"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
2-Sinf soati

MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
 
 
 
 
Sana __________________ 


Mavzu: “Qonunlar nima uchun kerak”
 
I.Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Milliy an`analarimiz bilan tanishtirish.
 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: 
Bayramga oid lavhalar, she`rlar va rasmlar to`plami
 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
 
Tashkiliy qism : 
 
II.Asosiy qism : 
 
Qonun
(huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy 
munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish 
vositasi. Q. davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga 
ega boʻlgan hujjatidir. Q. davlat huquq tizimining asosini tashkil 
qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ 
aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Q. uchun 
uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat 
maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar 
qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi
Q.ning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Q.lar oʻzida mujassamlashgan normag larning mohiyati 
boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy Q.larga 
boʻlinadi. Oddiy Q.lar, oʻz navbatida, kodifi-katsiya qilingan va joriy Q.larga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Q.lar, 
shuningdek, federal va fede-ratsiya subʼyektlari Q.lariga ajratiladi. Q.larning alohida toifasini favqulodda Q.lar tashkil 
etadi. 
Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham 
normativ boʻlishi mumkin, lekin ular Q.chalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni 
muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, 
mezon darajasiga koʻtarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab 
sifatida takror-takror amal qiladi. Q.ning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va 
oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Q. vositasi 
bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy 
qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari 
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. 
Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzu m 
asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining , butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil 
etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida 
chiqariladi. 
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi 



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə