"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi


Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
2-Sinf soati

 
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish. 
MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
Sana __________________ 
Mavzu: Ona maktab bag`rida 
I.Kirish: 
Tarbiyaviymashg`ulotning maqsadi: 
Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish. Vatanga 
muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: 
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
 
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism: 
O`qituvchi: “Sentyabr tongi” Safo Ochil she`rini o`qib beradi. 
Sentyabrning gozal tongi,
Kiyim kiygan hamma yangi. 
Keng o`lkamiz bo`ylab yangrar, 
Hur yoshlikning sho`x ohangi. 


Har yoq bayram tusin olgan, 
Undan maktab husn olgan, 
Sevgan ona –Vatanimiz, 
Dilimizga sevinch solgan .
Sinflarni to`ldirib biz , 
Partalarda o`ltiribmiz. 
Yoz haqida so`zlashamiz, 
Bolalarni kuldirib biz. 
Har kim o`zining yozgi taassurotlari bilan o`rtoqlashadi.
O`qituvchi: Maktab hammamiz uchun qadrdon maskan. Bizga ilm 
o`rgatuvchi, tarbiya beruvchi muqaddas dargoh.O`quvchilar uchun 
kichik bir Vatan.Yozning quvnoq va sho`x kunlarini o`tkazib yana 
qadrdon maktabimiz bag`riga qaytib keldik. Bugun biz sizlar bilan
maktab va undagi o`quvchilarning qonun-qoidalarini eslab olamiz. 
O`quvchilar guruhlarga bo`linib, maktabdagi ichki tartib –intizom 
qoidalarini yozib chiqishadi va muhokama qilishadi. 
III Yakuniy qism: 
O`qituvchi: Maktab –muqaddas dargoh. Uning bag`ri keng ,qanchadan -qancha kishilarga o`z bag`rini ochib 
ma`rifatga , kamolotga yetkazuvchi ilm maskani. Shuning uchun ”Maktab seniki, uni o`z qorachigingdek asra “ degan 
hikmatga doimo amal qilish bizning farzandlik burchimizdir.
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish. 

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə