlashga, so’zni so’roi;-la mos ravishda o’zgartirishga (nima qildi? — o’qidi, nima qilamiz? o’qiymiz, nima qilmoqchi?— o’qimoqchi kabi) o’rgatiladi.
3-sinflarda fe’lni o’rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi Fe’l - so’z turkumi degan tushunchani shakllantirish, bo’lishli va b’o’lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik qo’shimchasi (-ma) ning talaffuzi va imlosini o’rgatish hisoblanadi.
Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o’quvchilarda aniq tasawur hosil qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni o’quvchilarning o’zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so’raydi, suhbat o’tkazadi. Suhbatda ,,O’qituvchi nima qildi? O’quvchilar nima qildilar? Hozir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima qilyaptilar? Endi o’quvchilar nima qiladilar? O’qituvchi nima qiladi?" kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida fe’llarni so’rog’i bilan yozib bo- radilar. Masalan, nima qildi? - so’zladi, tushuntirdi; nima qildilar? - tingladilar, yozdilar; nima qilyapti? - tushuntirayapti, so’rayapti, tinglayapti; nima qilyaptilar?
javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? - tekshiradi, ko’radi; nima qiladilar? ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar.
Suhbatdagi yoki o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? kabi so’roqlarga javob bo’lib, predmet harakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun so’roq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo’yish, aralash berilgan so’zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Dasturga ko’ra 3-sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar o’rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun ,,O’qish darsida kimlar o’qidi? Shokir ham o’qidimi? Kim so’zladi? Alisher so’zladimi? Barno kutubxonaga boradimi?
Abdulla-chi?, U qachon bormoqchi? Hozir kim tushuntirayapti? Hozir Tohir gapiryaptimi?" kabi savollardan ham foydalaniladi. O’quvchilar so’roq berib fe’llarni topadilar, ma’nosini qiyoslaydilar va o’qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuzaga chiqqanini, ya’ni bajarilganligini (o’qidi, so’zladi), hozir bajarilayotganini (tushuntiryapti), endi bajarilishini (boradi, o ‘qiydi) bildiradi. Bu fe’llar bo’lishli fe’llar deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning bajarilmaganligini (o’qimadi, so’zlamadi), hozir bajarilmayotganini (o ’qimayapti), keyin ham bajarilmasligini (bormaydi) bildiradi. Bunday fe’llar bo’lishsiz fe’llar deyiladi.
O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni so’roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va so’roqlarini bo’lishsiz fe’l qanday hosil bo’lganini aytadilar. O’quvchilar bilimi mashqlar bilan mustahkam-lanadi, bo’lishsizlik qo’shimchasi - ma -mi shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha -ma shaklida yozilishi tushuntiriladi. O’quvchilarda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni ma’nolariga qarab farqlash ko’nikmasini o’stirish uchun bo’lishli fe’ldan bo’lishsiz fe’l hosil qilish, bo’lishsiz fe’llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo’lishsiz fe’llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan foydalaniladi.
Bu sinfda fe’lni o’rganishning vazifalari quyidagilar:
Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo’shimchasi bilan o’zgarishi haqidagi tushunchani berish va dast-labki ko’nikma hosil qilish; fe’lning leksik ma’nolari, bo’lishli va bo’lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog’liq holda o’z va ko’chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan ta-nishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.
Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko’nik-mani hosil qilish.
Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikmani hosil qilish hisoblanadi.
Fe’l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya’ni ish- harakatning nutq so’zlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. O’quvchilar o’zlari ba-jargan yoki bajarayotgan harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar. Xuddi shunga o’xshash kuza-tishni tabiatda bo’layotgan o’zgarishlar yuzasidan ham o’tkazadilar. Bu mavzu bahorda o’tiladi. Shuning uchun o’quvchilar kuzatish asosida ,,Bahor keldi. O'rik, olcha gulladi. Gullar ochilyapti. Endi gilos pishadi. Bahordan so ‘ng yoz keladi. Yozda bolalar oromgohga bormoqchi" kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi fe’llarga so’roq berib, ish-harakatning bajariHsh payti, ya’ni ish-harakat bajarilayotganini (nima qilyapti? -o’qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (nima qildi? ~ o’qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (nima qilmoqchi?— yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig’ilgan bu leksik materiallar o’qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi:
Fe’llar zamon bilan o’zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o’tgan zamon, kelasi zamon.
Hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? so’rog’iga javob. bo’ladi, hozirning o’zida, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.
O’tgan zamon fe’li nima qildi? so’rog’iga javob bo’ladi, harakat-ning oldin, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.
Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? so’rog’iga javob bo’ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan savoldan bilib oladilar. So’roqdan lining leksik ma’nosi ham bilinib turadi.

Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə