"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
2-Sinf soati

 
MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
Sana __________________ 
 
Mavzu: Ona tabiatni asraylik. (4-oktabr butun jahon hayvonlarni himoya qilish kuni munosabati bilan) 
Mavzu: “Ustozga hurmat” 
(1-oktabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan) 
I.Kirish: 


Tarbiyaviymashg`ulotning maqsadi: 
Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish. Vatanga 
muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: 
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tabiatni asrashga oid huquqiy ongini o`stirish
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
rangli rasmlar,tarqatma materiallar. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi 
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. 
Tezkor savollarga tezkor javoblar asosida 
1.Yeb to`ymas hasharot? (Chigirtka) 
2.Asalxo`r hayvon? (Ayiq) 
O`quvchilar tuzib kelgan hikoyalarini o`qib berishadi,chizgan rasmlari orqali izohlashadi.
O`qituvchi o`quvchilar fikrini umumlashtiradi,xulosalaydi. 
II .Asosiy qism: 
Matn ustida ishlash 
O`qituvchi
:Ona tabiatdan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz? 
(…) 
O`zbekiston Respublikamiz mustaqillikka erishishi bilanoq o`zining bir qator qonunlari,eng avvalo,Asosiy qonuni-
Konstitutsiyada atrof-muhitni toza saqlash va uni muhofaza qilishga e`tibor berildi.Tabiatni muhofaza qilish 
to`g`risida 50,55 moddalar qabul qilingan. 
Ushbu moddalar o`quvchilarga yodlatiladi,mazmuni tushuntiriladi. 
“Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi. 
“Фуқаролар атроф, табиий муҳитга эҳтиёткорона муносабатда бўлишга мажбурдирлар” 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi. 
“Yer,yer osti boyliklari,suv,o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir,ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” 
MEN - TABIATNI QANDAY ASRASHIM MUMKIN? 


Tabiatning chiroyiga chiroy,boyligiga boylik qo`shish uchun o`simlik va hayvonot dunyosini ko`paytirish noyob tabiat 
go`shalari va yodgorliklarni saqlash, sayyoramiz zarar ko`rayotgan joylarni tiklash va boshqa tabiatni muhofaza qilish 
ishlarida har bir o`quvchi faol ishtirok etishi kerak. 
Tevarak-atrofimizdagi tabiat Ona-zaminimizning bir bo`lagidir.Shu tuproq,shu borliqni ko`z qorachig`imizdek 
ardoqlashimiz,unga Vatanimizni sevgandek oqilona munosabatda bo`lishimizn kerak.
Insonlar hovli,ko`cha va bog`larni supurib-sidirib ozoda saqlasalar,ulardan chiqqan xazonlarni 
yoqmasalar,chiqindilarni daryo va kanallardan oqib kelayotgan suvlarga tashlamasalar,hayotbaxsh ne`mat suvni isrof 
etmasalar,o`simlig- u hayvonlarga g`amxo`r bo`lib parvarish qilsalar ona tabiat ham ularga muruvvat ko`rsatadi. 
“Ween” diagrammasi asosida ishlash
1 – tabiatni asrash 
2 – tabiatdan noqonuniy foydalanish 
3 – xulosa. 
III.Yakuniy qism: 
O`qituvchi: 
Ko`pchilik mamlakatlarning olimlari sayyoramizning kelajakdagi rivojlanishining birdan-bir yo`li tabiat bilan 
insonlarning o`zaro hamjihatligini ta`minlovchi barqaror rivojlanish deb hisoblaydilar. Hozirgi vaqtda juda ko`p 
mamlakatlar ichimlik suvi tanqisligiga uchragan.Keling sizlar bilan go`yoki kuchli,bilimdon olimlar singari kelajakka 
nazar tashlab mana bu jadvalni to`ldirishga va uni izohlashga harakat qilamiz.O`quvchilar fikri jadvalga 
qaratiladi.Savollar mazmuni tushuntiriladi.O`quvchilarning javoblari (+) ishorasi yordamida belgilab boriladi. 
-Darsda nimalarni bilib oldingiz? 
-Tabiatni qanday asrash mumkin ekan? 
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi. 

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə