Sinf ona tili darslarida fe`l so’z turkumini o’rganish. Mundarija: Kirish


«Fe’l» so'z turkumini o'rganishda gap ustida ishlash



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#134391
1   2   3   4   5   6   7   8
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA FE`L SO’Z TURKUMINI O’RGANISH...

2.2. «Fe’l» so'z turkumini o'rganishda gap ustida ishlash
«Fe’l» so'z turkumini o'rganishda gap ustida ishlash markaziy o'rinni egallaydi. Bir bo'lakli sodda gaplarni fe’l kesimdan so'roq berish orkali ikki bo'lakli va ko'p bo'lakli sodda gaplarga aylantirish (mas. Boraman - Men boraman- Men bugun qishloqqa boraman -Men bugun buvimni ko'rgani qishloqqa boraman kabi), gaplarda tuslangan fe’llarni tuslanmagan fe’llar bilan almashtirish (mas., Yozgi ta’til boshlandi va biz sayohatga chiqdik -Yozgi ta’til boshlangach biz sayohatga chiqdik; Karim xatni oldi va diqqat bilan o'qidi- Karim xatni olib, diqqat bilan o'qidi kabi,) harakat nomlari ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish, gaplarni harakat nomi birikmalariga, bunday birikmalarni gaplarga aylantirish (mas., hamma biladiki, haqiqat tantana qiladi- Haqiqatning tantana qilishini hamma biladi kabi) berilgan fe’l juftlarini bog'lovchilar yoki ohang yordamida bog'lab gap tuzish, bu fe’llarni hosil qilingan gaplar tarkibida bir-biri bilan yana qaysi usul bilan bog'lash mumkinligini aniqlash, gaplarni kengaytirish va toraytirish singari amaliy ishlar o'quvchilarda faqat morfologik malakalarnigina emas, balki sintaktik malakalarni ham rivojlantirishga yordam beradi.
«Fe’l» so'z turkumini o'qitishda DTSning muhim talabalari (o'qish texnikasi; o'zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi; fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi)ga amal qilinadi. Mazkur so'z turkumini o'qitishda har bir o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liq holda bu talablar amalga oshiriladi. Chunonchi, o'qish texnikasi sodda va qo'shma fe’llarning aytilishi ustida ishlash, nisbat qo'shimchalarining tug'ri talaffuz etish, kengaytirilgan harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh birikmali gaplarni o'qish, qo'shma fe’llarning talaffuzi ustida ishlash, shu so'z turkumi bilan bog'liq holda berilgan matnlarni ifodali o'qish orqali amalga oshirilsa, o'zgalar fikri va matn mazmunini anglash, so'z ma’nolari ustida ishlash, berilgan fe’llarga ma’nodoshlar topish hamda ularning har biri ishtirokida gaplar qurish, matn mazmunini o'z so'zlari bilan so'zlash, reja tuzish singarilar orqali qo'lga kiritiladi.
Fikrni yozma shaklda bayon qilish malakalari esa, asosan har bir soatlik dars mashg'uloti davomida yoki dars oxirida matn yaratish, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlash orqali amalga oshiriladi.
Maktabda morfologiya o'qitishning ahamiyati va vazifalari: o'quvchilarni so'z yasashga, so'zning yangi shakllarini xosil qilishga o'rgatish, so'z zahirasini oshirish, so'zdan to'g'ri va o'rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;
so'zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarni kengaytirish;
imloviy savodxonlikni takomillashtirish;
gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash.
O'quvchilarini so'z turkumlarini o'rganishga tayyorlash
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishini o’rgatish o’quvchilarning har bir so’zga ongli munosabatda bo’lishlari ta’minlaydi, so’z tarkibi va uning yasalishi haqida dastlabki tushunchalarni shakllantiradi.
Boshlang’ich sinf ona darslarining samarali bo’lishiga erishish bir qator muhim talablarni hisobga olish zarur. Mazkur mavzu ustida ishlash jarayonida quyidagi umumiy xulosaga kelindi.
Mazkur tadqiqot ishimizda ham belgilagan maqsadlarimizga erishdik deb hisoblaymiz.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida fe’l so’z turkumini o’rgatishning pedagogik muammo ekanligini birinchi bobimizning birinchi va ikkinchi tarkibiy qismlarida nazariy jihatdan asoslandi.

Fe’l so’z turkumini o’rgatish yordamida o’quvchilarda ta’lim-tarbiyani, ona tilimizning qonun-qoidalarini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari ishlab chiqildi.

Fe’l so’z turkumlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi.

Fe’l so’z turkumini zamonaviy usullarda o’qitish yordamida o’quvchilarda mustaqil ish olib borishni ta’minlaydigan shakl va metodlar, vositalar tizimi ishlab chiqildi, bu jihat ilmiy asoslandi va tajribada tekshirib ko’rildi.

Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asoslanib quyidagi tavsiyalarni taqdim etish mumkin:

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida o’quvchilar ongida til qonun- qoidalarini shakllantirish va o’zlashtirishning maqbul tizimini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;

mustaqil tarzda fe’l so’z turkumi bo’yicha amaliy ishlarni tahlil qilish, bu boradagi malaka va ko’nikmalarni aniqlash;

boshlang’ich sinf o’quvchilarining fe’l so’z turkumi bo’yicha bilimini oshirish va shakllantirishga doir metodik majmualar, axborot-ko’rgazmali materiallar yaratish;

fe’l so’z turkumini zamonaviy usullar yordamida shakllantirishga qaratilgan ilg’or pedagogik texnologiyalarning yangi metod va usullarini izlab topish, uni amaliyotga joriy etish;



Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə