"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
2-Sinf soati

 
MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 


Sana __________________ 
Mavzu :“ Ona Vatan – aziz!
(Xotira va qadrlash kuni oldidan)
 
I Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad:
O`tganlarni xotirlash va qarilik gashtini surayotgan bobo va buvilarimizni 
qadrlash , ularni yodga olishga o`rgatish.
 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: 
Xotira maydoni va qariyalarimiz tasvirlari aks etgan lavhalar
 
Tashkiliy qism :
O`quvchilarni mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
 
II.Asosiy qism : 
Maysalari shabnam bilan sirlashadi,
 
Chinorlari yulduzlar-la dillashadi.
 
Qalbda ishonch, tog`larining viqoridan,
 
Ash`or kelar tonglarining iforidan.
 
Bu gul zamin sahrosida chechak ungan,
 
Har go`shasi oqibat-u baxtga to`lgan.
 
Yoshlarining umidlari osmoncha bor,
 
Ulug`lari duosi-la tinchlik yor.
 
Ta`rifini so`zlasam gar, bo`lar doston,
 
Inson qadrin osmon etgan O`zbekiston! 
Inson uchun ona diyoridan muqaddas maskan bo`lmasa kerak.Uning obodligi va tinchligi dillarimizga huzur va 
xotirjamlik bag`ishlaydi. Yurt Mustaqilligi uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xalqimiz xotirasida abadiy 
yashaydi. Ularning fidoyiliklari tillardan-tillarga o`tib, avlodlarga vatanni sevishga o`rnak bo`ladi. Shunday ekan, 
o`tmish ajdodlarimizning jasoratlari , hamda dorilomon kunlarimiz gashtini surayotgan vatandoshlarimiz haqida 
suhbatlashamiz.
 
Bu yorug` kunlarimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz ruhini shod etish, mo`tabar keksalarimiz duolarini 
olish, tinch va osoyishta zamonning qadriga yetish va shukronalik tuyg`ularini his etish bizga katta quvvat
bag`ishlaydi , yangidan –yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi.
 
1995 yil Yurtboshimiz tashabbuslari bilan “Xotira kitobi” tashkil etilib, unda qahramon Vatandoshlarimiz nomlari 
qayta tiklandi. 1999 yilda esa, shahrimiz markazida “Xotira maydoni” barpo etildi.Bu maydonda ikki qator
ayvonchalarga zarhal harflar bilan urushda halok bo`lgan vatandoshlarimiz nomlari bitilgan.
 


Bu muqaddas dargoh har doim ziyoratchilar bilan gavjum. Ular bu yerga shunchalik tomosha yoki sayr uchun emas, 
balki o`zbek o`g`lonlari, bobolari xotirasini yod olish uchun keladilar. Motamsaro ona haykali hamisha anvoyi gullarga 
burkangan.Urushning beshavqat girdobida qolgan o`zbek yigitlari kimningdir o`g`li, kimningdir jigarporasi , 
kimningdir otasi, shu yurtning farzandidir.har birining ortidan qanchadan- qancha qondoshlari yig`lab qolgan. 
Urushda farzandlarini, jigarlarini yo`qotgan motamsaro onalarimiz qancha.
 
Payg`ambarimiz(s.a.v) shunday marhamat qilganlar: “Allohdan xotirjamlik so`rab ko`p duo qilinglar.”
 
Tinchlikning, ne`matlarimizning borligida qadriga yetish, oqil insonlarning vazifasidir .
 
Bugungi kunda nuroniy yoshlarga yetgan onaxon va bobolarimizni yo`qlab, qadrlash, ularning ko`nglini olish bizing 
farzandlik burchimizdir. Ularning duolari, muhabbatlariga erishish biz uchun sharafdir.Ularning duolari bizlarni 
ulug`likka chorlaydi.
III Yakuniy qism :
Keksaga ko`mak ber, suyangan tog`ing,
 
Buni tushunasan qarigan chog`ing.
 
O`z yaqinlarimiz, tanish –birodarlarimizni uylariga borib yo`qlash vazifasi topshiriladi va dars yakunlanadi. 
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi. 

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə