"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
2-Sinf soati

MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
Sana __________________ 
Mavzu: Yurtimiz favvoralari.(1may favvoralar kuni munosabati bilan) 
I.Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad:
Tabiat nima? Nima uchun biz unu asrashimiz va g`amxo`rlik qilishimiz kerakligi 
haqida suhbat o`tkazish.
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: 
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 


Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
Tabiat manzarasi , o`simliklar ,hayvonlar aks ettirilgan rasmlar va videotasmalar. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism.
Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II Asosiy qism:
Tabiat manzarasi aks ettirilgan : yurtimiz ko`chalari ,bog`lari hayvonot dunyosi va qushlar, gulzor bog`lar va 
tog`lar aks ettirilgan videolavha namoyish etiladi. Bularning barchasi bir so`z bilan tabiat deb atalishi aytib o`tiladi. 
O`qituvchi : Tevarak atrofimizni o`rab turgan , mana shu lavhada ko`rgan barcha narsalar tabiat deb ataladi. Tabiat 
jonli va jonsiz tabiatga bo`linadi. 
Hozir ko`rgan lavhani ko`z oldingizga keltiring va shu yerdan qaysilari jonli tabiatga , qaysilari jonsiz tabiatga 
kirishina aniqlab olamiz. 
O`quvchilar guruhlarga bo`linib jonli va jonsiz tabiatga kiruvchi harsalar alohida- alohida yozib chiqishadi va uni 
doskaga osib qo`yiladi. Hamma ishni yakunlagach, tushunchalar umumlashtiriladi. 
Demak , Hayvonlar ham odamlardek nafas olishi, ovqatlanishi, ulg`ayishi va qandaydir holatlarda insonlarga foyda 
keltirishi mumkin ekan. O`simliklar ham ildizlari orqali suv ishadi, oziqlanadi, barglari orqali nafas oladi, bizlarga iflos 
havoni barglari orqali tozalab, toza havo yetkazib beradi .
Baland osmono`par tog`larimiz, suvlar, qum, toshlar, ter osti bo`yliklarimiz- oltin, kumush , mis, toshko`mir, neft va 
tabiiy gaz ham tabiat ne`matlaridir . Ular yer yuzida insoniyat barpo bo`lgandan boshlab insonga xizmat qiladi.Inson 
ongi rivojlanib borgan sari bu tabiat ne`matlarini o`rganib keldi . Ularning tarkibi, nima uchun ishlatish mumkinligini 
va qanday foydalanish kerakligini olimlarimiz o`rganib bordilar. Hozirgi paytda bizning yer osti va yer usti 
boyliklarimizdan xo`jaligimizning turli sohalarida ishlatilib kelinmoqda. 
Yer yuzining tabiiy xaritasidan mintaqalardagi tabiatning xilma- xilligi, hayvon va o`simliklardagi farqi ko`rsatib 
o`tiladi. 
III Yakuniy qism : 
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho`p ham biz uchun qadrli ekani 
haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo`lmasa qanday 
holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo`lmasligini ko`z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima 
qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne`matlardan 
foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu maqsadda O`zbekiston ham ko`p davlatlar qatori “EKOSAN” 
jamgarmasiga a`zo bo`lgan . Bu jamg`armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo`lib ketayotgan ba`zi bir 
hayvonlar, o`simliklarni ko`paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko`rishga 
qaratilgan.
Bu ishda biz ham o`z hissamizni qo`shishimiz kerakligini tushunib oldik. 
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi. 

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə