"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
2-Sinf soati

MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
Sana __________________ 
Mavzu: “Ustozga hurmat” 
(1-oktabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan) 
I.Kirish: 
Tarbiyaviymashg`ulotning maqsadi: 
Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish. Vatanga 
muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: 
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 


Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
 
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism: 
O`quvchi : Bir vaqtlar Mavlono Tanburiy degan ustod musiqachi bo`lgan ekan. U kishi tanbur, dutor , nay kuyini 
shunday mahorat bilan chalar ekanki, eshitganlar unga mahliyo bo`lib qolar ekanlar .Ustod ko`plab shogirdlar 
tayyorlagan ekan. U kishining shogird tanlashda qiziq bir odati bor ekan.Bir kuni u shogird bo`laman degan bolalarni 
yig`ib , qo`llariga bittadan hassa beribdi va ularni kuzatib o`tiribdi. Ulardan biri hassani ot qilib minibdi, ikkinchisi esa 
qilich qilib o`ynabdi… Faqat yupungina kiyingan , kichkinagina bir bola uni nay qilib chalib o`tiribdi. Buni ko`rgan 
Tanburiy xursand bo`libdi-da, bolani o`ziga ham shogird, ham o`g`il qilib olibdi.Ustoz bolaga tinim bilmay ta`lim 
beribdi. Bola ham ustozining ta`limini qunt bilan, sabr- toqat bilan o`rganib , mashhur naychi bo`lib 
yetishibdi.Tanburiyni o`z otasidek hurmat qilib, umrining oxirigacha xizmatida bo`libdi. 
Ustozlik mehri uni xalq orasida mashhur bo`lishiga sabab bo`libdi. 
Ustoz, ulug`siz ulug`lardan , 
Beminnat bilimlisiz bilimlardan 
Falakdan nur sochgan quyoshsiz, 
Navoiy zar sochgan bayotsiz. 
O`quvchilar ustozlar haqida maqollar aytishadi. 
Ustoz – oy-u, shogirdga berar chiroy. 
Ustoz o`giti – kamolot kaliti. 
Ustozlariga atalgan qo`shiq va raqslarini taqdim etadilar. 
III. Yakuniy qism: Oqituvchi o`quvchilariga minnatdorchilik bildirib, tadbirga yakun yasaydi. 
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish. 

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə