"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
2-Sinf soati

MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
Sana __________________ 
Mavzu: Odobli bola-elga manzur.
 
I.Kirish: 
Tarbiyaviymashg`ulotning maqsadi: 
Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish. Vatanga 
muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: 
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
 
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism: 
O`qituvchi: 
Inson tarbiyasi – buyuk ma`naviy qadriyatlarga ega. Tarbiya – bu odob 
fazilatlaridan biri.Tarbiyali kishi el o`rtasida e`zozlidir. 
Hozir men sizga Rostgo`ylik haqida hikoya aytib beraman.Diqqat bilan quloq soling. 
Aytishlaricha,Imom Buxoriy hazratlari bolalik yillari ilm o`rganish maqsadida uzoq safarga chiqibdilar.U 
kishining onalari bolasini to`nining etagiga qirq tilla tangani yaxshilab tikib qo`yibdi. Safar oldidan har qanday 
vaziyatda ham hech qachon yolg`on so`zlamaslikni tayinlabdi.Yo`lda bola qo`shilib ketayotgan karvonga qaroqchilar 
hujum qilib qolibdi.Barchani talab bor-yo`g`ini batamom tortib olishibdi-da,bolaga uncha ham e`tibor bermay 
so`rashibdi: 
-Sening nimang bor? 
-Menda qirq tilla bor,-debdi bola. 


 Qaroqchilar bolani masxara qilishibdi.Qaroqchilar 
boshlig`i bolani olib kelishni buyuribdi.Shunda ham bola 
to`g`risini gapirib,menda qirq tilla bor,deb turaveribdi va 
etagini yirtib,tangalarni qaroqchilar boshlig`ining oldiga 
to`kibdi.Shunda qaroqchilar boshlig`i: 
-Ey,nodon bola,sen bor narsangni 
aytmaganingda,tillalaring o`zingda qolardi,hech kim 
bilmagan edi-ku!- debdi. 
Shunda Imom Buxoriy hazratlari safar oldidan onalari 
hech qachon yolg`on gapirmasliklari lozimligini 
ta`kidlaganini va onalarining o`gitiga amal qilganliklarini aytgan ekanlar. 
Qaroqchilar boshlig`i yosh Buxoriyning gapidan nihoyatda ta`sirlanib,qaroqchilik,talon-taroj va zo`ravonlikdan 
qaytib,nochor,faqir odamlardan zo`ravonlik bilan tortib olgan narsalarni miskin,bechoralarga tarqatib tavba qilgan 
ekanlar.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə