Sinf ona tili darslarida fe`l so’z turkumini o’rganish. Mundarija: Kirish


II.BOB. «Fe’l»ning lug'aviy shakllari va ma’noviy guruhlari ustida ishlash



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#134391
1   2   3   4   5   6   7   8
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA FE`L SO’Z TURKUMINI O’RGANISH...

II.BOB. «Fe’l»ning lug'aviy shakllari va ma’noviy guruhlari ustida ishlash.
2.1. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi
“Fe’l” so’z turkumimavzusini boshlashdan oldin o’quvchilarni bir necha guruhga ajratib, mavzu bo’yicha tuzilgan o’quv topshiriqlari asosida ularning mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil qilish mmkin. Har bir topshiriq bo’yicha savol- javob o’tkazilib, o’quvchilarning javoblari tegishli ballar bilan baholab boriladi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining guruhlarda o’qitish usulidan foydalanib, o’tiladigan darsning borishini quyidagicha loyihalash tavsiya etiladi:
Tashkiliy qism:
O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash:
O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
Yangi mavzuni o’rganish:
o’quvchilarni guruhlarga ajratib, guruh a’zolari tomonidan belgilangan o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish:
o’quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
Yangi mavzu yuzasidan guruhlar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi o’tkazish.
Mavzu matnida berilgan o’quv mashg’ulotini uyushtirish.
Test savollari yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilishva baholash.
Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
Uyga vazifa berish.
Guruhlar o’rtasidagi o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi.
Fe’l - so’z turkumi Maqsad: O’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatish, og’zaki va yozma nutqini o’stirish, mustaqil ish bajarish qobiliyatini shakllantirish, o’rtoqlari fikrini hurmat qilishga o’rgatish, ot haqidagi tushunchalarni boyitish.
Kutilayotgan natija:
O’quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga o’rgatish orqali ular faolligini oshirish, fe’l mavzusiga doir tushunchalarni singdirish, bilim berish bilan birga aqliy faoliyatini oshirish va tashkilotchilik qobiliyatlarini o’stirishga erishish.
Uslub: Aqliy hujum, savol-javob, musobaqa tarzida.
Jihoz: Darslik, tarqatma, ko’rgazma, oddiy va rasmli testlar, magnit tasma.
Darsning borishi:
O’quvchilar bilan salomlashilgach, magnit tasma orqali O’zbekiston davlat madhiyasi eshittiriladi.O’quvchilar qo’llari ko’ksida tik turgan xolda birlashib aytadilar.So’ng o’rnilariga o’tiradilar.
O’qituvchi: - Hozir qanday dars o’tamiz?
O’quvchi:
Sen onam tilisan, otam tilisan,
Sen bobom tilisan, asrlar oshgan.
O, ona tilginam, muqaddas tilim,
Bunchalar shirinsan, bunchalar so’lim.
O’qituvchi: - Barakalla, o’g’lim. Aziz o’quvchilar, o’rtog’ingiz yozuvchi Shuhratning til haqidagi she’ridan to’rtlik keltirdi.
Demak, hozir biz sevib, ardoqlab o’rganadigan tilimiz bo’lgan ona tili mashg’ulotini ko’ramiz. Qani, o’quvchilar, qo’limdagi patnisda turgan shakllardan ixtiyoriy tanlab oling-chi. (patnisda o’quvchi soniga qarab 30 ta to’rtburchak shakllar bo’lib, uning bir tomoni moviy rang, orqa-oq tomonidan esa 3 guruhga bo’lish uchun 10 tadan shaklga qaldirg’och, kabutar va burgut rasmi chizilgan bo’ladi).
Qani bolalar, qo’lingizdagi shaklga nomi yozilgan qatorga o’tib o’tiringchi. Mana, guruhlarga ham bo’linib oldik. Endi bilimlarimizni o’zaro sinab, musobaqalashib ko’ramiz. Musobaqa asosan 5 tur bo’yicha bo’ladi. Marhamat boshladik.
tur: «Ona tilim-joni dilim», «Qaldirg’och», «Kabutar», «Burugut».
Guruhlar a’zolaridan vakil chiqib, ko’rgazmaga o’rnatilgan savollardan olib javob beradi.
Savollar:
O’zbek tiliga davlat maqomi qachon berilgan:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida til haqida ko’rsatilgan?
. . . Undagi har fikr, har qoida idrokingizga qudrat beradi. Binobarin, siz ham bu sahifalarga ixlos ko’zi ila qarang. Bu iboralar qaerga
berilgan va nima haqida fikr yuritilgan?
tur: «Bilimingizni sinab ko’ring» har bir guruhda 2 tadan oddiy va rasmli test tarqatib, o’tgan mavzular bo’yicha bilimlari mustahkamlanadi.
Harakatni bildiruvchi so’zlar qatorini aniqlang.
A) keldi, yozdi, chizdi V) qorbobo, qizcha, o’qituvchi.
Bo’lishsiz harakatni bildirgan so’zlar qatorini aniqlang.
A) ikkitadan, uchtadan. to’rttadan V) aytmadi, kelmadi, bermadi
Gapni to’ldirib o’qing va fe’lni aniqlang.
o’quvchi maydonda sayr qilishdi.
A) sayr
V) sayr qilishdi S)o’quvchi
Gapni to’ldirib o’qing va fe’l zamonini aniqlang. Momiqqina olmaxon daraxt shoxida o’tiribdi.
A) Bir, hozirgi zamon V) Daraxt, kelasi zamon S) Momiqqina, o’tgan zamon
Ko’plikdagi fe’llar qatorini aniqlang.
A) keldi, yoydi, ishladi V) kelishdi, yoyishdi, ishlashdi
tur: «Muzyorar» yozma bahs o’yini.
Har bir guruhda qaldirg’och, kabutar, burgut rasmi chizilgan oq qog’oz taraqatiladi.
Bolalar berilgan savollarga javobni yozma ravishda topshiradilar.
Bu «Muzyorar» o’yini orqali o’quvchilar narsa, uning harakati va bularga beriladigan so’roqlarni hamda bosh bo’laklarini bir vaqtda o’rganish imkoniga ega bo’ladilar.
O’yin o’quvchilarni mustaqil fikrlab, xulosa chiqarishga o’rgatadi.
tur: «Meni tushun» o’yini
Bevosita yangi mavzuga kirib boriladi.Bunga guruhlardan bir nafardan o’quvchi chiqadi.O’quvchilar so’zsiz harakat bajarishadi, qolgan guruh azolari bir- birini izohlaydilar, bajarilgan harakatlarga so’roqlar belgisi orqali fe’lning qoidasini keltirib chiqaramiz.
Qoida: Fe’l ish-harakatni bildirib, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi?, nima qilmoqchi kabi so’roqlariga javob bo’ladi.
So’ngra fe’l so’z turkumiga oid mashq sharti asosida bajariladi, yozuv taxtasiga yoziladi.Gapdagi fe’lga oid so’zlarni toping? O’quvchilar daftarga yozadilar.
Shifokor ikkita bemorni davoladi. (nima qildi?)
Karim bugun besh baho oldi. (nima qildi?)
O’quvchilar bugun maktab bog’ida ishladi. (nima qildi?)
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga fe’l ishtirok etgan bittadan gap tuzish va daftarga yozishni mustaqil ish tariqasida beriladi.
tur: «Moychechakda yashiringan so’zni top» o’yini.
Ko’rgazmada so’zlarga mos «Fe’lli maqollar aytish» topshirig’i bajariladi.
) yiqar; 2) o’lchamoq; 3) sanamoq; 4) haydamoq va hokazo.
Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r- mingni.
Etti o’lchab bir kes.
Sanamay, sakkiz dema.
Er haydasang, kuz hayda,
Kuz haydamasang, yuz hayda kabi.
Barcha turda qatnashgan, fikr bildirgan o’quvchilarni tarqatma ball berib rag’batlantirib boriladi. Dars nihoyasida olingan tarqatma baholar asosida g’olib guruh aniqlanadi. qizil rang- 3 ball, moviy rang- 2 ball, oq rang - 1 ball.
Shu gaplarga qarab ballar jamlanadi, g’olib guruh rag’batlantiriladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida fe’l so’z turkumini o’rgatishda quyidagi didaktik o’yinlardan samarali foydalanish mumkin.
«Zinapoya» usuli
O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. So’ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda «zinapoya» chiziladi.
Ma’lumki, antonimlar o’z juftliklariga ega.Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o’quvchilarning o’zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi.Bunda o’quvchilarda tezkorlik talab etiladi.Chunki qaysi guruh o’quvchilari birinchi bo’lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib bo’ladi.Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa, zinalar soni shuncha bo’ladi. Masalan,
keldi - kelmadi yozdi - yozmadi berdi - bermadi chizdi - chizmadi «Izohli lug’at»
Buning uchun o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar. 1-guruh ishtirokchilari so’z birikmasi, frazeologik birikma yoki tasviriy ifodalarni aytadilar. 2-guruhdagi o’quvchilar esa 1- guruhdagilar aytgan so’z va birikmalar ma’nosini tezkorlik bilan izohlab beradilar. Shartni bajara olmagan guruh mag’lub hisoblanadi. Bu o’yinda o’quvchilar fe’l yuzasidan o’rganiladigan zamonlarni o’rganishi mumkin. O’yin quyidagicha amalga oshiriladi:
Hozirgi zamon: keldi, aytdi, qurdi, yasadi, chizdi, berdi O’tgan zamon: kelgan, aytgan, qurgan, yasagan, chizgan, bergan Kelasi zamon: kelmoqchi, aytmoqchi, qurmoqchi, yasamoqchi,
chizmoqchi, bermoqchi
Bu o’yinlarni ona tili darslarida 4-sinflarda o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunday o’yinlar faqat bir mavzu doirasida cheklanib qolmay bir qancha mavzularda, ko’proq takrorlash darslarida o’tkazilishi mumkin. Izohli lug’at o’yinlarini sinfdan tashqari jarayonlarda ham o’tkazish maqsadga muvofiq.
«Klaster» usuli
Bu usulda biror mavzu yoki matn tanlanib, o’quvchining diqqati aynan shu mavzuga qaratish yuzasidan markazga yoziladi. O’quvchilar mavzuga oid barcha fikrlarini markazning atrofiga joylashtirib yozadilar. Fikrlar bayon etilgandan so’ng har bir fikr yoki so’zni toifalarga ajratib chiqadilar.
Usulning maqsadi:
o’quvchilar so’z boyligini oshirish;
yozma nutqni takomillashtirish;
fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
toifalarga ajrata olish qobiliyatini rivojlantirish.
«Klaster» usuli-bu pedagogik strategiya bo’lib, o’quvchilarning u yoki bu mavzu bo’yicha erkin va bemalol o’ylashga yordam beradi. U faqat g’oyalar orasidagi bog’lanishlarni fikrlashni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi.«Klaster» usulidan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash bosqichida ham foydalaniladi.U muayyan mavzu sinchiklab o’rganilguncha fikrlash faoliyatini ta’minlashda foydalanish mumkin.
O’quvchilarga fe’lning ma’no turlari o’rgatilayotganda juda qo’l keladi.
Bu usul orqali fe’lning ma’no turlari aytib o’tiladi va o’quvchilarga tushuntirib, izohlanadi. Masalan: Darsga besh nafar o’quvchi keldi. Mening ukam gapira boshladi. Do’stim kurashda yiqildi. Barcha birdek kulishdi.
«Klaster» larga bo’lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib oling. Bu fikrlarni muhokama qilmang, shunchaki yozib olavering.
Matnni kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang.
Sizga berilgan vaqt nihoyasiga etmaguniga qadar yozishdan to’xtamang. Miyangizga fikr kelish to’xtab qolsa, toki yangi fikrlar kelguncha qog’ozga nimalarni chizib o’tiring.
Imkoni boricha, bog’lanish mumkin bo’lgan bog’lanishlarni chizib chiqing. «Klaster» usuli Stilning ta’biricha, bu juda moslashuvchan strategiyadir.Uni
individual tarzda ham guruhda qo’llash mumkin.Guruh faoliyatida u guruh g’oyalarining tirgovichi sifatida xizmat qiladi.
«Kubik» usuli

Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə